Fev 1, 2023 | Loyihalar
Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi tomonidan Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun eʼlon qilingan ijtimoiy buyurtma g‘olibi bo‘ldi.
Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning munosib bandligini taʼminlash eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bu borada davlatimiz tomonidan ko‘pgina chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo ijobiy o‘zgarishlarga qaramay nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandlik masalasi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.
Qonun hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xodimlar soni 20 tadan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda ish o‘rinlarining kamida 3% zaxiralash belgilanganligiga qaramay ushbu mexanizm amalda samarali ishlamayapti. Asosiy sabablardan biri – ish beruvchilar kvota ish o‘rinlariga mos bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni topishda qiynalmoqdalar. Aksariyat hollarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini olib borishlari uchun mos bo‘lmagan ish o‘rinlarini zaxiralanyapti.
Bundan tashqari, ish beruvchilarda nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga nisbatan salbiy stereotiplar shakllangangan va ko‘pgina ish beruvchilar bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan taʼminlaganliklari uchun davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan bexabarligicha qolmoqda. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda, «SHAROIT PLYUS» NJB Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi bilan ijtimoiy byurtma asosida quyidagi loyihani amalga oshirishni boshladi.
Loyihaning nomi: Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarning munosib ish topishlarida davlat tomonidan belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanishini taʼminlashga ko‘maklashish
Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi
Loyihaning umumiy byudjeti: 60 000 000 so‘m
Loyihaning davomiyligi: 2023-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-maygacha (3-oy davomida)
Loyiha hamkorlari: Mirzo Ulug’bek tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, www.ishplus.uz nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus rekruting veb-portali.
Loyihaning maqsadlari:
- Toshkent shahrida ish beruvchilar tomonidan amalda zaxiralangan ish o‘rinlarining aniqlash va ushbu ish o‘rinlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni yo‘naltirish;
- Ish beruvchilarda nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida shakllangan salbiy stereotiplari yo‘qotish shuningdek ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlari uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyozlardan foydalanishda xabardorligini oshirish va ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun ularni ABKMlarga yo‘naltirish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkilotlarda zaxiralanadigan kvota ish o‘rinlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Loyihaning asosiy vazifalari:
- Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini taʼminlash va mehnat huquqlaridagi imtiyozlari bo‘ycha xabardorligini oshirish uchun, Toshkent shahridagi tuman xokimliklarining qarorlari asosida nogironlikka ega shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralagan 100 nafar ish beruvchini qamrab olish va ularning ishtirokida hamda mehnat organlari bilan hamkorlikda ikkinchi Inklyuziv biznes forumini tashkil etish;
- Toshkent shahridagi 100 nafar ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda davlat tomonidan belgilangan majburiyatlar va ushbu shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlar uchun belgilangan huquq va imtiyozlar bo‘yicha xabardorligini oshirish uchun mehnat organlari bilan hamkorlikda seminar-treninglarni tashkil etish;
- Loyihani amalga oshirish jarayonida kvotalangan ish o‘rinlarini samaradorligini oshirish uchun tadqiqot olib borish va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligiga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralashning taʼsirchan mexanizimlarini yaratish bo‘yicha amaliy takliflarni taqdim etish;
- Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora tadbirlarni OAV larda yoritish orqali keng jamoatchilik nazarini nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlashdagi muammolarga va ularning yechimlarini taklif etishga qaratish.
Loyiha rahbari: Aziz Abdullayev (Tel: +998 (93) 660-19-97 E-mail: aziz.abdullayev@ishplus.uz)
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Ish beruvchilar bilan ishlovchi malakali mutaxassis: Muzaffar Pulatov
Ish izlovchilar bilan ishlovchi malakali mutaxassis: Yulduz Nigmanova
Imo ishora tili tarjimoni: Go‘zal Rahmatullayeva
Ish beruvchilarga treninglar o‘tish bo‘yicha mutaxassislar: Muhabbat Rahimova, Dilmurod Yusupov, Ulug’bek Mamatxanov
Yan 7, 2023 | Loyihalar
Ayni paytda O‘zbekiston milliy oliy o‘quv yurtlarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi talabalar uchun Brayl alifbosidagi o‘quv materiallari keskin tanqisligi kuzatilmoqda. Koʻzi ojiz shaxslar uchun sharoitlar yaratishga befarq boʻlmagan va xayriya qilgan yaxshi insonlar, jamoatchilik faoli Aziza Umarova tashabbusi va “Ezgu Amal” xayriya jamg‘armasi ko‘magida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasiga Braille Index Everest-D V5 Brayl yozuvida chop etish uchun ikkita printer bepul topshirildi.
Mazkur loyiha doirasida 2022-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati “San’at gulshani” Madaniyat saroyi binosida “SHAROIT PLYUS” NNT qoshida “PRAXIS PLUS” MChJ ijtimoiy korxonasi tashkil etildi. Mazkur korxonaning ko‘zi ojiz mutaxassislari tomonidan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida zarur bo‘lgan brayl alifbosidagi materiallarini bepul chop etish xizmatlari ko‘rsatila boshlandi.

Brayl shriftida chop etish uchun «Index Everest-D V5» printerlar qabul qilindi
Stipendiya va nogironlik nafaqasi ko‘zi ojiz talabalarning kundalik xarajatlarini zo‘rg‘a qoplashini hisobga olsak, ularning Brayl alifbosidagi nashrlar kabi boshqa xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lari yetmaydi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bir nechta brayl bosmaxonalari mavjud bo‘lsa-da, ularning xizmatlari ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qimmat hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Chet tillar fakulteti magistranti Komil Fayzullaev bugungi kunda Brayl alifbosidagi materiallar, xususan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi talabalar uchun ingliz tilidagi materiallar keskin tanqisligini ta’kidlar ekan: “Menga zarur bo‘lgan materialni chop qilmoqchi bo‘lganimda. Brayl alifbosidagi 180 sahifali materialni chop etish taxminan 1 000 000 so’mga tushishini aytishdi. Shu asnoda men Brayl yozuvidagi bu manbani chop etishga imkoniyat topolmadim”.
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi ma’lum qilishicha, poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlarida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan talabalar soni 367 nafarni tashkil etadi. Shu sababli, ushbu ijtimoiy loyiha ko‘zi ojiz talabalarga Brayl alifbosida o‘quv materiallarini chop etishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Loyihaning nomi: Ko‘zi ojiz yoshlar uchun Brayl bosmaxonasini tashkil etish loyihasi
Loyiha donori: Koʻzi ojiz shaxslar uchun sharoitlar yaratishga befarq boʻlmagan va xayriya qilgan yaxshi insonlar va “Ezgu Amal” xayriya jamg‘armasi tominidan logistika yordami
Loyihaning umumiy budjeti: 115 020 740,80 so‘m
Loyihaning davomiyligi: 2022-yil 26-dekabrdan hozirgi kunga qadar
Loyihaning hamkori: O’zbekiston Ko‘zi Ojizlar jamiyati «San’at gulshani» madaniyat saroyi
Loyihaning maqsadlari:
- Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlarining ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan talabalariga bepul xizmat ko‘rsatadigan Brayl alifbosidagi bosmaxona tashkil etish;
- Ko‘zi ojiz talabalarni Brayl alifbosida bepul materiallar bilan ta’minlash va taqdim etish;
- Bosmaxona faoliyatiga ko‘zi ojiz mutaxassislarni jalb etish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan uchun yangi ish o‘rinlari yaratish.
- Brayl alifbosidagi bosma ma’lumotlar, shu jumladan akademik, badiiy va boshqa adabiyotlar ro‘yxatini kengaytirish.
Loyihadan kutilgan aniq natijalar:
- Ko‘zi ojiz 20 nafar talabalarga oyiga 200 varaq miqdorida brayl yozuvida bepul chop etish xizmatlarini ko‘rsatish;
- Brayl alifbosidagi bosmaxonada ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan kamida 5 nafar yosh mutaxassisni ishga joylashtirish;
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov
Bosmaxona bosh muharriri: Ulug’bek Mamatxanov (ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bor)
Brayl yozuviga o’girish bo’yicha bosh mutaxassis: Islom Otajonov (ko‘rish bo‘yicha II guruh nogironligi bor)
Brayl printeri operatorlari: Bobur Qurbonov (ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bor), Fazliddin G’ulomxonov (ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bor)
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
❗️Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan talabalarni +998 (90) 113-25-52 telefon raqami yoki Telegram orqali @U_Mamatkhanov ga murojaat qilishni iltimos qilamiz.

O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati “San’at gulshani” Madaniyat saroyi
📍Manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 28A, 20-xona.
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: praxisplusllc@gmail.com
Noy 5, 2022 | Loyihalar
Loyihaning nomi: «www.ishplus.uz rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan yoshlarni ishga joylashtirish» («Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash» loyihasining davomi)
Loyiha donori: AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida
Loyihaning umumiy budjeti: $14,998.60
Loyihaning davomiyligi: 9 oy (2022-yil 3-noyabrdan 2023-yil 31-iyulgacha)
Loyihaning milliy hamkori: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Loyiha hamkorlari: Yandex Go, Gazeta.uz
Loyihaning maqsadi: www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali va uning mobil ilovasi orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ochiq mehnat bozorida nogironligi bo‘lgan yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash.
Loyihaning vazifalari:
- Ish izlovchilar/ish beruvchilar/administratorlar va boshqa foydalanuvchilarning avvalgi tajribasi asosida www.ishplus.uz veb-portalini texnik takomillashtirish va uning mobil ilovasini ishlab chiqish. Ushbu chora-tadbirlar veb-portal funksiyalarini yaxshilaydi, jumladan vakansiyalar e’lonlariga geolokatsiyani joylashtirish, rezyumelar va kasbiy o‘quv kurslari bo‘limlarida ish beruvchilar tomonidan kengaytirilgan qidiruv tizimini joriy etish, elektron pochta orqali va mobil telefonlarga SMS orqali avtomatik ogohlantirishlarni joriy etish, asosiy yo‘nalishda SEO optimallashtirish va Google, Yandex qidiruv tizimlarida (portalni “nogironlik”, “ish” kabi kalit so‘zlari va boshqa usullar bilan targ‘ib qilish, loyihaning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida vebsaytda reklama bannerlarini joriy etish.
- Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini izlash Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ish beruvchilar bilan ishlash bo‘yicha ikkita koordinator tomonidan amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mavjud boʻsh ish oʻrinlarini faol izlash va ularni oʻzbek va rus tillarida www.ishplus.uz veb-portaliga joylashtirishga qaratilgan ushbu tadbirlar ochiq mehnat bozorida ishga joylashish imkoniyatlari haqida tezkor maʼlumotlarni olishga xizmat qiladi. Xususiy va davlat sektoridagi ish beruvchilar bilan muntazam muloqotda bo‘lish ularning munosabatini o‘zgartirishga, ish izlovchi yoshlarning nogironligi bo‘yicha ish o‘rinlarini moslashtirishga xizmat qiladi.
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ochiq mehnat bozorida ishga joylashtirishga ko‘maklashish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar bilan ishlash bo‘yicha ikkita koordinator tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar nogironligi bo‘lgan yoshlarning rezyumelarini sifatli yozish va tayyorlash, portalda, shuningdek, boshqa rekruting resurslarida ularga mos bo‘sh ish o‘rinlarini topish, xususiy va davlat sektorlaridagi potensial ish beruvchilar bilan aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
- Inklyuziv ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish, nogironligi bo‘lgan yoshlarni mehnat bilan ta’minlash ish beruvchilar va ish izlovchilar bilan ishlash bo‘yicha barcha koordinatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning natijasida ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan xodimlar mehnat huquqlaridan xabardor bo’lishi, o‘zaro mehnat munosabatlari mustahkamlanishi va uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilishi kutilmoqda. Buning natijasida nogironligi bo‘lgan yoshlarni qisqa muddatda ish bilan ta’minlash muammosini hal qilamiz, degan umiddamiz.
Loyihadan kutilgan aniq natijalar:
- www.ishplus.uz mobil ilovasi orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan yosh ish izlovchilarni qamrab olishni kengaytirish.
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi kamida 120 nafar turli shakldagi nogironligi bo‘lgan yoshlarga www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali va uning mobil ilovasi orqali turli rekruting xizmatlarini ko‘rsatish orqali ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash;
- turli shakldagi nogironligi bo‘lgan yoshlarni xususiy va davlat sektorida uzoq muddatli ishga joylashtirish orqali ularning ijtimoiy himoyasini yaxshilash.
- Yuqori sifatli rezyumeni tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, mos bo‘sh ish o‘rinlarini samarali qidirish, turli xil nogironlik shakllariga ega bo‘lgan ish izlovchilar va potentsial ish beruvchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatish.
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xususiy va davlat sektoridagi ish beruvchilar o‘rtasida nogironlik va ish izlovchilar/nogironligi bo‘lgan ishchilar bilan muloqot qilish madaniyatini yaxshilash.
- “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq nogironlarning mehnat huquqlari va bu huquqlarni ochiq mehnat bozorida amalga oshirish majburiyati to‘g‘risida ish izlovchilarning ham, ish beruvchilarning ham xabardorligini oshirish;
- O‘zbekiston tomonidan 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasining 27-moddasini amalga tadbiq etish.
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Ish beruvchilar bilan ishlovchi koordinatorlar: Aziz Abdullayev, Muzaffar Pulatov
Ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinatorlar: Yulduz Nigmanova, Zilola Tashpulatova
Imo ishora tili tarjimoni: Go‘zal Rahmatullayeva
Ma’lumot xizmati: +998 (90) 818-07-08 (ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi)
Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo-Ulug’bek tumani, Yahyo G’ulomov ko‘chasi, 38-uy (Mirzo-Ulug’bek tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosi ichida). Mo‘ljal: «Bibigon» kafesi, Buyuk Britaniya elchixonasi
Telegram kanal: @ishplus_uz
Veb-portal manzili: https://ishplus.uz/
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: info@ishplus.uz
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form
Avg 1, 2022 | Loyihalar
Surat: O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari
Loyihaning nomi: O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi (ingliz tilida Youth Employment Skills «YES» dasturi)
Loyiha donori: AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari amalga oshirayotgan dastur
Loyihaning umumiy budjeti: $184 066,57
Loyihaning davomiyligi: 4 yil (2022-yil 1-avgustdan 2026-yil 30-sentyabrgacha)
Loyihaning milliy hamkori: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi vazirligi
Loyiha hamkorlari: World Learning, StartUp Factory va Ergo Analytics
Loyihaning maqsadi: 8-11-sinf o‘quvchilarini maktab va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda, shuningdek, amaliy, tajribaga asoslangan o‘quv dasturlarini va o‘quv amaliyotlarining sifati va dolzarbligini oshirish orqali yoshlarning O‘zbekistonning mehnat bozorida mahoratli xodim yoki tadbirkor sifatida ishtirok etishi uchun kerakli ko‘nikma va vositalar bilan taʼminlashdan iborat.
Bizning vazifalarimiz:
- YES dasturining butun faoliyati, xodimlarini tanlash jarayonlari va maslahat kengashlari inklyuziv bo‘lishi va nogironligi bo‘lgan yoshlarni manfaatlarni ifodalashni taʼminlashiga ko‘maklashish;
- 8-11-sinflar uchun tadbirkorlik va iqtisod bo‘yicha maktabda va maktabdan keyin qo‘llaniladigan o‘quv dasturlarini yangilash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tekshirish komissiyalarida ishtirok etish;
- Gender tengligi va ijtimoiy inklyuziya (GESI) baholash tadqiqotini amalga oshirishda, maktabdan keyingi mashg’ulotlar va nogironligi bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun veb-portalni qo‘llab-quvvatlash;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni banligini oshirish va ularga kerakli sharoitlar yaratish bilan bog’liq maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash uchun treninglar o‘tkazish;
- Advokatsiya kampaniyalarini o‘tkazishda yordam berish, qonunlarda o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha hukumat bilan muhokamalar va nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ijobiy rol modellarni taqdim etish;
- O‘quvchilarni rag’batlantirish uchun jalb qilishning bir nechta vositalari, ular yangi o‘quv dasturlarini tushunishini ta’minlash uchun ko’plab vakillik vositalari va barcha uchun mahorat rivojlanishini ta’minlash uchun bir nechta harakat va ifoda vositalari bo’yicha muhim hissa va yetakchilikni ta’minlash;
- O‘quv dasturlarini ishlab chiqishda gender va nogironlik inklyuziyasini yanada ta’minlash uchun nogironligi bo‘lgan yosh ayollar va yoshlarni inklyuziv ishga olishni rag’batlantiruvchi xabarlar bilan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun xususiy sektor munosabatni o‘zgartirish;
- Dastur ishlayotgan aholi vakillari bo‘lgan va mentor treninglarida muhim rol o’ynaydigan mentorlarni aniqlash va ularni tayyorlashda yordam berish;
- Siyosat darajasidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamoatchilik kengashi faoliyatini YES dasturni qo’llab-quvvatlashga jalb qilish uchun hamkorlar bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib borish va ularning qiziqishini va xissasini kuchaytirish;
- O‘quv dasturida, amaliy mashg’ulotlarda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan amaliy keyslarni yaratishda yordam ko‘rsatish va xabardorlik kampaniyasi orqali ijobiy xabarlarni kuchaytirish.
Loyiha maslahatchisi: Dilmurod Yusupov
Loyihaning nogironlik masalalari bo’yicha mutaxassisi: Ulug’bek Mamatxonov
Loyiha koordinatori: Shahodat Yo’ldosheva
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: sharoitplus@gmail.com
May 8, 2022 | Loyihalar
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda internet OAV va blogerlar faolligi oshgani kuzatilmoqda. Shunga qaramay, nogironligi bo‘lgan shaxslarning kundalik hayotida duch keladigan muammolar haqida aholini xabardor qilish uchun axborot mahsulotlarining keskin уetishmasligi mavjud. Axborotning mavjud emasligi muammolari tufayli ko‘pchilik nogironligi bo‘lgan shaxslarning bilim darajasi, huquqiy savodxonligi va tanqidiy ongi past. Mazkur loyiha doirasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, axborotni qulay til va formatda taqdim etish boʻyicha media-loyihalarni (audio va video formatda) amalga oshirish rejalashtirilgan. Natijada jamiyat va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy inklyuzivligi borasidagi xabardorligini oshirish kutilmoqda.
Loyiha nomi: “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” (loyiha davomi)
Loyiha donori: Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders), Shvetsiya
Loyihaning umumiy byudjeti: $10 776
Loyiha muddati: 2022-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrgacha (loyiha muddati 8 oy).
Loyiha hamkorlari: (ma’lumotlar yangilanadi)
Loyihaning maqsadi: Loyihaning bevosita maqsadli auditoriyasi va benefitsiarlari Toshkent shahrida yashovchi 18 yoshdan oshgan turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslardir. Maqsad – turli media loyihalar orqali ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha maqsadlari:
- Loyihaning amal qilish muddati davomida barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘lib xizmat qiladigan 16 epizoddan iborat (davomiyligi taxminan 1 soat) audio podkastlar seriyasini yozib olish.
- 10 ta qisqa ijtimoiy rolik yaratish (davomiyligi taxminan 1 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor sifatida jalb qilish.
- 1 ta “Oуna” qisqa filmini yaratish (davomiyligi taxminan 10 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor sifatida jalb qilish.
- O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning dolzarb muammolarini yoritish maqsadida 8 ta video intervyu va 8 ta ijtimoiy rolik yaratish.
Barcha media-mahsulotlar kar va zaif eshituvchi tomoshabinlar uchun subtitrlar, shuningdek, ko‘zi ojizlar uchun tifloizohlar bilan o‘zbek tilida tayyorlanadi. Loyihani amalga oshirish muddati (8 oy) doirasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishni va 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan boshlab O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish oyligiga to‘g‘ri keladigan dekabr oyida suratga olingan videoroliklarni samarali tarqatishni rejalashtirganmiz. 2022-yil dekabr oyi davomida mahalliy OAVlar orqali qisqa ijtimoiy roliklar va “Oyna” filmini namoyish etish orqali keng auditoriyaga taʼsir koʻrsatishni rejalashtirganmiz.
Loyiha ijrochilari:
Loyihaga ma’sul – Dilmurod Yusupov, “SHAROIT PLUS” NNT Kengash a’zosi
Loyiha hisobchisi “SHAROIT PLUS” NNT raisi Muhabbat Rahimova (1-guruh jismoniy nogironligi bo‘lgan shaxs). Ish vaqti: haftasiga 20 soat (to’liq bo’lmagan ish kuni).
SMM/kontent menejeri – Madina Sholangarova (nogironligi yo‘q). Loyiha doirasida yaratilgan mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda targ‘ib qilish asosiy vazifalardan iborat. Ish vaqti: haftasiga 20 soat (to’liq bo’lmagan ish kuni).
Audio podkast koordinatori – Lochinbek Xudoyorov (nogironligi yo‘q). Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z huquqlaridan xabardorligini oshirish maqsadida mutaxassislarni taklif qilgan holda audio podkastlar yaratish. Ish vaqti: haftasiga 10 soat
Loyiha rahbari – Ibratjon Ibragimov (nogironligi yo‘q). Asosiy vazifalar videotasvirga olish jarayonini samarali tashkil etish orqali videomahsulotlarni yaratishdir. Ish vaqti: haftasiga 40 soat (to’liq ish kuni).
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yuboring
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click yoki Payme onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Fev 2, 2022 | Loyihalar
Ushbu loyiha 2021-yilning fevral-iyul oylarida “Matonatli onam” nogironligi boʻlgan bolalarning onalari klubini tashkil etish orqali muvaffaqiyatli amalga oshirgan “Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarni jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash” loyihamizning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Loyiha nomi: «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish»
Loyiha donori: Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights)
Loyihani amalga oshirish muddati (qaysi sanadan qaysi kungacha): 2022-yil 1-fevraldan 2022-yil 31-iyulgacha (loyiha muddati 6 oy).
Loyiha byudjeti: 5010 AQSh dollari
Muammo ta’rifi
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarning onalari aholining ijtimoiy himoyalanmagan va himoyasiz toifasi bo‘lib, ularni moddiy, ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit va resurslarning yetishmasligi keskin sezilmoqda. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bola to‘g’ilgandan so‘ng, eng og’ir yuk ko‘pincha onalarning yelkasiga tushadi. Onalar nogironligi bo‘lgan bolalar to‘g‘ilishiga sababchi bo‘lganlikda ayblansa, erkaklar nogironligi bor bolani o‘z oilalarida qabul qilishga psixologik jihatdan tayyor emaslar. Shu munosabat bilan, kelishmovchiliklar tufayli bunday oilalar tez-tez buziladi. Oilada nogironligi bo‘lgan bolaning to‘g’ilishi ota-onalar uchun katta ruhiy jarohatdir. Ehtimol, erkaklar va ayollarda jiddiy ruhiy tushkunlik mavjud bo‘lib, u hamma narsaga qaramay, onaning farzandlariga bo‘lgan sevgisi tufayli urishi mumkin. Bunday oilaviy fojialar ko‘pincha ota-onalarning nogiron va alohida ehtiyojli bolalar haqida noto‘g’ri ma’lumotlari tufayli yuzaga keladi. Natijada, nogironligi bo‘lgan bola maxsus muassasaga yuboriladi yoki ajrashgan yolg’iz onalar uni o‘zlari tarbiyalashga harakat qilishadi. Mehnatga layoqatsizligi va bolalariga doimiy g’amxo’rlik qilish zarurati tufayli onalar ko‘pincha katta moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishadi, ularning umumiy jismoniy va ruhiy salomatligi yomonlashadi. Bundan tashqari, yolg’iz onalarga tegishli to‘siqlar, noto‘g’ri qarashlar, salbiy stereotiplar va stigma ijtimoiy chetlanishga olib keladi.
Loyiha mavzusi
Loyihamiz to‘rtta mavzuga, jumladan, bola huquqlari, ayollar huquqlari, fuqarolik faolligida zamonaviy muloqot usullaridan foydalanish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilishga qaratilgan. Loyihamiz, birinchi navbatda, nogironligi bo‘lgan bolalar onalarining imkoniyatlarini kengaytirish va ularni ruhiy tushkunlikdan xalos etishga qaratilgan. Tashkilotimiz ularning muammolarini hal etishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini safarbar etishga va ularning muammolarini mahalliy hamjamiyat (mahallalar) asosida hal qilishga yordam berishga intiladi.
Loyiha maqsadi
Loyihaning asosiy maqsadi Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar onalarining huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish va salohiyatini oshirishdan iborat.
Asosiy ishtirokchilaro Toshkent shahrida yashovchi nogironligi bo‘lgan bolalarning yosh onalaridir.
Loyiha maqsadini asoslash
Loyihamiz nogiron bolalarning onalari o‘rtasida fuqarolik faolligini rivojlantirish, ularning muammolari haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish, shuningdek, mahalliy hamjamiyat (mahalla qo‘mitalari) asosida qarorlar qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etishga ko‘maklashadi. Bizning loyihamiz COVID-19 pandemiyasi sharoitida jamiyat va davlat e’tiborini O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusining asosiy va ikkilamchi oqibatlariga eng zaif bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar onalarining muammolariga qaratadi.
Loyiha vazifalari
- Nogironligi bor va alohida ehtiyojli bolalarning ota-onalari xonadonlariga tashrif buyurish va ularning oila a’zolari bilan muloqot qilish
- Nogironligi bor bolalarning onalarini tashvishga soladigan turli masalalar bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ota-onalar bilan interaktiv va psixologik suhbatlar o‘tkazish
- Nogironligi bor bola va uning ota-onasi o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik yaqin ekanligini o‘rganish
- Nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan yolg‘iz onalarga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish
- “Matonatli onam” nogironligi bo‘lgan bolalarning onalari klubi faoliyatini kengaytirish va mustahkamlash.
Loyiha rahbari: Muhabbat Rahimova (Tel: +998 (99) 817-24-64)
Loyiha koordinatori: Sofiya Akramova (Tel: +998 (99) 833-83-14)