2023-yilning 7-noyabr Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi ekspertlari Bandlik va Kambag’allikni qisqartirish vazirligining Aholi banligiga ko‘maklashish markazlarining ish izlovchilar bilan ishlaydigan xodimlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi vakillariga nogironlik inklyuziyasi bo‘yicha trening o‘tishdi.
«Nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modellari, hamda nogironligi bo’lgan shaxslar ochiq mehnat mehnat bozorida duch kelayotgan qiyinchiliklar va muammolar” mavzusidagi treningimiz Toshkent shahar “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib o‘tdi. Asosiy trener sifatida «SHAROIT PLYUS» NJB raisi Muhabbat Raximova va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat masalalari bo‘yicha Aziz Abdullayev yordamchi trening sifatida o‘tkazishdi. Treningda umumiy 23 ishtirokchi qatnashib ulardan 13 kishi Toshkent shahridan, qolgan 10 kishi viloyatlardan kelib ishtirok etishdi. Ushbu trening Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) ko‘magi doirasida tashkil qilindi.
Trening o‘tkazilishidan asosiy maqsad – nogironlik va inklyuziya masalalari hamda nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modeli haqida ishtirokchilarning bilim-ko‘nikmalarini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida duch kelayotgan qiyinchiliklar va muammolar haqida xabardorlikni oshirish.

Trening so‘nggida ishtirokchilar bilan tanishib olingach, nogironlik tushunchasi va ijtimoiy model haqida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Trening interaktiv tarzda bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar juda faollik bilan mashqlarda qatnashdilar va o‘z fikrlarni bilan mustaqil va erkin tarzda bilan bo‘lishdilar. Ishtirokchilar o‘z tajribalaridagi bilimlarini ishga solgan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar ish topishda va ish joyida duch kelayotgan muammolar haqidagi keyslar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolarga yechim topishga harakat qilishdi. Trenerlarimiz tomonidan, tashkilotimiz amalga oshirib kelayotgan ishplus.uz loyihasi haqida ham batafsil tushunchalar va ijtimoiy hamkorlik qilish takliflari berildi.

Trening so‘ngida trening ishtirokchilaridan fikr-mulohazalar so‘ralganida mana shunday treninglar ko‘proq va davomli o‘tkazilsa albatta foydali va manfaatli bo‘ladi deya o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, «PRAXIS PLUS» MChJ ijtimoiy korxonamizning info@praxis.uz elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsatishni unutmang. Bizning ekspertlarimiz ehtiyojlaringizdan kelib chiqib inklyuziv rivojlanishingiz uchun maxsus trening dasturini ishlab chiqishadi va bu sohada xodimlaringiz bilim-ko‘nikmalarini oshirishadi.
