«Sharoit+» podkastimizning uchinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish departamenti direktori – Xudaykulov Nazirjon ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Podkast boshlovchisi: Lochinbek Xudoyorov

Hurmatli do‘stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sportdagi ishtiroki qanday?” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:

  • Paralimpiya sport turlari ichiga qanday sport turlari kirishi hamda bu sport turlari bo‘yicha federatsiya yoki uyushmalar mavjud bo‘lsa ularga qanday a’zo bo‘lish mumkinligi;
  • Paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoaga sportchilar qanday talablarga ko‘ra saralab tanlanishi;
  • Surdlimpiya o‘yinlari g‘oliblari qachondan boshlab Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar kabi munosib e’tirof etilishi shuningdek shu va boshqa savollar yuzasidan javob olishingiz mumkin.

Hurmatli nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz! Agarda sizni sport bilan shug’ullanishingizda biror to’siq yoki qarshiliklar bo‘lsa unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining quyidagi (71) 239-17-36 yoki (71) 239-12-19 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.