2-dekabr «Sharoit+» podkastimizning 14-soni mehmoni Toshkent Davlat Yuridik Universiteti dotsenti, hamda gender tengligi bo‘yicha mutaxassis — Aliyeva Kamola Ravshanovna bo‘ldi.

Hurmatli do‘stlar! O‘zingizga maʼlumki, shu kunlarda yurtimizda ayollarga nisbatan bo‘luvchi zo‘ravonlikka qarshi kurashish kunlari o‘tmoqda. Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi ham bu tashabbusga qo‘shilgan xolda, bir qancha amali ishlarni bajarmoqda. 2-dekabr kuni soat 17:00 da «Sharoit+» podkast loyihasida shu mavzu ko‘tarilgani ana shunday qo‘llab-quvvatlash belgisidir. Podkastimizning 14-soniga Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, Yuridik fanlari bo‘yicha Falsafa doktori, Gender tengligi masalalari bo‘yicha mutaxassis Aliyeva Kamola Ravshanovnani mehmon sifatida taklif etdik.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Spikerimiz podkast davomida nogironlik masalalaridan kelib chiqqan tarzda quyidagi savollarga batafsil javob berib o‘tdilar:

  1. Xotin qizlarga nisbatan zo‘ravonlik deganda nimani tushunishimiz kerak va zo‘ravonlikning qanday turlari bor?
  2. O‘zbekistonda xotin qizlarga nisbatan zo‘ravonlik borasida qonunchilikdagi harakatlar qanday va qaysi qonun hujjatlariga asosan zo‘ravonlikning oldi olinishi mumkin yoki javobgarlikka qanday tortiladi?
  3. Muntazam zo‘ravonlikka uchrovchi xotin-qizlarni himoya qilish uchun qanday mexanizmlar bor?
  4. Himoya orderini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
  5. Gender tengligi va zo‘ravonlikka qarshi dunyoqarashga ega bo‘lish uchun qayerlarda treninglar bor?

Kamola Aliyeva mavzuga qiziqish bildirganlarga bir qator milliy va xalqaro xujatlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qildilar va ularni sizlarga yetkazib qo‘yish uchun biz bilan ulashtilar. Bu hujjatlar quyida ilova qilinadi (matn ustiga bosib yuklab olishingiz mumkin):

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.