2024-yil 30-yanvar kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi nogironlik va inklyuziya bo‘yicha ekspertlari “ALPHA” jamoasi xodimlari uchun “Nogironlik tushunchasi va terminologiyasi” mavzusida ALPHA biznes markazi binosida seminar-trening o‘tkazdi.

Xabaringiz bo‘lsa, tashkilotimiz dasturiy faoliyatini, jamoaviy ruhini va xodimlar malakasini oshirishni kuchaytirish maqsadida Yevrosiyo jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan USAIDning Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar (SICA) Institutsional rivojlanish dasturida ishtirok etish uchun tanlangan edi. Ushbu loyiha doirasida bizning asosiy hamkorlarimizdan biri O‘zbekistonda o‘z korporativ ta’lim dasturlari bilan mashhur ALPHA kompaniyasi hisoblanadi.

ALPHAning malakali trenerlari 3 oy davomida «SHAROIT PLYUS» NJB boshqaruvi a’zolari va xodimlariga strategik rejalashtirish, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) vaqt menejmenti, munozara holatlarini boshqarish, stress menejmenti, samarali muloqot, hissiy intellekt, samarali murabbiylik, loyihalarni boshqarish va rejalashtirish, monitoring, nazorat va loyiha yakuni, risklarni boshqarish, moslashuvchan boshqarish usullari  kabi mavzularda malaka oshirish kurslari va treninglardan o‘tadilar;

ALPHA bilan o‘zaro hamkorlikni boshlashdan avval, tashkilotimiz ekspertlari Muxabbat Raximova va Ulug’bek Mamatxanov nogironlik tushunchasi va terminologiyasi bo‘yicha ALPHA kompaniyasi ma’muriyati va trenerlarini bilim-ko‘nikmalarni oshirishdi. Trening boshlanishidan o‘zgacha ruhda boshlandi. Ishtirokchilar tillo-sharhlar bilan o‘zlarini tanishtirishni o‘rganib, o‘zlarini shu tariqa tanishtirib o‘tishdi. Trening ishtirokchilari bilan nogironlik tushunchasi va nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modellari haqida muhokama qilindi.

Muxabbat Raximova ALPHA xodimlari trening o‘tish jarayonida

Trening interaktiv tarzda savol-javoblarga boy bo‘ldi. Nogironligi bo‘lgan do‘stlaringiz bormi? deya savol berilganda ishtirokchilarni javoblari qiziqarli baʼzi ishtirokchilarni umuman nogironligi bo‘lgan do‘sti yo‘q. Baʼzi ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan do‘stlari haqida quvonib so‘zlab berishdi va nogironligi bo‘lgan do‘stlaridan doim motivatsiya olishlarini aytib o‘tishdi.

«Menga trening juda yoqdi, trenerlar o‘zaro munosabatlar haqida juda ko‘p ma’lumot berishdi, nogironligi bo‘lgan insonlarga qanday munosabatda bo‘lishni tushunish ham osonlashdi, spikerlar ajoyib hazil tuyg‘usi bilan treningni o‘tishdi. Ushbu treningni o‘tkazganingiz uchun sizga va tashkilotingizga katta rahmat.» – deydi ALPHA xodimi Maksim.

Terminologiya haqida ishtirokchilarning fikrlari anchagina o‘zgardi. Ular aynan nogironlik belgilari bo‘yicha terminologiyalarni befarq bo‘lmagan holda o‘rganib olishdi. Ishtirokchilarga juda yoqimli va manfaatli bo‘lganini aytib o‘tishdi. Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati hamda a’zolari nomidan ALPHA kompaniyasi va biznes markazi rahbariyati, xodimlari va trenerlariga minnatdorchilik bildirib keyingi ishlarida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, «PRAXIS PLUS» MChJ ijtimoiy korxonamizning info@praxis.uz elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsatishni unutmang. Bizning ekspertlarimiz ehtiyojlaringizdan kelib chiqib inklyuziv rivojlanishingiz uchun maxsus trening dasturini ishlab chiqishadi va bu sohada xodimlaringiz bilim-ko‘nikmalarini oshirishadi.