Biz haqimizda

 

Biz imkoniyati cheklangan va ularning hayotiga befarq bo’lmagan kishilardan iborat tashabbuskor guruh hisoblanamiz. 2009 yildan buyon biz o’z-o’ziga yordam guruhi sifatida faoliyat yuritganmiz va 2016 yil 29 dekabrida biz rasman nodavlat notijorat tashkilot (NNT) sifatida ro’yxatdan o’tganmiz. Bizning tashkilotimiz faqatgina nogironligi bor insonlarni emas, balki O’zbekistonda hamma uchun to’siqlardan holi va inklyuziv jamiyatni yaratishda ularga yordam berishni istagan barchani birlashtiramiz.

“Sharoit Plyus” o’zbek tilida jamiyatimizda turli xil nogironlikga ega insonlar uchun “sharoit” yoki “imkoniyatlar”ni yaxshilash va yaratishni anglatadi.

Oldimizga qo’yilgan maqsadga erishish uchun bizning tashkilotimiz quyidagi ijtimoiy xizmatlarni taklifa qiladi:

Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “Sharoit Plyus” nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligining shahar boshqarmasi tomonidan 2016 yil 29 dekabrda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.

 

Bizning maqsadimiz

 

O’zbekistonda teng huquqli bo’lib baxtli hayot kechirishlari uchun  barcha nogironligi bor insonlar bilan birgalikda to’siqlardan holi va inklyuziv jamiyat yaratish.

 

Vazifalar

 

imkoniyati cheklangan shaxslar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish va har taraflama rivojlanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z ijodiy imkoniyatlarini amalda qo‘llashlari, aqliy va ma’naviy rivojlanishlari, ularning umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘z zamonasining munosib vakillari bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xayriya faoliyatini amalga oshirishdan iborat.