«Sharoit+» podkastimizning ikkinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili – Aliya Yunusova ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.
Hurmatli do‘stlar, Siz “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:
- Hozirgi kunda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar soni va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Bolalar Ombudsmani tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar;
- Nogironligi bo‘lgan bolalarni huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb muammolar;
- Inklyuziv ta’lim va uni rivojlantirshdagi takliflar;
- Huquqlari buzilgan nogironligi bo‘lgan bolalar (ularning ota-onalari);
- Bolalar ombudsmaniga qanday tartibda murojaat qilishlari hamda tinglovchilarimiz tomonidan berilgan shu va boshqa savollar yuzasidan javob olishingiz mumkin.
Podkastlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.
