«Sharoit+» podkastimizning yettinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarini sanatoriyda sog‘lomlashtirishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Eldor Obloqulov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.
Hurmatli do’stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarda davolanish va dam olishdagi imkoniyatlari» mavzusida bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sanatoriyalar borish tartibi qandayligi, bu borada nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchiligimizda qanday imtiyozlar belgilanligi;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar nechi yilda bir sanatoriyalarda borishi mumkinligi va sanatoriyalarga biror yaqini (qarovchisi) bilan borishlari;
- 1- va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yilda necha marotaba sanatoriyalarga borishi mumkinligi;
- Qanday hollarda sanatoriyalarga yo‘lanma berish rad etilishi haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar! Agarda sizning sanatoriyalar masalasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi yoki uning hududiy bo’linmalariga murojaat etganingizda arizangiz asossiz rad etilsa +998 (71) 241-04-13 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
