«Sharoit+» podkastimizning oltinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon Yoshlar ishlar agentligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Sultonov bo’ldi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.
Hurmatli do’stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?” mavzusida bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:
- Yoshlar ishlar agentligi tomonidan nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida hozirga qadar qanday ishlar amalga oshrilganligi va bu masalada Agentlik qanday vakolatlarga egaligi;
- «Yoshlar daftari» nima va nogironligi bo‘lgan yoshlarga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- Nogironligi bo‘lgan yoshlar muammolarini hal qilishda viloyat, tuman va qishloqlardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar negadir Agentlik e’tiboridan chetda qolib ketayotganligi;
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarni imtiyozli kredit yoki subsidiya asosida uy harid qilishida Agentlikning vakolati masalasi va boshqa savollar yuzasidan savollarga javob topishingiz mumkin.
Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
