14-oktabr «Sharoit+» podkastimizning 11-soni bo’lib oʻtdi. Unda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga qarashli 574- sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Ortiqova Dono Tojixoʻjayevna. ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Hurmatli do‘stlar, Siz bo‘lib o‘tgan ochiq suhbat davomida respublikamizda nogironligi boʻlgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar, ular uchun amal qilayotgan imtiyozlar, qollanilayotgan metodlar va boshqa tegishli mavzular toʻg’risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Shu jumladan quyidagi savollarga mutaxassisdan javob olishingiz mumkin:
- Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalarida inklyuzivlikni taʼminlash qanday bo‘lmoqda?
- Respublikada nechta maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda?
- Nogironligi bo‘lgan bolalarni qaysi tartibda maxsus bog‘chalarga joylash mumkin?
- Mazkur bog‘chalarda qanday imtiyozlar bor?
- Avvallari, masalan, mutlaq ko‘zi ojiz bolalar maxsus internat qoshidagi bog’chaga qabul qilinar edilar, ammo bilishimizcha bugungi kunda bu bog‘cha negizida tayyorlov sinflarini nol sinflari tashkil etilgan. Endi bu kabi nogironlikka ega bolalarning ota onalari qayerga murojaat qilishlari mumkin?
- Maʼlumki barcha idoralarda taklif va shikoyatlarni yo‘llash uchun ishonch telefonlari bor, bu sohada ota-onalar qayerga va qanday qilib murojaat yo‘llashlari mumkin?
- Tinglovchilar tomonidan beriladigan savollar.
Hurmatli yurtdoshlar! Agarda nogironligi boʻlgan farzandingizni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylash jarayonlarida muammo yoki savollar bo‘lsa Dono Ortiqovaning: +998 (93) 393-57-57 shaxsiy telefon raqamiga yoki Maktabgacha ta’lim vazirligining ishonch telefoniga: (71) 207-04-07 murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
