2021-yil 13-yanvar kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon kutu...
NJB Sharoit+ amalga oshirayotgan “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bil...
NJB Sharoit+ “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyih...
Jamoamizni a’zosi bo’ling
Bizning tashkilotimiz nogironligi bor insonlar tomonidan yaratilgan va biz oʻz tajribamizdan har kuni qanday toʻsiqlarga duch kelayotganimizni bilamiz. Biz birgalikda ularni yengib chiqa olgan boʻlsak, boshqalarga ham yordam bera olamiz.
Bizning tashkilotimizda nogironligi boʻlgan odamlarga volontyorlik qilish orqali siz eng qimmatli tajribani olasiz. Biz bilan volontyorlik qilganingizda, siz koʻplab doʻstlar orttirasiz, iqtidor va qobiliyatingizni yuzaga chiqarasiz.
“Agar siz odamga yordam berishni xohlasangiz, unga shunchaki baliq bermasdan, uni tutishni oʻrgating” degan maqolga rioya qilgan holda, bizning asosiy maqsadimiz pul, ovqat va h.k. berish emas. Bizning maqsadimiz nogironligi bor kishilar jamiyatimizning teng huquqli aʼzosi boʻlishlari uchun ularning salohiyatini kuchaytirish.
Bizning faoliyatimiz oshkora hamda jamiyat va hukumat oldida hisobot beradi. Xayriyangizning har bir summasi nogironligi bor odamlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilishi uchun olingan xayriya mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisida batafsil moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilib boramiz.
Bizning faoliyatimizni qoʻllab-quvvatlash bilan siz tashkilotingizning ijtimoiy masʼuliyatli korxona sifatidagi obroʻyini oshirasiz. Biz bilan hamkorlik qilish — bu biznesingizning eng samarali reklamasidir.
Nogironlik va ijtimoiy rivojlanish muammolarining tabiiy yechimi, bu jismoniy va aqliy qobiliyatlaridan qatʼiy nazar, barcha birdek qabul qilinadigan inklyuziv jamiyat boʻlish hisoblanadi. Siz barchaga moslashtirilgan, toʻsiqsiz va inklyuziv jamiyatni yaratishda bizga qoʻshilishingiz mumkin.