«Sharoit+» podkastimizning sakkizinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Temur Mahmudov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Hurmatli do‘stlar, Siz «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga qanday ko‘maklashilyapti?» mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:

  • Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashishda qanday muammo va kamchiliklar borligi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashish sohasidagi muammolari bartaraf etish uchun shu yil qanday ishlar amalga oshirilyotgani;
  •  31-avgust «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalari hukumat qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjat qanday imkoniyatlarni yaratadi, shu haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda sizda ishga joylashish bilan bog’liq muammolar bo‘lsa: +998 (90) 818-07-08 www.ishplus.uz telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.