Yan 21, 2024 | Loyihalar
Loyihaning asosiy maqsadi www.mediaplus.uz innovatsion veb-platformasini ishlab chiqish orqali O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish bo‘lib, unda yangiliklar, reportajlar, tahliliy materiallar qulay formatlarda (matn, audio, video) turli shakldagi nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalari uchun tayyorlanadi.
Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda onlayn media va blogosfera faol rivojlanayotganiga guvoh bo‘ldik. Biroq, mavjud media-resurslarning hech biri turli shakldagi nogironlar uchun moslashtirilmagan. Oʻzbekiston milliy telekanallariga nogironligi boʻlgan tomoshabinlarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmagan boʻlib, eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan tomoshabinlar uchun imo ishora tiliga tarjima qilish xizmati cheklangan. Kar va zaif eshituvchi shaxslar yangiliklar haqida toʻliq maʻlumot olishda toʻsiqlarga duch kelishadi, chunki ular asosan matn oʻqishda qiynalishadi va koʻpincha imo ishora tili tarjimoni yordamida muloqot qilishladi.
O‘zbekistonda imo ishora tilida ma’lumot beruvchi rasmiy veb-sayt yoki televideniye yo‘q. Ayrim telekanallar har kuni 15-20 daqiqa atrofida imo ishora tilida tarjima qilgan holda yangiliklarni efirga uzatsa-da, kar va zaif eshituvchi odamlarning to‘liq ma’lumot olishi uchun bu yetarli emas. Qolaversa, imo ishora tilida gaplashmaydigan kar va zaif eshituvchi aholi uchun O‘zbekiston televideniyesi subtitrlar bilan ta’minlamaydi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar axborotni asosan audio orqali oladi, biroq audioformatdagi media-kontent yetarli emas. Oddiy va tushunarli animatsion media ko‘rinishidagi ixtisoslashtirilgan media-kontent(masalan, o‘qishga oson format) yo‘qligi sababli aqliy nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ma’lumotlar olishda qiynalishadi.
BMTning O‘zbekistondagi nogiron bolalar va kattalar bilan bog‘liq vaziyat tahlili (2019-yil) shuni ko‘rsatdiki, axborotdan foydalanish cheklanganligi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning vasiylarining o‘z huquqlari to‘g‘risida yetarlicha xabardor emasligiga hamda nogironlik holati yuzasidan nima qilish kerakligini bilmasligiga olib keladi. Umuman olganda, axborotdan foydalanish ko’rsatkichlari shuni ko’rsatdiki, «kerakli ma’lumotlar nogironligi bo’lmagan shaxslarga qaraganda nogironlar uchun kamroq mavjud». O‘zbekiston 2021-yil 7-iyunda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qildi va “Foydalanish imkoniyati” 9-moddasiga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborot va aloqa vositalaridan, jumladan, internetdan teng foydalanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi shart.
Turli shakldagi nogironligi bo‘lgan va bo‘lmagan shaxslar kerakli ma’lumotlarni o‘zlari uchun eng qulay formatda olishlari mumkin bo‘lgan www.mediaplus.uz qulay axborot platformasini yaratish. Loyihaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Eshitish, ko‘rish va aqliy nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari uchun eng qulay formatlarda kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘lgan www.mediaplus.uz qulay axborot platformasini ishlab chiqish;
- Turli sarlavhalar ostida 36 ta matnli axborot materiallarini (oyiga 6 ta material) nashr etish: “Yangiliklar” Inklyuzivlik, ijtimoiy hayot, madaniyat va sanʼat, sport, turizm va boshqalarga oid mahalliy va jahon yangiliklari, “Oʻramizdagi insonlar” (ijtimoiy model va inson huquqlari yondashuvi asosida turli shakldagi nogironlar hayotini yoritish), “Ijtimoiy loyiha”, “Nuqtai nazar”, O‘zbekistonni inklyuzivlik va ijtimoiy rivojlantirish sohasidagi tadbirlar afishasi;
- Turli xil sarlavhalar ostida 12 ta video materiallar (oyiga 2 ta video) chop etish: “Hisobot” (foto va video) – (kuzatuv shartlari, loyihalar/voqea, so‘rovlar/muammolar va h.k.), “Intervyu” (matn, foto va video ) turli shakldagi nogironlar bilan;
- Ommabop ijtimoiy tarmoqlarda nashr etilgan OAV materiallarini SMM targ’iboti;
- Platforma foydalanuvchilari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali loyiha natijalarini monitoring qilish va baholash.
Loyihaning qoʻshimcha maqsadlari nogironlar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilar duch kelayotgan muhim ijtimoiy muammolar haqida mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida xabardorlikni oshirish va hamkorlikni kuchaytirish orqali fuqarolik faolligini kuchaytirish; shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyasiz toifalari.
Loyiha nomi: «MediaPlus.uz – inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish platformasi»
Loyiha donori: Yevroosiyo jamg’armasi (Eurasia Foundation)
Loyihaning byudjeti: $14,394.00
Loyiha muddati: 6 oy (2024-yil 19-yanvardan 19-iyulgacha)
Loyiha hamkorlari: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag’allikni qisqartirish vazirligi
Loyiha ijrochilari:
Loyiha menejeri: Shohista Qayumova (E-mail: sh.qayumova@sharoitplus.uz)
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Bosh muharrir: vakansiya joylandi
Matn va video materiallar mualliflari: avvalgi “Media plyus – nogironligi bo‘lgan yoshlarning mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish” loyihasi doirasida mediasavodxonlik bo‘yicha 2 oylik kurs bitiruvchilari va loyihaga jalb qilingan boshqa mualliflar, jurnalistlar va blogerlar
SMM menejer: Elyor Raxmonov
Imo-ishora tili tarjimoni: E’lon qilinadigan bo‘sh ish o‘rni
Platforma ishlab chiquvchilari: Tez orada texnik vazifa va tender e’lon qilinadi
Loyiha bo‘yicha savol va takliflaringizni mediaplusuzb@gmail.com elektron manziliga yuboring.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Okt 6, 2023 | Loyihalar
2023-yil 16-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) yillik uchrashuvida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi ishtirok etdi. Tadbir davomida tashkilotimiz YeTTB tomonidan O‘zbekistondagi muhim masalalar ustida ishlayotgan uchta mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Bankning Jamoatchilik tashabbusi (Community Initiative) dasturi tomonidan tashkilotimizga maqsadli xayriya yordami ko‘rsatildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini 2021 yilda ratifikasiya qilgan va yangi qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash alohida qayd etilgan. Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilinishini taʼminlash maqsadida davlatimizda qator qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilinib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ammo nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z huquqlaridan amalda foydalanishi bo‘yicha ko‘plab muammolar mavjud:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning (ayniqsa eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning) o‘z huquqlari haqida o‘zlari uchun qulay formatda tanishish imkoniyati mavjud emas;
- Aksariyat holatlarda sifatli taʼlim olmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarning rasmiy hujjatlar bilan sodda shaklda tanishishga va o‘z huquqlarini amalda qo‘llashga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmagan;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarining ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan vaziyatlarda ularning o‘z huquqlarini himoya qilishlarida qiyinchiliklar mavjud;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z huquqlarini amalga oshirishida ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning ishlash mexanizmlari amaliyot bilan nomutanosib kelmoqda;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati samarali yo‘lga qo‘yilmagan;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z huquqlarini taʼminlash uchun qulay shaklda huquqiy maslahatlar berish tizimi mavjud emasligi kabi ko‘plab muammolarni sanab o‘tishimiz mumkin.

«SHAROIT PLYUS» NJB raisi Muhabbat Raximova YeTTB Jamoatchilik Tashabbusi dasturining taqdirlash marosimida nutq so‘zladilar
«Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maqsadli xayriya yordami tufayli biz endi uzoq vaqtdan beri o‘ylayotgan loyihani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldik – biz turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatlarda huquqiy maʼlumot beradigan maxsus onlayn platforma www.huquqplus.uz ishlab chiqishni boshladik. Bu veb-portal orqali biz nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish va boshqa to‘siqlarga duch kelgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy maslahatlar taqdim etamiz,» – deydi NJB «SHAROIT PLYUS» raisi Muhabbat Raximova.
Loyiha maqsadi:
www.huquqplus.uz maxsus huquqiy axborot veb-portalini yaratish va ushbu veb-portal vositasida asosiy auditoriya hisoblangan turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoki vasiylari, nogironlar jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillar hamda aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquqlarini himoya qilishdir.
Loyiha vazifalari:
- www.huquqplus.uz maxsus huquqiy axborot veb-portalida turli mavzularda huquqiy qo‘llanmalarni chop etish orqali benefisiarlarining huquqiy savodxonligini oshirish;
- Huquqiy qo‘llanmalarni amaliy, sodda va barcha shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda taqdim etish;
- Foydalanuvchilar bilan qayta aloqa o‘rnatish maqsadida qiyin yuridik maʼlumotlar sodda tilda tushuntirib berilgan yo‘riqnomalar, asosida savol-javoblar, Huquq+ audio-podkastlarini tashkil etish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarining ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan vaziyatlarda ularning o‘z huquqlarini himoya qilishlari uchun huquqiy konsultatsiyalar berish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini taʼminlash jarayonida o‘z huquqiy yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlarga hisobotlar taqdim qilish;
- Loyihani amalga oshirish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlanishi bilan bog‘liq muammolar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish;
- Loyihani amalga oshirish orqali jamoatchilik nazoratini tashkil etish.
Loyiha donori: Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB)
Loyihaning umumiy byudjeti: 32 143 (o‘ttiz ikki ming bir yuz qiriq uch) AQSh dollari
Loyiha muddati: 2023-yil 4-sentyabrdan 2024-yil 4-sentyabrgacha (loyiha muddati 12 oy)
Loyiha hamkorlari: Hozirgi kunda loyihaga milliy hamkor sifatida Toshkent davlat yuridik universitetini jalb etish sifatida muzokaralar olib borilmoqda
Loyiha ijrochilari:
Loyiha asoschisi va rahbari: Dilmurod Yusupov (E-mail: d.yusupov@sharoitplus.uz)
Loyihar koordinatori: Aziz Abdullayev (E-mail: a.abdullayev@sharoitplus.uz)
Nogironlik va inklyuziya masalalari bo‘yicha loyiha maslahatchisi: Muhabbat Raximova
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Veb-dastruchi: Aleksandr Sherbakov, veb-dizayner: Ashot Ayrapetyan
Grafik dizayner: Alina Olimova
Bundan tashqari loyihaga huquqiy materiallarni tayyorlovchi yuristlar, eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy materiallarni imo-ishora tilida taqdim etuvchi tarjimon, SMM menejer va video operator jalb etiladi.
Loyiha bo‘yicha savol va takliflaringizni huquqplus.uz@gmail.com elektron manziliga yuboring.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Avg 7, 2023 | Loyihalar
Media Plus – Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “SHAROIT PLYUS” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi donorligida tashkil etilgan.
Ushbu o‘quv loyiha 2 oy davomida nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislarni media sohasi va uning turlari haqidagi bilimlarini oshiradi va ularni bevosita qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, loyiha media sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislar jamiyatini yaratish yo‘lida ishonchli qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Loyiha nomi: «Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish»
Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi
Loyihaning byudjeti: 151 320 450 so‘m
Loyiha muddati: 2023-yil 13-iyuldan 13-sentyabrgacha (loyiha muddati 2 oy)
Loyiha hamkorlari: «SUYUNCHI» volontyorlik loyihasi

Loyiha maqsadi:
- Mamlakatning axborot maydonida nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan muammolar, stigma va stereotiplarni yoritish samaradorligi oshirish va ularning huquqlarini himoya qilish;
- Ushbu loyiha ishtirokchilarga OAV sohasida faoliyat boshlagan mutaxassislar sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi imijini shakllantirish va shu bilan birga nogironlik mavzusini yoritishda ommaviy axborot vositalaridagi patronaj ohangini yo‘q qilishda ko‘maklashadi;
- Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar aholining barcha qatlamlarining bir qismi bo‘lib, turli soha yo‘nalishlarida fikr, bilim va tajribaga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish va ularning qobiliyatlari hamda salohiyatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri qarashlarga barham berish;
- Yolg‘on maʼlumotlar va chalg‘ituvchi xabarlar bilan manipulyatsiya avjiga chiqqan davrda ushbu maʼlumotlarni filtrlash, tahlil qilish va uni to‘g‘ri xolisona taqdim eta oladigan mutaxassislar tayyorlash orqali mamlakatdagi media muhit rivojiga ijobiy hissa qo‘shish;
- Kurslardagi asosiy ko‘nikma va bilimlar orqali nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislarga aniqroq kasbiy maqsadlarni belgilashlari, shaxsiy hamda kasbiy hayotlari ustida ishlab, o‘z daromadlari va turmush sifatini yaxshilashlari uchun zamin yaratishdir.
Kurslarda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL bo‘lib, ishtirokchilar TANLOV asosida qabul qilinadi.
*Media Plus loyihasiga qabul tez orada boshlanadi! Loyiha haqidagi barcha yangiliklarni rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Loyiha ijrochilari:
Loyiha menejeri: Diyora Dadajanova (E-mail: dadazanova2404@gmail.com)
Loyiha koordinatori: Maftuna Usmanova (E-mail: usmanmaftuna@sharoitplus.uz)
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Loyiha bo‘yicha savol va takliflaringizni mediaplusuzb@gmail.com elektron manziliga yuboring.
Loyihaning Telegramdagi sahifasi: https://t.me/media_plus_courses
Loyihaning Instagramdagi sahifasi: https://www.instagram.com/media_plus_courses/
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Iyul 31, 2023 | Loyihalar
Suratga tiflosharh: Loyiha menejeri Mirali G’iyosov ovoz yozish studiyasida mikrofon va kompyuter ro‘parasida o‘tiribdi. Mirali qora ko‘zoynak taqib olgan va qora kostyum shim, qora galstuk va oq ko‘ylakda.
Asaxiy, Audionoma, UzBook kabi ilovalarda audio-kitoblar tinglash mumkin. Ammo birinchidan ular pulli, ikkinchidan dastur ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi foydalanuvchilarga moslashtirilmagan. Ushbu loyihaning maqsadi barcha audio-kitoblarni bir joyga jamlagan vebsayt hamda Android va iOS platformalarida ishlovchi, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilarga har tomonlama qulay va bepul ilovani yaratish. Bu bo‘yicha «KitobPlus» nomi ostida jamoamiz o‘z ishini boshladi.
Audio-kitoblar va radiospektakllar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning kundalik hayotida, ilmiy faoliyatida, olam va odam haqidagi tasavvurining shakllanishida alohida ahamiyatga ega. Radioning kashf qilinishi, ovozni yozib olish imkoniyatining yaratilishi, ovozli kitoblarning paydo bo‘lishiga turtki berdi. Bunday kitoblar dastlab radio orqali o‘qib eshittirilgan, plastinkalarda taqdim etilgan bo‘lsa, o‘tgan asrning 50 yillarida magnit tasmalarga yozib ko‘paytirilgan va kutubxonalarga, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydigan korxonalarga yetkazilgan.
Bunday kito’blar yurtimizga o‘tgan asrning 60-yillarida kirib kelgan va 1970-2000 yillar oralig‘ida yuzlab kitoblar ovozlashtirilib, magnit tasmasiga «Lentalar, kassetalar»ga yozilgan. Komp’yuterning kirib kelishi audio-kitoblar yozilishini yanada ossonlashtirdi. Kitoblar CD disklarda taqdim etila boshlandi. Ammo texnologiya rivoji tezlikda bu usulni ham eskirtirdi, endilikda kitoblar fleshkalarda, telefon xotiralarida, internetdagi saytlarda saqlanmoqda va tarqatilmoqda.
Ovozli kitoblar o‘z rivojlanish yo‘lini bosib o‘tar ekan, u qaysi davrda bo‘lmasin, ko‘zi ojiz insonlar kutubxonalarga borib, kitoblarni olishar, o‘qib bo‘lib yana qaytarib berishlariga to‘g‘ri kelardi. Komp’yuterdan foydalanish ko‘nikmasiga ega insonlar kitoblarni o‘z komp’yuterlarida to‘plab, kitobsevarlarga tarqatishadi. Bugungi kunda audio-kitoblar shu qadar ommalashdiki, ularni jamiyatning barcha qatlamlari birday tinglamoqda.
Ammo ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bu kitoblarni bir joyga to‘plagan birorta ham onlayn platforma mavjud emas. Kitoblarni YouTubedan, Telegramdan yoki yana eski usul bilan kutubxonaga borib o‘z qurilmalariga yozdirib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda. YouTube platformasida ko‘plab ovozli kitoblarni topish mumkin. Ammo biror romanni zavq bilan o‘qiyotganingizda oshga tushgan pashshaday bo‘lib reklamaning boshlanib ketishi, kitob zavqini bo‘lib qo‘yadi. Bundan tashqari janrlar, mualliflar, suhandonlar kesimida kitoblarni topish imkoniyatini birorta platforma taqdim etayotgani yo‘q.
Loyiha nomi: «KitobPlus – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona yaratish»
Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi
Loyihaning byudjeti: 232 608 116,88 so‘m
Loyiha muddati: 2023-yil 13-iyuldan 13-noyabrgacha (loyiha muddati 4 oy)
Loyiha hamkorlari: AV3715 – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi xalqaro onlayn kutubxona «Logos»
Loyiha vazifalari:
- www.kitobplus.uz domenidagi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona vebsayti va u bilan sinxron ishlovchi KitobPlus mobil ilovasini yaratish;
- O‘zbek tilidagi 105 ilmiy-badiiy, hujjatli, ommabop hamda boshqa turdagi kitoblarni audiolashtirish;
- Bugungi kungacha mavjud bo‘lgan kamida 500 ta audio kitoblarni qayta ishlash va yuqorida ko‘rsatilgan vebsaytga/mobil ilovaga joylash. Mavjud audio-kitoblarning sifati pastlarini lenta va kassetadan raqamli formatga o‘tkazilganlarini sifatini ko‘tarish;
- Kamida 300 ta radio-spektakllarni qayta ishlash va vabsaytga/mobil ilovaga yuklash;
- O‘zbekistonda audio-kitoblar bilan shug’ullanuvchi studialar bilan hamkorlik o‘rnatish va ularda mavjud bo‘lgan audio-kitoblarni platformaga yuklash;
- Nutq sintezatorlar yordamida kitoblarni ovozlashtirishni ta’minlash.
Ko‘rsatilgan xizmatlardan kutilayotgan natijalar:
- o‘zbek tilidagi barcha bepul audio kitoblarni jamlash, foydalanuvchilarga audio kitoblarni ko‘rib chiqish, tinglash va yuklab olish uchun qulay imkoniyatni ta’minlash;
- ko‘ngilli suhandonlar uchun o‘zlarining audio kitoblarini KitobPlus platformasida joylash imkoniyatini ta’minlash;
- ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi yoshlar uchun audio kitoblarni yaratishning dolzarbligi va ahamiyati g‘oyasini ommalashtirishga erishiladi.
Loyiha ijrochilari:
Loyiha menejeri: Mirali G’iyosov
Loyiha koordinatori: Abdulaziz Salimov
Dasturchi: Mixail Korneyev
Korrektor: Shirin O‘lmasova
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app
iOS uchun: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246
Vebsayt: https://kitobplus.uz/
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni m.giyosov@sharoitplus.uz elektron manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog’laning: +998 (97) 708-73-31.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
May 28, 2023 | Loyihalar
2021-yildan boshlab mazkur loyihani amalga oshirish davrida tashkilotimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning milliy qonunchilikda va O‘zbekiston tomonidan 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida mustahkamlangan huquqlari haqida xabardorligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 2023-yilda ushbu loyihani mantiqiy davom ettirish maqsadida O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziya mavzusidagi Sharoit+ audio podkastlari, video intervyular va ijtimoiy roliklarni tayyorlashda davom etamiz. Shuningdek, loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini targ‘ib etuvchi Ijtimoiy film surʼatga olish rejalashtirilgan.
Loyiha nomi: “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” (loyiha davomi)
Loyiha donori:Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders), Shvetsiya
Loyihaning umumiy byudjeti: $16 013
Loyiha muddati: 2023-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrgacha (loyiha muddati 8 oy)
Loyiha milliy hamkorlari: Yoshlar ishlari agentligi
Loyihaning maqsadi: Loyihaning bevosita maqsadli auditoriyasi va benefitsiarlari Toshkent shahrida va umuman O’zbekistonda yashovchi 18 yoshdan oshgan turli xil nogironligi bo’lgan shaxslardir. Maqsad – turli media loyihalar orqali ularni imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha vazifalari:
- Loyihaning amal qilish muddati davomida barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘lib xizmat qiladigan 16 epizoddan iborat (davomiyligi taxminan 1 soat) audio podkastlar seriyasini yozib olish.
- O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning dolzarb muammolarini yoritish maqsadida 8 ta video intervyu va 8 ta ijtimoiy rolik yaratish.
- 1 ta qisqa ijtimoiy filmini yaratish (davomiyligi taxminan 10 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor va aktrisa sifatida jalb qilish.
- 10 ta qisqa ijtimoiy rolik yaratish (davomiyligi taxminan 1 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor sifatida jalb qilish.
Ijtimoiy filmning ishtirokchilari tanlov asosida tanlab olinadi. Barcha media-mahsulotlar kar va zaif eshituvchi tomoshabinlar uchun subtitrlar, shuningdek, ko‘zi ojizlar uchun tifloizohlar bilan o‘zbek tilida tayyorlanadi. Loyihani amalga oshirish muddati (8 oy) doirasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishni va 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan boshlab O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish oyligiga to‘g‘ri keladigan dekabr oyida suratga olingan videoroliklarni samarali tarqatish va 2023-yil dekabr oyi davomida mahalliy OAVlar orqali qisqa ijtimoiy roliklar va ijtimoiy filmni namoyish etish orqali keng auditoriyaga taʼsir koʻrsatishni rejalashtirganmiz.
Bu bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar nogironlik va inson huquqlari va ijtimoiy muammolarga eʼtibor qaratish nogironlik modeli, tibbiy yoki xayriya emas. Shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning ular haqida tanqidiy xabardorligini oshirish qonuniy huquqlar va ularni amalda amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish.
Loyiha ijrochilari:
Loyiha rahbari – Dilmurod Yusupov, “SHAROIT PLYUS” NNT Kengash aʼzosi (nogironligi bo‘lmagan shaxs).
Loyiha hisobchisi – Iroda Narziyeva (nogironligi bo‘lmagan shaxs), ish vaqti: haftasiga 20 soat (to‘liq bo‘lmagan ish kuni).
Audio podkastlar muharriri – Ulug‘bek Mamatxonov (1-guruh ko‘rish bo‘yicha nogironlik). Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z huquqlaridan xabardorligini oshirish maqsadida mutaxassislarni taklif qilgan holda audio podkastlar yaratish. Ish vaqti: haftasiga 30 soat.
SMM/kontent menejeri – Madina Po‘latova (1-guruh jismoniy nogironlik). Asosiy vazifalari – loyiha doirasida yaratilgan mahsulotlarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda targ‘ib qilish. Ish vaqti 20 soat (to‘liq bo‘lmagan ish kuni).
Videooperator va muharrir – Azizjon Qosimov (2-guruh ko‘rish bo‘yicha nogironlik). Ish vaqti 20 soat (yarim kunlik).
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yuboring
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click yoki Payme onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Apr 13, 2023 | Loyihalar
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining navbatdagi loyihasi “Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun tikuv sexi va tashkilot a’zolari uchun kovorking xonasini tashkil qilish”. Loyihani amalga oshirish uchun Yunusobod tuman hokimligi va tuman Xalq deputatlari kengashi deputati Shavkat Sayfullayevni amaliy yordamlari bilan «Bobodehqon» MFY hududida eski bino ijaraga olishga erishildi. Binoni ta’mirlash uchun Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlaridan homiylik yordami ajratildi. Ammo ushbu binoni to‘liq taʼmirlash uchun qo‘shimcha mablag’ kerak bo‘lyapti.
Muammoni aniqlash:
Yunusobod tumani Xiyobon ko‘chasi 22-uy “Bobodehqon” MFY hududida tashkilotimiz imtiyozli narxlarda ijaraga olgan bino juda taʼmir talab ahvolda. Bino 100 kv. m. xona oldi 30 kv. m. keladigan ochiq ayvon va yon tomonida 30 kv. m. keladigan tahorat xonasidan iborat. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoit ham, qulaylik ham, isitish tizimi ham, yoritish tizimlari ham mavjud emas.
Maqsad:
Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash maqsadida 10 ish o‘rinli tikuv sexini ishga tushirish va nogironligi bo‘lgan shaxslar har tomonlama salohiyatlarini oshirish, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchilar uchun kelib bir-birlariga hunarlarini o‘rgatishlari va o‘zlarini qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishlari uchun kovorking xonasi tashkil etish. Tikuv sexining faoliyati mavsumiy ishlab chiqarish deya reja qilingan va kovorking xonasi mutlaqo bepul tarzda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.
Loyiha maqsadini asoslash:
Tashkilotimiz 2018-yil nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni va nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarni tikuvchilik borasida bilim ko‘nikmalarini oshirish va ish bilan taʼminlash maqsadida Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan «Ayol qo‘li sanʼat javhari» nomli loyihamiz uchun 29 500 000 so‘m miqdorida grant olishga muvofiq bo‘lganmiz. Loyihamizni amalga oshirish uchun 4 dona oddiy chok, 3 dona overlok, 1 dona rasshifrovka mashinkalarini, bir dona elektr bichuv qaychisi va dazmol xarid qilganmiz.

Eski binoni ichki ko‘irnishi
Ammo tikuv sexi uchun joy masalasi muammo bo‘lganligi sababli, ijaraga olish uchun yetarli mablag‘imiz yo‘qligi uchun biz loyihamizni reja qilganimizdek amalga oshira olmadik. Tikuv mashinkalari uzoq turish natijasida o‘z yaroqli holatini yo‘qotishi mumkin, shularni inobatga olgan holda mashinkalarimizni Yunusobod tumani hokimiyati balansida turgan joyni imtiyozli ravishda ijaraga joy olishga muvaffaq bo‘dik. Ammo ijaraga olgan joyimiz judayam taʼmir talab holatda.

Ichki ko’rinishi
Loyiha faoliyatini talqin qilish:
Vazifalar: |
| № | Bajariladigan ishlar | Muddati | Kerakli qurilish ashyolari | Kerakli qurilish maxsulotlari |
1. | Xonani tamirlab, tikuv sexiga va Coworking xonasiga moslashtirish | Aprel May oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Gips-a karton, Shpaklyovka, Kley, Vodoemulsiya va Krasitel |
2. | Ish boshqaruvchi va xodimlar uchun xona | Iyun oyi | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Akfa eshik romlar, Gips-a karton, Shpaklyovka, Kley, Vodaimulsiya va Krasitel |
3. | Oshxona | Mart, Aprel oylari | Smestitel, truba shpatellar va chelaklar | Kafel, sement, qum, Shpaklyovka, Akfa eshik va rom |
4. | Xojatxona | Mart, Aprel oylari | Smesitel, truba, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Kafel, sement, qum, sheybn, Shpaklyovka, Akfa eshik va rom |
Amalga oshirish zarur bo’lgan ishlar, va harajatlar summasi (hisoblash jarayonida)
№ | Nomi | Birlikda soni | Birlikda summasi | Ko‘plikda soni | Ko‘plikda summasi |
1. | Buzdirish va tozalatish | | | | |
2. | Sxemasini chizdirish | | | | |
3. | Tikuv sexiga moslashtirish | | | | |
4. | Coworking xonasini moslashtirish | | | | |
5. | Oshxona | | | | |
6. | Xojatxona | | | | |
7. | Ish boshqaruvchi va xodimlar uchun xona | | | | |
8. | Hovlini tartibga solish | | | | |
9. | Xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun kerakli ashyolarni joriy etish | | | | |
Loyiha rahbari: Muhabbat Rahimova
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa +998 (99) 817-24-64 telefon raqami orqali murojaat qiling.