28 oktyabr soat 15:00da Sharoit+ podkast 12-soni mehmonlari “Toshshaharxizmat o‘quv ishlab chiqarish markazi” rahbar o‘rinbosari — Mo‘minov Rustam Saydullayevich va metodist o‘qituvchi — Sobitov Zoxir Salixovichlar spiker sifatida ishtirok etishdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Mehmonlarimiz «Nogironligi bo‘lgan shaxslar ham avtomobil boshqarishlari mumkinmi?» mavzusi doirasida quyidagi savollarga javob berishdi:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar qanday qilib haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin va qanday hujjatlar talab etiladi?
  • Haydovchilik guvohnomasini olishda o‘qish uchun qanday imtiyozlar bor?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qabul qiluvchi tegishli muassasalar haqida qayerdan maʼlumot olish mumkin?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar xususan karlar uchun haydovchilikka o‘qish jarayonida qanday sharoitlar yaratilgan?  Ular alohida guruh tashkil qilish orqali o‘qitiladilarmi yoki nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan aralash tarkibda o‘qitiladilarmi?

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.