s«Sharoit+» podkastimizning to’qqizinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining Inklyuziv ta’lim laboratoriya bo‘limi metodisti Sulton Mo‘minov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Hurmatli do‘stlar, Siz «Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etilyapti?» mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:

  • Umum ta‘lim maktablariga qanday nogironligi bo‘lgan bolalar va necha yoshdan qabul qilinadi?
  • Nogironligi bo‘lgan bolalar ta‘lim olishi uchun komissiya yo‘llanmasi shartmi?
  • Maxsus ehtiyojli bolalar uchun qanday qilib sog‘lom psixologik muhit yaratiladi?
  • Inklyuziv va korreksion sinflar qaysi maktablarda mavjud?
  • Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun uy ta’limi ta’minlanadimi?
  • Shu haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’limi haqida savol, taklif va shikoyatlar bo‘lsa ularning ota-onalari bevosita Inklyuziv ta’lim laboratoriya bo‘limi metodisti Sulton Mo‘minovga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +998 (94) 643-25-34.

Shuningdek, Respublikamizda tashkil etilayotgan Inklyuziv ta’lim sinfi va boshlang’ich tayanch korreksion sinf pedagogik jamoasiga metodik yordam ko‘rsatish uchun tashkil etilgan Telegram guruhidan ham barcha kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Telegramdagi guruhga qo‘shilish uchun havola: https://t.me/inklyuziya

Quyida umumta’lim maktablariga tayyorgarlik ko‘rish uchun nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun Respublika Tashxis Markazi tomonidan tayyorlgangan qo‘llanmalarni yuklab olishingiz mumkin (havolani ustiga bosing):

 

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.