«Sharoit+» podkastimizning to’rtinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon Davlat test markazi Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.

Hurmatli do’stlar, Siz Oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlanganligi va nogironligi bo’lgan abiturentlarning mazkur jarayonlardagi ishtiroki yuzasidan bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:

  • Nogironligi bo‘lgan abiturentlar uchun bu yil qancha kvota ajratilganligi va bu yilgi test sinovlarida qanday yangiliklar kutilayotganligi;
  • Nogironligi bo‘lgan abiturentlardan OTMga kirishda qanday hujjatlar talab etilishi va bu hujjatlarni topshirishda oliygohga borish yoki bormasligi;
  • Nogironligi bo‘lgan abiturentlar uchun qanday imtiyozlar mavjudligi;
  •  Bu yilgi test sinovlarida nogironligi bo‘lgan abiturentlarning test sinovlarida ishtirok etishlari uchun qanday sharoitlar yaratilayotganligi hamda tinglovchilarimiz tomonidan berilgan shu va boshqa savollar yuzasidan javob olishingiz mumkin.

 

Hurmatli abituriyentlar! Yurtimizdagi Oliy ta’lim muassalariga o’tgan yilgi kirish ballari bilan https://mandat.dtm.uz/ manzilida batafsil tanishishasiz.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.