Bizning ramzimiz

 

Tashkilotimiz ramzi turli toifadagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni ifodalaydigan ko‘k, yashil, sariq, to‘q sariq va jamiyatni ifodalaydigan qizil rangdagi beshta “pazl” (mozaykalardan) iborat. Ushbu pazllar bir biriga qo‘shiladi va doira shaklini vujudga keltirib ichida katta xarflar bilan Birlashmaning qisqacha nomi “SHAROIT PLYUS” deb o‘zbek tili lotin alifbosida to‘q ko‘k rangda yoziladi.

Beshta pazl

  • Ko‘k pazl ichida kar-soqov va zaif eshituvchi imkoniyati cheklangan shaxslar  jamiyatga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit – o‘zbek imo-ishora tili tasvirlangan.
  • Yashil pazl ichida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit – nogironlar aravachasi va maxsus yo‘lakcha (pandus) tasvirlangan.
  • Sariq pazl ichida ko‘zi ojiz va zaif imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit – olti nuqtali maxsus Brayl yozuvi tasvirlangan.
  • To‘q sariq pazl ichida aqlan zaif yoki o‘qishda imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit – ta’limni ifodalovchi kitob o‘qiyotgan shaxs tasvirlangan.
  • Qizil pazl ichida uchta yonma-yon turgan shaxslar orqali jamiyat tasvirlagan.

Pazllar birlashganda inklyuziv jamiyat vujudga keladi

Har bir pazl o‘ziga hos shakli va rangiga ega bo‘lib jamiyatimizda har hil turdagi shaxslar borligini ifodalaydi va ular bir biri bilan qo‘shilgandagina barcha uchun to‘siqlardan holi va inklyuziv jamiyatni vujudga keltiriladi.

Ramzimiz Nizomi

Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi ramzining Nizomi