9-dekabr «Sharoit+» podkastimizning 15-soni mehmonlari O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi – Oybek Isoqov va raisi o‘rinbosari – Abdulla Abduhalilovlar bo‘lishdi.
Hurmatli yurtdoshlar! 9 dekabr (juma), kuni soat 15:00da Sharoit+ podkast loyihasining 15-soni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlandi. Podkast mehmonlari sifatida taklif qilingan O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi – Oybek Isoqov va O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari – Abdulla Abduhalilovlar bosh qomusimizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirishlar haqida, xususan, bu o‘zgartirishlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday ahamiyatga egaligi to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan bahamlashdilar.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Suhbat davomida qabul qilinishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasida inson huquqlari va umum insoni manfaatlar, jumladan qomusimizga kiritilishi kutilgan nogironlik masalalari aks etgan moddalar bayoni kabi yo‘nalishlarda maʼlumot berildi.
Konstitutsiyamiz matni bilan shu yerda tanishing: https://constitution.uz/oz
Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
