«Sharoit+» podkastimizning beshinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon AJ «Toshshahartransxizmat» Yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Saida Raximbabayeva ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.

Hurmatli do’stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning shahar avtobuslaridan foydalanish imkoniyatlari qanday?” mavzusida bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:

  • Nechta avtobuslar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi;
  •  Eshitishda no’qsoni bor va ko‘zi ojiz yo‘lovchilarga qanday qulayliklar yaratilganligi;
  • Hozirgi kunda bekatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan qulayliklar haqida;
  • Avtobuslarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qaday imtiyozlar borligi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtobuslarda foydalanishda haq-huquqlari buzilganda qayerga murojaat qilishlari kerakligi haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

 

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda siz jamoat transporti (avtobuslar)dan foydalanish paytida haq-huquqingiz buzilsa AJ «Toshshahartransxizmat»ning 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda  istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.