18-noyabr «Sharoit+» podkastimizning 13-soni mehmoni Uchtepa tumani Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to‘lovlarni tashkil qilish sho‘basi katta inspektori— Rixsiyeva Lobar Qobilovna tinglovchilar savollariga javob berdilar.
Powered by RedCircle
Spikerimiz podkast davomida nogironlik nafaqasi tayinlash haqidagi quyidagi savollarga batafsil javob berib o‘tdilar:
- Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari farzandlarga olib 18 yoshga to‘lgach to‘xtatib qo‘yilganlar farzandlari o‘qishni davom ettirayotgan bo‘lsa qaysi tartibda tiklab beriladi va bu ishlar kim tomonidan bajariladi?
- Nogironlik pensiyalarini qayta hisoblash tartibi qachondan amalga oshiriladi?
- Fuqarolarni o‘zini uzi band qilish to‘g‘risida qarorga muvofiq fuqarolar bitta minimal ish haqqi miqdorida soliq tulab staj sotib olishi to‘g‘risida ko‘p gap so‘zlar bo‘ldi ancha fuqarolar soliq to‘lab stajga ega bo‘lib pensiya taʼminotidan foydalanishayotgan edi endi bu jarayon to‘xtatiladimi?
- MDH davlatlaridan ko‘chib kelayotgan nogironligi bor fuqarolar pensiya taʼminoti to‘g‘risida tushuntirish bering.
- Bola puli masalasi muammoli dolzarb masala bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida gapirib bering.
Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
