Sen 8, 2026 | Loyihalar
Illyustratsiya: BMT Taraqqiyot Dasturi
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Finlandiya hukumati ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasidagi 2026-yilgi Kichik grantlar dasturi g‘oliblaridan biri deb topildi.
2026-yil bahorida e’lon qilingan ushbu tanlov fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, butun respublika bo‘ylab jami 57 ta NNT o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. Mustaqil baholash yakunlariga ko‘ra, loyihamiz eng yaxshi 5 ta tashabbus qatoridan joy oldi.
Ushbu grant dasturi doirasida fuqarolik jamiyati tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy hisobda qariyb 100 ming AQSH dollari ajratilgan. “Sharoit Plyus” NNT bilan bir qatorda “Madad” NNT, Qoraqalpog‘iston Nogironlar Assotsiatsiyasi, “Rahmdillik” NNT va O‘zbekiston Yuristlar Assotsiatsiyasi ham grant g‘oliblari qatoridan joy oldi.
Ajratilgan kichik grant mablag‘lari HuquqPlus.uz — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalimiz orqali birlamchi va ikkilamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, nogironlar huquqlari haqida savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish va huquqiy ma’lumotlarni ularga qulay bo‘lgan shakllarda ulashish.
Loyihamiz haqida qisqacha ma’lumot:
Loyihaning nomi: «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular uchun qulay formatlarda birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish» (davomiy loyiha)
Loyiha donori:BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Finlandiya hukumati ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida 2026-yilgi Huquqiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kichik grantlar dasturi (LVG)
Loyihaning umumiy budjeti: 238 254 600 so‘m
Loyihaning davomiyligi: 01.08.2026 dan 31.12.2026 gacha (5 oy davomida)
Loyihaning milliy hamkorlari: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) Yuridik klinikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Loyiha quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (shu jumladan ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlarga) birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish;
- huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish (shu jumladan ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar uchun);
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘g‘risidagi axborotlarni keng tarqatishga qaratilgan bosma va elektron materiallar/nashrlarni tayyorlash va e’lon qilish.
Loyiha maqsad va vazifalarining qisqa tasnifi:
- @huquqplus_bot maxsus Telegram boti orqali 5 oy davomida butun O‘zbekiston bo‘yicha turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslarning 1500 ta murojaatiga birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish;
- Loyiha davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga malakali yuristlar jamoasi doimiy xizmat qilishi, shu jumladan 400 ta nogironligi bo‘lgan shaxslarga yuristlar tomonidan bepul chuqur (ikkilamchi) huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatilishi (masalan tegishli davlat organlariga ariza tayyolarshda yordam ko‘rsatish, sudga da’vo arizasini kiritish va sud jarayonlarida ishtirok etish, va boshqa huquqiy yordamlar ko‘rsatish. Yuzma-yuz (offlayn) yurist qabuli orqali kamida 100ta nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish (qolgan 300 tasi masofaviy qabul orqali Telegram, telefon va huquqplus.uz veb-portalimiz orqali).
- Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy maslahat berish maqsadida video-koll markaz (WhatsApp yoki Telegram video qong’iroq orqali) tashkil qilish va ularga imo-ishora tili tarjimoni xizmatlarini ko‘rsatgan holda yuridik yordam ko‘rsatish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga oid har oyda 2 marta, jami 12 ta audio-podkast o‘tkazish (Telegram kanalida ovozli chat orqali);
- huquqplus.uz veb-portalimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlariga oid dolzarb mavzularda 12ta yangi huquqiy maqola chop etish va ularning alqiy nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 12 ta “Oson matn” formatidagi huquqiy materiallarni tayyorlash;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga oid qisqa video-roliklar tayyorlash – 50 ta video-reels va 12ta yangi huquqiy maqolalarning O’zbek imo-ishora tilidagi video-formatini tayyorlash;
- huquqplus.uz loyihasi davomida ishlab chiqarilgan 80 ta huquqiy maqolani yangilash;
- Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqplus.uz veb-portali imkoniyatlari va bepul huquqiy maslahat va yordam ko‘rsatish maqsadida 5 ta trening-seminarlar tashkil etish (maqsadli auditoriya: nogironligi bo‘lgan talabalar, nogironlar jamoat birlashmalari a’zolari, nogironligi bor farzandi bor ota-onalar va boshqa tegishli guruhlar).
- Loyihaning oxirida kichik grant davomida erishilgan natijalar haqida homiylarga ma’lum qilish, boshqa fuqarolik jamiyati vakillari bilan tajriba almashish maqsadida Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish. Ushbu tadbirni 3-dekabr Xalqaro nogironligi bo’lgan shaxslar kuniga bag’ishlab tashkil etish.
Loyiha arizasida ko‘zda tutilgan tadbirlar doirasida qamrab olinadigan maqsadli aholi guruhlari:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga e’tibor qaratgan holda turli shakldagi nogironligi mavjud bo‘lgan, jumladan, aqliy va ruhiy nogironlikka ega shaxslar;
- turli shakldagi nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoki vasiylari, aqliy va ruhiy nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- nogironlar jamoat birlashmalari vakillari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) hamda aholining o‘z huquqlarini himoya qilishga muhtoj bo‘lgan boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari vakillari
Loyiha jamoasi:
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov, Loyiha rahbari (e-mail: d.yusupov@sharoitplus.uz)
Loyiha koordinatori: Kamron Akramov, Loyiha koordinatori
Loyiha advokatlari: Nuriddin Maxmasoliyev, Zarnigor Bebutova
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni: Go’zal Rahmatullayeva
Illyustrator: Nafisa Xusnitdinova
SMM/kontent-menejer: Ulug’bek Mamatxanov
Videoperator va montaj: Azizjon Qosimov
Huquqiy maqolalar muallifi: Aziz Abdullayev
Trener: Muhabbat Raximova
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: huquqplus.uz@gmail.com Tel: +998 90 358 50 60
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form
May 29, 2025 | Loyihalar
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi BMTTD va Adliya vazirligi hamkorligidagi, Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Bepul yuridik yordam uchun kichik grantlar” dasturida yana g‘olib bo‘ldi.
Joriy yilda 5 ta fuqarolik jamiyati tashkiloti kichik grantlar sohibiga aylandi. Ushbu grantlar bepul yuridik yordamni kengaytirish, inson huquqlarini targ‘ib qilish va jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. 2025-yilda ttashkilotimiz ham g‘oliblar qatoridan yana bir bor joy oldi.
Ajratilgan kichik grant mablag‘lari HuquqPlus.uz — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalimiz orqali birlamchi va ikkilamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, nogironlar huquqlari haqida savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish va huquqiy ma’lumotlarni ularga qulay bo‘lgan shakllarda ulashish.
Loyihamiz haqida qisqacha ma’lumot
Loyihaning nomi: «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular uchun qulay formatlarda birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish» (davomiy loyiha)
Loyiha donori: O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi
Loyihaning umumiy budjeti: 9 000 AQSh dollari (116,190,000 so’m)
Loyihaning davomiyligi: 02.06.2025 dan 30.10.2025 gacha (6 oy davomida)
Loyihaning milliy hamkorlari: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) Yuridik klinikasi (o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Merorandumni asosida) va loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Loyiha quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (shu jumladan ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlarga) birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish;
- huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish (shu jumladan ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar uchun);
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘g‘risidagi axborotlarni keng tarqatishga qaratilgan bosma va elektron materiallar/nashrlarni tayyorlash va e’lon qilish.
Loyiha maqsad va vazifalarining qisqa tasnifi:
- @huquqplus_bot maxsus Telegram boti orqali 6 oy davomida butun O‘zbekiston bo‘yicha turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslarning 1500 ta murojaatiga birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish;
- Loyiha davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga ikkita yurist doimiy xizmat qilishi, shu jumladan 300 ta nogironligi bo‘lgan shaxslarga yuristlar tomonidan bepul chuqur (ikkilamchi) huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatilishi;
- Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy maslahat berish maqsadida video-koll markaz tashkil qilish va ularga imo-ishora tili tarjimoni xizmatlarini ko‘rsatgan holda yuridik yordam ko‘rsatish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga oid har oyda 2 marta, jami 12 ta audio-podkast o‘tkazish (Telegram kanalida ovozli chat orqali);
- Kamida 12ta yangi huquqiy maqola chop etish;
- Avvalgi loyiha davomida ishlab chiqarilgan 72 ta huquqiy maqolani yangilash;
- Avvalgi loyiha davomida ishlab chiqarilgan 72 ta huquqiy maqolaning rus tiliga tarjimasini yo‘lga qo‘yish;
- huquqplus.uz veb-portalining Telegram ijtimoiy tarmog‘ida rus tilidagi Telegram kanalini yo‘lga qo‘yish;
- Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 6ta trening-seminarlar tashkil etish;
- Loyihaning oxirida kichik grant davomida erishilgan natijalar haqida homiylarga ma’lum qilish, boshqa fuqarolik jamiyati vakillari bilan tajriba almashish maqsadida Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish.
Loyiha arizasida ko‘zda tutilgan tadbirlar doirasida qamrab olinadigan maqsadli aholi guruhlari:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga e’tibor qaratgan holda turli shakldagi nogironligi mavjud bo‘lgan, jumladan, aqliy va ruhiy nogironlikka ega shaxslar;
- turli shakldagi nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoki vasiylari, aqliy va ruhiy nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- nogironlar jamoat birlashmalari vakillari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) hamda aholining o‘z huquqlarini himoya qilishga muhtoj bo‘lgan boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari vakillari
Loyiha jamoasi:
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov (e-mail: d.yusupov@sharoitplus.uz)
Loyiha koordinatori: Zafarbek Ergashov (0,5 stavkaga) (e-mail: z.ergashov@sharoitplus.uz)
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni: Gulnora Mahkamova
SMM/kontent-menejer: Adolat Abdulaminova
Loyiha talabnomasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga jalb etilishi rejalashtirilgan xodimlarning umumiy soni: 8 nafar.
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: huquqplus.uz@gmail.com
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form
May 16, 2025 | Loyihalar
Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari bir xil postsovet imo-ishora tilidan foydalanadi ammo har bir davlatda o‘z madaniyati va an’analariga asoslangan o‘ziga xos imo-ishora tillari rivojlanyapti. O‘zbekiston 1991-yilda mustaqil davlat bo‘lib, shu kungacha faqat 2005-yilda birinchi «O‘zbekiston karlarining imo-ishorali nutqi» nomli lug‘ati ishlab chiqilgan.
20 yil avval ishlab chiqilgan bu lug‘at eskirgan bo‘lib, madaniyatimiz va an’analarimizga ko‘ra so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yangi imo-ishoralarni aks etmagan. Shu sababli, zamonaviy IT sohasi va davr talablari asosida, madaniyatimiz va an’analarimizni inobatga olgan holda yangi lug‘atga ehtiyoj mavjud.
Loyiha O‘zbek imo-ishora tilini (OIIT) rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, onlayn lug‘at veb-sayti va mobil ilova yaratishni o‘z ichiga oladi. Ushbu resurslar OIITni o‘rganish va undan foydalanish uchun keng qamrovli va qulay platformani taqdim etadi, O‘zbekistonda kar va zaif eshituvchi shaxslar uchun standartlashtirilgan vositalarning yetishmasligi muammosini hal qiladi.
Tashabbus eshitish bo‘yicha nogironligi bor shaxslarni muloqot qilish, ta’lim olish va ijtimoiy inklyuziya orqali qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga OIITni mamlakatning madaniy merosining ajralmas qismi sifatida saqlash va targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Tilshunoslar, surdopedagoglar, karlar tashkilotlari, texnologiya mutaxassislari va eng muhimi kar va zaif eshituvchilarning o‘zlari bilan hamkorlikda loyiha qulay, barqaror vositalarni ishlab chiqadi, muloqot to‘siqlarini kamaytiradi va inklyuzivlikni rivojlantiradi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “O‘zbek ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-407-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Loyiha nomi: «O‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasini yaratish orqali rivojlantirish»
Loyiha donori: The Stirling Foundation (AQSh)
Loyihaning byudjeti: 30,120 AQSh dollari
Loyiha muddati: 2025-yil 14-maydan 2026-yil 14-mayga qadar (loyiha muddati 12 oy)
Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Loyihaning maqsadi va vazifalari:
- Ushbu loyiha O‘zbek imo-ishora tili uchun qulay va standartlashtirilgan resurslarning yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan;
- O‘zbekistondagi kar va zaif eshituvchi shaxslar foydalanishlari mumkin bo‘lgan imo-ishoralar onlayn lug‘ati va mobil ilovasini ishlab chiqish;
- O‘zbek imo-ishora tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Loyihaning maqsadli auditoriyasi:
- Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar: O‘zbekiston Karlar jamiyati tomonidan 2020-yil sentyabr oyida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashkilot hisobda 21 212 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
- O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari;
- Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari (5000 ga yaqin), pedagoglari va boshqa xodimlari;
- Kar va zaif eshituvchi bolalari bo‘lgan ota-onalar;
- Ichki ishlar navbatchilik qismlari va sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining bazaviy so‘zlarni o‘rganishi;
- O‘zbek imo-ishora tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar va boshqa manfaatdor tomonlar.
Loyiha jamoasi:
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Loyiha eksperti: Mamur Axlidinov
O‘zbek imo-ishora tili tarjimonlari: Gulnora Mahkamova, E’zoza Axmedova
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni d.yusupov@sharoitplus.uz elektron manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog’laning: +998 (90) 115-65-67.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Fev 9, 2025 | Loyihalar
Tashkilotimiz turli xil nogironligi bor shaxslarning kasbiy malakasini oshirish, munosib ish topish, huquqiy savodxonliklarini oshirib ularga bepul huquqiy maslahatlar berib kelyapti. O‘tgan yili O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish maqsadida MediaPlus.uz platformasini ham ishga tushirdi. Mazkur loyiha «SHAROIT PLYUS» qoshida zamonaviy media-markaz tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Tashkilotimiz oxirgi besh yil davomida turli xil loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziva mavzusida 100 ga yaqin audio podkastlar, 50 ortiq ijtimoiy video roliklar, «Ko‘zgu» nomli qisqa-metrajli ijtimoiy film, 800 dan ortiq audio-kitoblar jamlagan Kitob Plus onlayn audio-kutubxona, hamda O‘zbek imo ishora tilida, oson matn, video va audio formatlarda 72 dan ziyod huquqiy maqolalarni tayyorlagan va bu borada boy tajriba to‘plagan.
Ammo bu faoliyatni yanada samaraliroq tashkil etish uchun turli toifadagi nogironligi bo‘lgan xodimlarimiz erkin harakatlanoladigan suratga olish joyi, video olish va uni montaj qilish hamda ovoz yozish studiyalariga o‘tkir ehtiyoj sezilmoqda.
Ushbu loyiha Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan ijodkorlari, jurnalistlari, blogerlar va media sohasi bilan shug‘ullanishni istovchi iste’dodli nogironligi bor yoshlar uchun innovatsion maydon yaratishga yo‘naltirilgan. Ushbu media markazini tashkil qilish orqali, Sharoit Plyus dasturiy yo‘nalishlari faoliyatini rivojlantirish va turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay shakllarda ma’lumotlar chop etiluvchi MediaPlus.uz inklyuziv ommaviy axborot vositasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishilmoqchi.
Muammo tahlili
Toshkent shahar, Yunusobod tumani Xiyobon ko‘chasi 22-uy “Bobodehqon” MFY hududida tashkilotimiz imtiyozli narxlarda ijaraga olgan binoning orqa qismida Media-markaz tashkil etiladi. Bugungi kunda ushbu binoning ichki va tashqi qurilmalari kapital ta’mirlanishga muhtoj va faoliyat yuritish uchun mos sharoit va qulayliklarga ega emas. Kommunal infratuzilmasidan ham uzilgan.

Binoning tashqi ko‘rinishi ta’mirtalab holatda
Binoni ichida bir nechta xonalar ta’mirlanib – ijod va video montaj xonasi, ovoz yozish studiyasi uchun alohida xona, konferensiya zalda video va audio podkastlar, intervyular va davra suhbatlari suratga olinadi.

Binoning ichki ko‘rinishi ham ta’mirtalab
Media markaz barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan insonlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta’mirlanadi. Ushbu markaz orqali inklyuziv media sohasi bo‘yicha turli yo‘nalishlarda nogironligi bo’lgan yoshlarga nazariy va amaliy bilim berish, texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda professional media mahsulotlar yaratish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Loyihaning maqsad va vazifalari
- 20 dan oshiq nogironligi bo‘lgan blogerlar, san’atkorlar va jurnalistlardan iborat ijodiy guruh uchun barcha qulayliklarga ega suratga olish va ovoz yozish studiyalarini tashkil qilish.
- Axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlash, audio va video materiallarni qayta ishlash, ularni MediaPlus.uz veb-portaliga joylashtirish va boshqa ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berish;
- O‘zbekistondagi axborot vositalari uchun barchaga qulay va inklyuziv formatlarda faoliyat ko‘rsatishlari bo‘yicha metodik yordam berish;
- Turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatlarda (O‘zbek imo ishora tili tarjimasi, oson matn formati, audio va video formatlar, tiflo-sharhlash) ma’lumotlarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;
- Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan maxsus Kitob Plus bepul online kutubxonasi audio kitoblar fondini boyitish;
- Media makonda nogironlik masalalarini yoritishda nogironlikning ijtimoiy-huquqiy modelini keng targ‘ib etish.
| Vazifalar: |
| № | Bajariladigan ishlar | Muddati | Kerakli qurilish ashyolari | Kerakli qurilish mahsulotlari |
| 1. | Inshootni ta’mirlab, media markazini tashkil etish | mart may oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Gips-a karton, Shpaklyovka, Kley, Vodoemulsiya va Krasitel, pishgan g‘isht, sement, qum, shiypon, aprofnastil, ovoz izolyatsiyasi vositalari |
| 2 | Inshootda isitish va sovitish tizimini ishga tushirish | Iyun, avgust oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Truba, isitish generatorlari, ariston konditsionerlar issiq pol tizimi |
| 3 | Elektr tizimini ishga tushirish | Iyun, avgust oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar izolenta | Elektr simlari, korp, tejamkor chiroqlar, rozetka va vklyuchatellar elektr tarmog’ini boshqaruvchi shit elektr xisoblagich. |
| 4. | Hojatxona | Iyun oyi | Smesitel, truba, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Kafel, sement, qum, sheybn, Shpaklyovka, Akfa eshik va rom unitaz, rakvina temir tutqichlar. |
| 5 | Media-markaz uchun inventar | Avgust, sentyabr oylari | Kompyuterlar, studiya uchun karnaylar, mikrofonlar, suratga olish kameralari, chiroqlar, stollar, stellaj, divanlar, kreslolar, proyektor, monitorlar, javonlar. | |
| 6 | Bino xavfsizligi tizimi | Avgust, sentyabr oylari | Kuzatuv kameralari, domafon, signalizatsiya tizimi, monitor. | |
Amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar, va xarajatlar summasi (hisoblash jarayonida). Loyihaning taxminiy byudjeti 300-350 million so‘m atrofida.
| № | Nomi | Birlikda soni | Birlikda summasi | Ko‘plikda soni | Ko‘plikda summasi |
| 1. | Buzdirish va tozalatish | | | | |
| 2. | Sxemasini chizdirish | | | | |
| 3. | Media markaziga moslashtirish | | | | |
| 4. | Inshootda istish va sovitish tizimini ishga tushirish | | | | |
| 5. | Elektor tizimi ni ishga tushurish | | | | |
| 6. | Hojatxona | | | | |
| 7. | Bino xavfsizligi tizimi | | | | |
| 8. | Hovlini tartibga solish | | | | |
| 9. | Xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun kerakli ashyolarni joriy etish | | | | |
Loiyha jamoasi
Tashkilot rahbari: Muxabbat Raximova
Loyiha rahbari: Ulug’bek Mamatxanov
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga Click, Payme va Payze orqali homiylik qiling.
Loyihaga nomoddiy shaklda yordam bermoqchi bo‘lsangiz hamda savol va takliflaringiz bo‘lsa +998 (90) 113-25-52 telefon raqami orqali murojaat qiling.
Dek 6, 2024 | Loyihalar
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan odamlar umumiy aholi soniga nisbatan ancha yuqori darajadagi ishga joylashish muammosiga duch kelmoqdalar, so‘nggi yillarda ularning mehnat huquqlarini himoya qilishda erishilgan yutuqlarga qaramay. Ushbu holatni o‘zgartirish maqsadida «Sharoit Plyus» tashkiloti O‘zbekiston hukumati, nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektor hamkorlari bilan birgalikda platforma yaratdi — Inklyuziv biznes-forumi (IBF), bu forumlar 2021 va 2023 yillarda o‘tkazilgan. Uchinchi forum 2025 yil aprel oyining oxiriga mo‘ljallangan.
IshPlus.uz platformasi yordamida 2021 yildan boshlab nogironligi bo‘lgan 500 dan ortiq kishining ishga joylashishiga muvaffaqiyatli yordam ko‘rsatilgan. Platforma nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarni potensial ish beruvchilar bilan bog‘lab, nomzodlarga o‘z ish tajribasini, mutaxassisligini, kutgan maosh darajasini va nogironlik holati haqidagi ma’lumotlarni kiritish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, maslahatchilar ish beruvchilar bilan ishlashib, inklyuziv ish muhitlarini rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlarining amalga oshirilishini ta’minlashga yordam beradi. Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, IshPlus.uz kabi tashabbuslar ijobiy ta’sir ko‘rsatib, hamma uchun teng ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlashga intiladi.
Uchinchi Inklyuziv biznes-forumi (IBF) O‘zbekistondagi biznes va ijtimoiy soha o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib ish o‘rinlari va ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan. Forum mahalliy kompaniyalar va tadbirkorlar o‘rtasida inklyuziv ishga joylashtirish amaliyotlarini joriy etishga yordam beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilar 100 ga yaqin forum ishtirokchisi bo‘lib, ularga o‘zbek kompaniyalari va tadbirkorlari, nodavlat va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, davlat idoralari va boshqa manfaatdor tomonlar kiradi.
Loyihaning nomi: «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta’minlash maqsadida uchinchi Inklyuziv biznes-forumni tashkil etish»
Loyihaning donori: Stirling jamg‘armasi (AQSh)
Loyihaning byudjeti: 16 700 AQSh dollari
Loyihaning amalga oshirilish muddati: 2024 yil 25-noyabrdan 2025 yil 25-maygacha (loyihaning davomiyligi – 6 oy)
Loyihaning tashkiliy va metodologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA)
Loyihaning hamkorlari: Ish Plus – nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ishga joylashtirish bo‘yicha maxsus rekruting veb-portali, “Sharoit Plyus” NNT tomonidan IHMA huzuridagi “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, “PRAXIS PLUS” MCHJ ijtimoiy korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Imkon O‘zbekiston, UzNews, Gazeta.uz.
Ushbu hamkorlikdagi loyiha mahalliy korxonalar va tadbirkorlar o‘rtasida inklyuziv ishga joylashtirish amaliyotlarini rivojlantirishga, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaxshiroq ishga joylashish va ijtimoiy himoya imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Loyihaning maqsadlari va vazifalari:
- Ish beruvchilarning fikrlarini o‘zgartirish: Mahalliy ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, O‘zbekistonning ochiq mehnat bozorida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishdagi muvaffaqiyatli misollarini taqdim etish.
- Inklyuziv mehnat masalalarni muhokama qilish: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishidagi muammoli jihatlarni muhokama qilish, shu jumladan, yuridik va kadrlar bo‘limlari (HR) uchun masalalarni ko‘rib chiqish.
- Xususiy sektorni xabardor qilish: Xususiy sektorga inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat subsidiyalari va imtiyozlari haqida ma’lumot berish.
Jamoatchilikni xabardor qilish: Mahalliy media platformalari orqali inklyuziv ishga joylashish bo‘yicha ma’lumot tarqatishni qo‘llab-quvvatlash.
“PRAXIS PLUS” MCHJ xizmatlarini namoyish etish: «Sharoit Plus» NNT tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan inklyuziv ishga joylashtirish xizmatlari va boshqa tashabbuslarni taqdim etish.
- Eng yaxshi amaliyotlarni tarqatish: O‘zbekistonda inklyuziv ishga joylashish amaliyotlarini ilgari surishdagi eng yaxshi yechimlar va muvaffaqiyatli tajribalarni namoyish etish.
- Tahliliy xulosa va harakatlar rejasi ishlab chiqish: Xususiy sektor va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari bilan o‘tkazilgan muhokamalar asosida tahliliy xulosa va harakatlar rejasini tayyorlash, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga va IHSAga taqdim etiladi.
Loyihadan kutilyotgan natijalar:
- O‘zbekistonda nogironlikni va inklyuziyani hisobga olgan holda ishga joylashtirish amaliyotlarini ilgari surish maqsadida 6 ta vebinar o‘tkazish.
- Uchinchi Inklyuziv biznes-forumiga ishtirokchilar soni: 100 kishigacha, mahalliy korxonalar va tadbirkorlarga e’tibor qaratilgan.
- Forum dasturi: Tadbir dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Media materiallari soni: Mahalliy OAVda, jumladan, televideniye, internet nashrlari, blogerlar, hamkorlar media-resurslari va boshqalarda mediama’lumotlarni tayyorlash va nashr etish.
- Tahliliy hisobot va harakatlar rejasi: Forum va boshqa tadbirlar yakunlari bo‘yicha tahliliy hisobot va harakatlar rejasini ishlab chiqish.
Loyiha jamoasi:
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov
Loyiha koordinatori: Dilovar Arabjonova
Loyiha buxgalteri: Iroda Narziyeva
PR menejeri: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi
SMM menejeri: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi
Grafik dizayner: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi
Fotograf: e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni asosida aniqlanadi
Oldingi Inklyuziv biznes-forumlari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun 2021 va 2023 yilgi tadbirlar sahifalarini ko’rib chiqing. Iltimos, loyiha bo’yicha savollar va takliflaringizni d.yusupov@sharoitplus.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Dek 4, 2024 | Loyihalar
Xabaringiz boʻlsa, 2023-yilning 30-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va bepul audiokitoblarning onlayn kutubxonasi “Kitob Plus” loyihasini taqdimot qilgan edik. Ushbu loyihani davomiy amalga oshirish uchun «SHAROIT PLYUS» NJB AQShning Stirling Jamg’armasidan grant olishga muvaffaq boʻldi.
Davomiy loyiha nomi: «Kitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini rivojlantirish»
Loyiha donori: The Stirling Foundation (AQSh)
Loyihaning byudjeti: 18,200 AQSh dollari
Loyiha muddati: 2024-yil 25-noyabrdan 2025-yil 25-mayga qadar (loyiha muddati 6 oy)
Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Ziyo Taratamiz» loyihasi
Loyiha hamkorlari: AV3715 – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi xalqaro onlayn kutubxona «Logos»
Loyihaning maqsad va vazifalari:
«Kitob Plus» maxsus onlayn audiokitoblar kutubxonasini (vebsayt: https://kitobplus.uz shuningdek, Android va IOS platformalari uchun mobil dastur), qo‘llab-quvvatlash orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning adabiyot o‘qishga qiziqishni rivojlantirish va savodxonligini oshirish.
“Kitob Plus” platformasining funksional imkoniyatlarini kengaytirish, tinglangan materiallar bo‘yicha bilimlarni sinash uchun interaktiv funsiyalarni qo‘shish va kutubxonani yangi audiokitoblarni yozib olish orqali yangi kontent bilan to‘ldirish.
Loyihadan kutilayotgan natijalar:
Loyiha jamoasi:
Loyiha rahbari: Mirali G’iyosov
Loyiha koordinatori: Abdulaziz Salimov
Dasturchi: Mixail Korneyev
Korrektor: Shirin O‘lmasova
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app
iOS uchun: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246
Vebsayt: https://kitobplus.uz/
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni m.giyosov@sharoitplus.uz elektron manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog’laning: +998 (97) 708-73-31.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/