30-dekabr 2022-yilning Sharoit+ podkast oxirgi 16-soni mehmoni Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Raximova tashkilotimiz yil davomida olib borilgan ishlar natijalarini sarhisob qiladilar va 2023-yilga qilinayotgan rejalar bilan tanishtiradilar.

2022 yil ham o‘tdi. Albatta barcha tashkilotlar, shu jumladan Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi ham o‘z faoliyatini sarhisob qilishi tabiiy. Shu maʼnoda 2022-yil 30-dekabr kuni «Sharoit+» podkast mavzusi bugungi kunda enga mashhur nogironlar jamoat birlashmalaridan deb eʼtirof etilayotgan tashkilot Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» NJBning o‘tgan yilda erishgan natijalari va amalga oshirgan loyihalari mavzusiga bag‘ishlandi.

Podkast spikeri sifatida ishtirok etgan birlashma raisi Raximova Muhabbat Axrarovna tashkilotda olib borilayotgan faoliyat va kelajakdagi istiqbolli rejalar haqida so‘zladilar. Podkast tinglovchilari ham o‘z o‘rnida o‘z taklif va mulohazalari bilan bahamlashdilar. Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lashmoqchi bo‘lsangiz, bilingki biz hamisha ochiq va shaffofmiz. Sharoit+ bilan birga bo‘ling va hamjihatlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratilishiga xissangizni qo‘shing.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.