“Sharoit+” podkastimizning 2022 yildagi ilk soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i – Umarali Nazarmatov ishtirok etdi va tinglovchilarning savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi: Lochinbek Xudoyorov.
Jonli suhbat 1 soat davomida bizning telegram kanalimizda ovozli chat orqali bo‘lib o’tdi. Siz mazkur jonli suhbat davomida:
- Oxirgi yillarda nogironlikni belgilash tartibida qanday o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilganligi;
- Nega bizning respublikamizda nogironligi bo‘lgan insonlar soni statistika bo‘yicha pastligi;
- Nogironlikni belgilashdagi muammolarni hal etish maqsadida qanday ishlar bajarilganligi;
- Adliya vazirligi tomonidan aniqlagan sohadagi muammolar qanchalik bartaraf etilganligi;
- Nogironlik guruhlari va ularning imtiyozlari haqida;
- Nogironlikni belgilash uchun davolanish va protez ortopediya buyumlari;
- Nogironlik guruhini umrbod qilish masalasi;
- Nogironlik guruhi berilmaganida kimga murojaat qilish kerakligi;
- Hamda normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlanganligi haqida so‘z bordi.
- Nogironlikni belgilash mavzusidagi boshqa savollar va mutaxassis bergan javoblar bilan tanishishingiz mumkin.
Tinglovchilarimizdan juda koʻp savollarni qabul qildik, ammo afsuski mehmonimiz vaqti cheklanganligi tufayli barchaga savollarga javob berolmadik. Qolgan savollaringizni mutaxassislarning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin.
📞 Tel: +998 (90) 176-79-21 (Umarali Nazarmatov – Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i)
☎️ Call-markazi qisqa raqami: 1246
Podkastlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.
