Ayol qo‘li-San’at javhari loyihasi

“SHAROIT PLYUS” NJB “Aholining ijtimoiy-ma’naviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovasion turlarini joriy etishda NNTlar faolligini kuchaytirish” mavzusidagi davlat granti g’olibi bo’ldi.

Joylardagi mahalliy davlat organlariga aholining ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand qatlamlari ayollar, yoshlar va nogironlarning doimiy bandligini ta’minlashga, ularni xalq hunarmadchiligi tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish, oilaviy biznes va tadbirkorlikning turli shakllariga jalb qilishga ko‘maklashish masadida tashkilotimiz quyidagi loyihani amalga oshirdi.

Loyihaning nomi: “Ayol qo‘li-San’at javhari”

Loyiha donori:O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi

Loyihaning umumiy byudjeti: 57 080 000 so’m

Loyihaning davomiyligi: 2018 yil 1-avgustdan 2019 yil 1-avgustga qadar (1 yil)

Loyiha hamkorlari: O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, O’zbekiston Respublikasi Karlar jamiyati.

Ko‘plab korxona va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi uchun qulay sharoiti yo‘qligi sababli, hozirgi kunda deyarli barcha nogironligi bo‘lgan ayollarning ish bilan ta’minlash eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda, uyda o‘tirib qolgan, hech qanday daromadga ega bo‘lmagan, kasb-hunarga ega bo‘lmagan ayollarni ish bilan ta’minlash va kasb-hunarlarni o‘rgatish. Ushbu loyiha amalga oshirilsa ko‘plab uyda o‘tirib qolgan, umidsiz, ishsiz va kasb-hunarsiz ayollarga hayotda biroz bo‘lsada o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlash.

 

Loyihaning maqsadi:

  1. Nogironligi bo‘lgan ayollarni ish bilan ta’minlash;
  2. Kasb-hunarga ega bo‘lmagan ayollarga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatish;
  3. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi nogironligi bor shaxslar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan yana bir tashkilot yaratilishi;

 

Loyihaning asosiy vazifalari:

  1. O‘z tikuvchilik malakasiga ega bo‘lgan ko‘plab ayollarni o‘z mahoratini ko‘rsatishga va oshirishga imkon yaratish;
  2. Ayollarning muntazam ravishda daromad olish imkoniyati yaratiladi;
  3. Kasb-hunarsiz ayollarga ish faoliyatini o‘rgatish, ularga ish faoliyati bo‘yicha ko‘nikmani hosil qilish;
  4. Loyihani amalga oshirish bilan jamiyatdagi korxona va tashkilotlarda inklyuziv ishchi jamoani shakllantirish imkoniyatiga ega ekanligi ko‘rsatib berish;

 

Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari:

  • 1-bosqich. Qurilmalarni sotib olib, ularni ishlashga tayyor qilish va nogironligi bo‘lgan uyda o‘tirib qolgan tikuvchilik sir-asrorlarini bilaydigan ayollarni topib, ularni ishga qabul qilish;
  • 2-bosqich. Buyurtmachilarni topish, materiallarni sotib olish, ishlab chiqarishni boshlash va buyurtmachiga yetkazish;
  • 3-bosqich. Olib borilgan ishlar va moliyaviy natijalarni monitoring qilib, tahlil qilish.

 

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:

  • 1-bosqichda. 15 nafar uyda o‘tirib qolgan ayollarni ish bilan ta’minlash;
  • 2-bosqichda. Ustoz shogirt an’anasiga binoan tikuvchilik sir-asrorlarini bilmaydigan ayollarga o‘rgatish;
  • 3-bosqichda. Tashkil etilgan korxonani kengaytrish shu bilan birga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish.

 

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.

Tags: