Avg 25, 2021 | Loyihalar
«SHAROIT PLYUS» NJB “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi 2021 yil 26 martdan – 30 aprelgacha o‘tkazilgan davlat granti g’olibi bo‘ldi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lib ish topishda turli hil to‘siqlar va qiyinchiliklarga duch kelishadi va ochiq mehnat bozorida teng shartlarda boshqalar bilan raqobatlasha olmaydi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda 630 mingdan ziyod nogironlgi bo‘lgan shaxs bo‘lib ulardan 162,2 ming nafari mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatli. Ammo ulardan faqatgina 21,1 ming nafari (13%) rasmiy ish bilan band ekanligi maʼlum. Toshkent shahrida 2019 yil holatiga ko‘ra 54454 nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib ularni munosib ish bilan taʼminlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida ko‘riladi.
2021-yil 16 yanvar kuchga qirgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son qonuninig 7-bobida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilishi va bandligi kafolatlangan bo‘lsada, amalda ularning mehnat qilishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni tashkil etish talabga muvofiq emas. Jumladan xodimlarining soni yigirma nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda xodimlar umumiy sonining kamida uch foizi miqdorida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam soni saqlanishi belgilangan bo‘lsada hususiy va davlat sektorida bunday choralarni ko‘rishda kamchiliklar kuzatilmoqda.
Bu holat nogironligi bo‘lgan shaxslar hususan gapirish va eshitish qobiliyati cheklanganlar noqonuniy tarzda avtoturargohlar va shu kabi tuzilmalarda shuningdek ko‘rish bo‘yicha va tayanch harakati cheklangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar chorrahalar va bozorlarda tilanchilik kabi yomon illat hisoblangan faoliyat bilan shug‘illanishga mahkum bo‘layotganlari bilan ifodalanadi. Shu sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huqularini taʼminlashda jamoatchilik nazorati zarurligi his etilyapti. Shu sababli tashkilotimiz quyidagi loyihani amalga oshirishga qaror qildi.
Loyihaning nomi: “Nogirongligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan va zahiraga olingan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish”
Loyiha donori: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
Loyihaning umumiy byudjeti: 40 000 000 so‘m
Loyihaning davomiyligi: 2021 yil 1-sentyabrdan 2022 yil 1-sentyabrga qadar (12 oy)
Loyiha hamkorlari: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi
Loyihaning maqsadlari:
- Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilanishi shart bo‘lgan korxona va tashkilotlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
- Ish beruvchilarni qonunchilikda ko‘rsatilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlari va ular uchun ajratilgan kvotalar haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ularining qonunchilik bilan kafolatlangan mehnat huqulari haqida habardorligini oshirish va ularning bandligini taʼminlash uchun turli maslahatlar berish va munosib ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashish.
Loyihaning asosiy vazifalari:
- Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar ayniqsa yoshlar uchun ajratilgan ish joylarining eng kam miqdori belgilanishi talab etilgan korxona va tashkilotlarda ishga joylashtirish.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, ular uchun ajratilgan uch foizli kvota shuningdek, mehnat bozorida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va ular uchun teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida ish beruvchilar uchun o‘quv-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini, ular uchun O‘zR qonunchiligida belgilangan mehnat imtiyozlari, munosib ish izlash jarayenida rezyumeni to‘g‘ri tayyorlash va o‘zlarini mehnat bozorida targ‘ib qilish uchun o‘quv-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish.
- Jamoatchilik nazorati va olib borilgan tadqiqotlar asosida ilmiy-amaliy maqolalar chop etish va mahalliy ommaviy ahborot vositalari orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlari borasidagi tahlil qilingan muammolar va ularni yechish uchun taklif qilinayotgan asoslangan takliflar haqida keng jamoatchilikni habardorligi oshirish.
- Loyiha yakunida nogironlingi bo‘lgan shaxslar huquqlari bo‘yicha amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra Bandlik va mehnat munosbatalari vazirilgi va boshqa mahalliy hamkorlar bilan konferensiya uyushtirish va manfaatdor idoralarga sohani yaxshilash bo‘yicha zarur takliflar kiritish.
Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida sohaga oid belgilangan qonun va qonun osti hujjatlarning yagona bazasini shakillantirish.
- O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlar asosida Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi 1000 tashkilotni tanlab olish va ular bilan rasmiy murojaat yuborish orqali aloqa o‘rnatish va ushbu bilan ular ustidan soha bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
- Tanlab olingan tashkilotlar bergan rasmiy javob xatlari asosida monitoring izlanishini tashkil etish.
- Nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar o‘rtasida ularning sohaga oid huquq va erkinliklari to‘g‘risida ommaviy targ‘ibot ishlarini uyushtirish.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlagan ish beruvchilar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida davlat va hususiy sektor vakillari o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini tashkil etish.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish borasidagi huquqlari va ularni bandliklarini taʼminlagan yuridik shaxslar ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar jamlangan 2ta qo‘llanmani bosma va audio formatda chop etish va tarqatish.
- Bajarligan ishlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilik uchun axborot uzatilishni tashkil etish.
Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:
Tanlab olingan 1000 ta tashkilot ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish orqali ularning rahbarlari o‘rtasida Qonunda belgilangan majburiyatlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. Nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarning mehnat bilan band bo‘lish borasidagi huquqlariga oid xabardorliklarini oshirish va manfaatdor idoralarga bajarilgan jamoatchilik nazorati asosida tegishli takliflarni ishlab chiqib kiritishga erishiladi.
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qilishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.
Iyun 14, 2021 | Loyihalar
So’nggi yillarda O’zbekistonda Internet-ommaviy axborot vositalari va bloggerlar faolligi o’smoqda. Shunga qaramay, aholini nogironligi bo’lgan odamlar kundalik hayotida duch keladigan muammolar to’g’risida xabardor qilish uchun axborot mahsulotlarining keskin etishmasligi mavjud. Axborotni olishning imkoni yo’qligi sababli, nogironligi bo’lgan shaxslarning aksariyati past darajadagi bilimga, huquqiy savodxonlikka va tanqidiy ongga ega. Ushbu loyiha doirasida targ’ibot va ma’lumotni oson tilda va qulay formatda taqdim etish bo’yicha media-loyihalarni (audio va video formatida) amalga oshirish rejalashtirilgan. Natijada, jamiyat va nogironligi bo’lgan kishilarning ijtimoiy inklyuziyasi to’g’risida xabardorligini oshirish kutilmoqda.
Loyihaning nomi: “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahrida nogironligi bo’lgan shaxslarni imkoniyatlarini kengaytirish”
Loyiha donori: Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders), Shvetsiya
Loyihaning umumiy byudjeti: 8133 AQSh dollari
Loyihaning davomiyligi: 2021-yil 1-iyundan 2021 yil 31-dekabrgacha (loyiha davomiyligi 6 oy).
Loyiha hamkorlari: (ma’lumot to‘ldirib boriladi)
Loyihaning maqsadi:
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan yuqori bo’lgan nogironligi bo’lgan shaxslarni turli xil media-loyihalar (audio va video) orqali huquqlarini himoylash va imkoniyatlarni kengaytirishdir.
Loyihaning vazifalari:
- Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari haqida keng jamoatchilikni xabardorligini oshirish maqsadida 24ta audio podkastlar (Sharoit+ podkast) tayyorlash va ularni mahalliy ommaviy axborot vositalari (OAVlar) va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish.
- Nogironligi bo’lgan shaxslar bilan video-intervyular tashkil etish, ularning ishtirokida turli xil ijtimoiy video roliklar tayyorlash va video materiallarni mahalliy Internet ommaviy-axborot vositalarida keng yoritib borish.
- Jismoniy va sensor nuqsonlari bo’lgan shaxslarning Toshkent shahrida erkin harakatlanish huquqlarini ta’minlash uchun ular bilan jamoat joylarida sharoitlar monitoringini olib borish va davomiyligi 10-20 daqiqa bo’lgan 12 ta yuqori sifatli video-intervyular hamda 12 ta yuqori sifatli video lavhalar yaratish.
- Har kuni yuz beradigan ijtimoiy muammolar va turli xil huquqbuzarliklarga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va aholi orasida mavjud bo’lgan stereotiplar tufayli ushbu holatlarning oldini olish.
- Nogironligi bo’lgan shaxslar o’zlarining tanqidiy xabardorligi va ongini oshirish va ularning huquqiy dunyoqarashi va savodxonligini oshirish.
Havaskor kamerada shahar dorixonasining na’munaviy sharoitlar monitoringi
Loyiha ijrochilari:
Audio podkast loyihasi rahbari va koordinatori – Ulug’bek Mamatxanov (I guruh ko’rish bo’yicha nogironligi bor), «SHAROIT PLYUS» NNT Kengashi a’zosi, 2014 yilda O’zbekiston Davlat Konservatoriyasini tugatgan. U 2008 yildan beri O’zbekiston Ko’zi ojizlar jamiyatining faol a’zosi. Loyiha menejeri va koordinatorining haftadagi ish soatlari soni: 30 soat (loyihada to’liq ish vaqti).
Video-loyiha koordinatori – Shodiyaxon Qosimova (I guruh jismoniy nogironligi bor), «SHAROIT PLYUS» NNT Kengashi a’zosi, nogironlarning mustaqil hayoti bo’yicha treninglarda, «sherik-maslahati»usuli, Nogironlik tenglik trening (DET) bo’yicha malakali trener. Shuningdek, u Yaponiyaning «Iruka» mustaqil hayot markazi tomonidan tashkil etilgan mustaqil hayot mahorati va tajribasini o’rganish bo’yicha Yaponiyaning Okinava shahrida tajriba almashgan. Loyiha koordinatorining haftasiga video materiallar bo’yicha ish vaqti: 30 soat (loyihada to’liq ish vaqti)
Media loyihalar uchun materiallar tayyorlash uchun grafik dizayner (bannerlar, vizual dizayn) Dilshod Abdullayev (1-guruh jismoniy nogironligi bor), «SHAROIT PLUS» NNT a’zosi, Namangan muhandislik-texnologiya institutining professional kursini tugatgan, SMM va grafik dizayn bo’yicha mutaxassis. Ish vaqti: haftasiga 4 soat.
Loyiha hisobchisi Muxabbat Rahimova (1-guruh jismoniy nogironligi bor), «SHAROIT PLUS» NNT raisi. Ish vaqti: haftasiga 4 soat.
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.
Fev 5, 2021 | Loyihalar
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari bo‘lib ularni moddiy, ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar va resurslarning keskin taqchilligi sezilmoqda. Shu sababli, «SHAROIT PLYUS» NJB Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarni jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash loyihasini amalga oshiryapti.
Rivojlanishdagi nogironlik yoki o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan bola tug’ilgandan so’ng, eng og’ir yuk ko’pincha onalarning yelkasiga tushadi. Onalar nogiron bolalarni tug’ilishiga sabab bo’lganlikda ayblanmoqda, erkaklar esa o’z oilalariga nogiron bolani qabul qilishga ruhiy jihatdan tayyor emaslar. Shu munosabat bilan, kelishmovchiliklar tufayli, bunday oilalar ko’pincha buziladi. Nogiron bolaning oilasida tug’ilish ota-onalar uchun katta hissiy travmatizmdir. Ehtimol, erkaklar va ayollarda jiddiy depressiya bor, ular nima bo’lishidan qat’iy nazar, farzandlariga bo’lgan onaning sevgisi tufayli zarba berishga qodir. Bunday oilaviy fojialar ko’pincha ota-onalarning nogironligi bo’lgan bolalar haqida noto’g’ri ma’lumot berishidan kelib chiqadi.
Natijada, nogiron bola yoki maxsus muassasaga beriladi, yoki ajrashgan yagona onalar ularni o’z sa’y-harakatlari bilan o’stirishga harakat qilishadi. Ishlash imkoniyati yo’qligi va farzandlariga doimiy g’amxo’rlik qilish zarurligi tufayli nogiron bolalar katta moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishadi, ularning umumiy jismoniy va aqliy salomatligi yomonlashadi. Bundan tashqari, tegishli to’siqlar, noto’g’ri fikrlar, salbiy stereotiplar va yagona onaning stigmalari ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi.
2019-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev o’z qarorida nogiron bolalar va ularning oila a’zolarini qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi hamda «o’z hayotini nogiron bolani parvarish qilishga bag’ishlagan onalar» uchun alohida ijtimoiy nafaqa joriy etilishini ma’lum qildi. Afsuski, ijtimoiy nafaqalar bu turi juda cheklangan edi va onalar bir necha mezonlarga javob berishi kerak, uni olish uchun murojaat qilish: ularning farzandlari tug’ilgandan nogironlik bo’lishi kerak, ayollar pensiya yoshiga (55 yil) erishish kerak va pensiya hisoblash uchun ish tajribaga ega bo’lmasligi kerak. Biroq, davlat hozirgi kunda tug’ma yoki nogiron bolalarni tarbiyalash bilan shug’ullanadigan yosh onalarga yordam bermaydi va qo’llab-quvvatlamaydi.
Bolalikdan nogironlik nafaqasi oyiga 436 150 so’mni (taxminan 40 AQSh dollari) tashkil etadi va agar O’zbekistonda o’rtacha oylik ish haqining joriy miqdori (2582500 so’m yoki oyiga qariyb 250 AQSh dollari ) bilan solishtirilsa, bu nogironligi bo’lgan bolani defektologlarning qo’shimcha xizmatlari, reabilitatsiya texnik vositalari va zarur dori-darmonlarga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda to’g’ri parvarish qilish uchun etarli emas. 2019 yil oxiriga kelib O’zbekistonda 16 yoshgacha bo’lgan 111,3 ming nogiron bola ijtimoiy nafaqalar olmoqda.
Afsuski, O’zbekistonda nogironligi bo’lgan bolalarning onalari soni to’g’risida rasmiy statistik ma’lumotlar yo’q. Shu munosabat bilan, ushbu muammoni hal etish uchun jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron bolalar onalarining huquqlarini himoya qilish zarur. Yosh onalarni farzandlarining rivojlanishining dastlabki bosqichida qo’llab-quvvatlash kerak, shunda ular farzandlariga munosib ta’lim va kasbiy ko’nikmalar berishi mumkin, bu esa keyinchalik bolalarning to’liq va mustaqil hayot kechirishiga imkon beradi.
Loyihaning nomi: “Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarini jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash”
Loyiha donori: Inson huquqlari bo’yicha Xelsinki jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights)
Loyihaning umumiy byudjeti: 5026 AQSh dollari
Loyihaning davomiyligi: 2021 yil 1-fevraldan 2021 yil 31-iyulgacha (loyiha davomiyligi 6 oy).
Loyiha hamkorlari: (ma’lumot to‘ldirib boriladi)
Loyihaning maqsadi: Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarning kundalik hayotlarida duch keladigan muammolarni jamoaviy video (ingliz tilida «participatory video») usuli orqali yoritish va jamiyatimizda keng targ’ibot qilish.
Jamoaviy video usuli nogironligi bo‘lgan bolalarning onalarini turli muammolarini o‘rganish, ularning shaxsiy hikoyalarini gapirib berishlari orqali jamoatchiligimizni kundalik muammolari haqida xabardorligini oshirish uchun samarali vosita bo’lib, natijada ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytiradi. Tashkilotimiz Toshkentda nogironligi bo’lgan qizlar va ayollar bilan jamoaviy videolardan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish uchun tajriba va ko’nikmalarga ega, shuningdek, zarur video uskunalari mavjud.
Loyihaning vazifalari:
- Nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlarni tashkillashtirish, ota-onalar bilan interaktiv va psixologik suhbatlar o’tkazish;
- Ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlarni yoritish va ular bilan ijtimoiy video roliklarni tayyorlash.
Loyiha rahbari: Muxabbat Raximova (Tel.: +998 99 8172464)
Loyiha koordinatori: Shodiyaxon Qosimova (Tel.: +998 99 3069033)
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.
Dek 21, 2020 | Loyihalar
NJB Sharoit+ O‘zbekistondagi BMTning qo’shma dasturi doirasida nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha kichik loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘olib bo‘ldi va ushbu loyihani amalga oshirishni boshladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijtimoiy himoya bo‘yicha Qo‘shma dasturi (Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF va BMTTD) bolalar va kattalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha xalqaro standardlarga mos keladigan keng qamrovli milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish orqali ijtimoiy tizimni mustahkamlashga qaratilgan.
BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi BMTning ijtimoiy himoya qo‘shma dasturi doirasida nogironlik masalalari bo‘yicha tashkilotlarning kichik loyihaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi uchun e’lon qilgan tanlovida NJB Sharoit+ g‘olib bo‘ldi. BMT kichick grantlar dasturning maqsadi nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning jamoat hayotining turli jabhalariga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironligi bor insonlar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga innovasion yondashuvlarni amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra 162,2 ming nafar davlat ro‘yhatiga olingan nogironligi bor shaxslar mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatga ega . Ammo, Davlat soliq qo‘mitasining jismoniy shaxslar daromad soliqlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra nogironligi bo‘lgan 162,2 ming fuqaroning STIR (INN) bilan solishtirilganda, ulardan atigi 21,1 ming nafarining (13%) ish bilan band ekanligi aytib o‘tildi.
2019 yilda BMTning O‘zbekistondagi vaziyatli tahlili shuni ko‘rsatdiki, mehnatga layoqatli yoshdagi (Mehnatga layoqatli yosh erkaklar uchun 16-59 yosh va ayollar uchun 16-54 yosh deb belgilangan) nogironligi bor shaxslar soni 346084 qishini tashkil qilib ularnining atigi 7,1% rasmiy ravishda ish bilan ta’minlangan. Nogironligi bor shaxslarning ish topish ehtimoli nogironligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda qariyb 4 baravar kamroq. Shu bilan birga, qishloq joylarda nogironlarning atigi 5,8% ish bilan ta’minlangan bo‘lib, nogironligi bor ayollarning ahvoli erkaklarnikiga qaraganda ancha yomonroq: ayollarning atigi 4,4% va ekrkaklarning 8,9% ish bilan ta’minlangan.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning atigi 2% ish bilan ta’minlangan . Ya’ni, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning eng dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri bu ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ochiq mehnat bozorida ishga joylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu loyihani ishlab chiqish zarurati mehnatgan layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida turli hil to‘siqlarga uchrayotganligi tufayli paydo bo‘ldi. Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash borasida qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar amalda samarasiz bajarilyapti. Masalan, «xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi» . Ammo, amalda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% kvota ishlamayapti va ko‘p korxonalara bundan bexabar.
Bundan tashqari, aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliiy chora-tadbirlari amalda samarasiz amalga oshirilib, Soliq kodeksida aks ettirilgan nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida keng jamotchilik bexabarligicha qolmqoqda. Yana bir muhim sabablardan biri, nogironlar jamoat birlashmalari qoshidagi maxsus o‘quv-ishlab chiqarish qorxonalari mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarni barchasini munosib ish joylari bilan taminlayolmayapti. Bu loyihani amalga oshirgandan keyin bir tomondan nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlarini topishga qo‘maklashib, ikkinchi tomondan jamoatchilik e’tiborini bu muammoga qaratib uni echish ko‘zda tutilgan.
Loyihaning nomi: «Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash»
Loyihaning umumiy byudjeti: $5,000
Loyihaning davomiyligi: 12 oy (2020-yil dekabrdan 2021-yil dekabrgacha)
Loyihaning maqsadi: Toshkent shahridagi mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilash
Loyihaning vazifalari:
- Maxsus rekruting veb-portali yaratish orqali nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar va ular uchun ochilgan maxsus vakansiyalar ma’lumotlar bazasini shakillantirish hamda nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumotlarni tayyorlash
- Ish izlovchilarga sherik maslahatlarini ko‘rsatish va ular uchun ish beruvchilardan munosib vakansiyalar olish
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida ishga joylashganlaridan so‘ng ularning ish joyidagi moslashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy hizmatlar turini yo‘lga qo‘yish
Loyihadan kutilgan aniq natijalar: Loyiha jarayonida 12 oy davomida 500 nogironligi bo‘lgan shaxsga mo‘ljallagan vakansiya topib berish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
Loyiha asoschisi: Dilmurod Yusupov
Loyiha menejeri: Ulug’bek Mamatxanov
Ma’lumot xizmati: +998 (90) 818-07-08 (ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi) Telegram: @ishplus_info
Portal: https://ishplus.uz/
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: info@ishplus.uz
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.
Dek 12, 2020 | Loyihalar
NJB Sharoit+ Toshkent shahridagi jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning kundalik hayotlari davomida duch keladigan to‘siqlarni O’zbekiston jamiyati e’tiboriga yetkazish orqali ularning faolligini oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda real hayotga asoslangan axborotlarni yoritib borish loyihasi.
Loyihaning nomi: “Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish”
Loyiha donori: Markaziy Osiyo Evroosiyo Jamg’armasi (Eurasia Foundation Central Asia)
Loyihaning umumiy byudjeti: 4 408 AQSh dollari
Loyihaning davomiyligi: 2019-yil 1-oktyabrdan 2020-yil 20-martgacha (6 oy)
Loyiha hamkorlari: O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, “YUKSALISH” umummilliy harakati, “SANVIKT” nogiron bolalar ilmiy tadqiqot badiiy markazi, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning ota-onalari, mahalla fuqarolar yig’inlari va ko’ngilli volontyorlar.
Loyihaning maqsadi: Jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni turli uchrashuvlar, jamoaviy ishchi guruhlari, sherik-maslahati (psihologik suhbatlar) va jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish.
Loyihaning vazifalari:
- Jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni uylariga borib oilaviy shroitlari bilan tanishish, ularning ota-onalari bilan suxbatlashish va hamkorlikka taklif qilish;
- Jamoaviy video darslarini jamoaviy tarzda o’tkazish va har bir jamoa a’zosiga vazifalar yuklatish (masalan kimdir rejissyor, kimdir operator, kimdir ssenariy yozuvchi yoki jurnalist vazifasini bajaradi). Bunday jamoaviy xarakatlar ishtirokchilarni birlashtiradi va o’z ustida ishlab, hayotda o’z o’rnilarini topishga yordam beradi;
- Jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni qo’shimcha ko’nikmalarga o’rgatish maqsadida ularning qiziqishlaridan kelib chiqib video kamerada ishlash va montaj qilishni o’rgatish darslarini tashkil etish.
Ushbu videotaqdimotda loyiha haqida NJB Sharoit+ raisi Muxabbat Raximova hikoya qiladi.
Loyihaning natijalari:
Loyiha boshlanishda, loyiha ishtirokchilarining deyarli hammasida o’zidan uyalishi va o’zlariga bo’lgan ishonchsizlik, ichki qo’rquv va jur’atsizlik juda kuchli edi. Ayniqsa jamoatchilikka qo’shilganlarida o’zlaridan uyalardilar. Bunga sabab jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar go’daklik davridan yolg’izlikda ota-onalari tomonidan juda extiyotkorlik bilan voyaga yetganliklari, holatlaridan kelib chiqib o’zlarini “Boshqalarga tenglasha olmayman, ulardek bo’la olmayman” degan tushuncha sabab, jamoatchilikka qo’shilish ko’nikmasi yo’qligi, jismoniy to’siqlar va jamoat transportlarda qulayliklar yo’qligi, atrof muhitdagi salbiy munosabatlar.
Loyiha ishtirokchilari uchun loyihaning ahamiyatli tomoni avvalo ularda o’zlariga bolgan ishonchlarini ortishi, o’zlarini anglab yetishlari va o’z muammolarini boshqalarga ham yetkazib beraolish ko’nikmalariga ega bo’lishdi:
- Toshkent shahrida yashovchi bir nechta jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni uylariga borib ularning oilaviy sharoiti bilan tanishildi, ularning ota-onalari bilan suxbatlar o’tkazildi va loyihaga taklif qilindi;
- Uylariga borib sharoiti o’rganilgan loyiha ishtirokchilari bilan sherik-maslahati (psihologik suxbatlar) o’tkazildi;
- Loyihaning boshlang’ich bosqichida ishtirok etgan 20 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlardan 13 nafari janoamiy videoda ishtirok etishga rozilik berishdi;
- Loyihaga ishtirok etishga rozi bo’gan jismomniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlardan 2ta kamoaviy video guruhi tashkil qilindi va jamoaviy video guruhlarida ishlash jarayonida turli mavzularda interaktiv o’yinla va savol-javoblar orqali ishtirokchilar hayotlari o’rganildi, turli uslublarda birgalikda ishlandi va birgalikda ijtimoiy video roliklar tayyorlandi.
- Loyiha asosida “Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish” mavzusida O’zbekiston Milliy Universitetining “21 asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari” ilmiy ishlar 4-davriy to’plamida ilmiy-amaliy maqola chop etildi.
Loyiha natijasi haqida ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi
Loyiha rahbari: Nazokat Shakirova
Loyiha koordinatori: Muxabbat Raximova
Loyiha montajchisi: Shodiyaxon Qosimova
Loyiha hisobchisi: Dilshod Normurodov
Ko’ngilli volontyorlar:
- Jahongir Islomov loyiha jarayonida ko’ngilli yordamchi sifatida loyiha ishtirokchilari kelib ketishlariga taksi chaqirib va ularning tansportga chiqib tushishlariga barcha zarur bo’lgan yordamni berib keldilar;
- Shaxlo Valijonova, Zuxra Rajavoba va Dilfuza Muslimova vati-vaqti bilan kelishilgan holda loyiha davomida ishtirokchlarga kofe-breyk tayyorlab ba’zi ishtirokchlarni yeb ichishlariga, shu bilan birgalikda ishtirokchilarning zaruriy extiyojlariga ham yordamlashishdi.
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.
Noy 12, 2020 | Loyihalar
«SHAROIT PLYUS» NJB “Aholining ijtimoiy-ma’naviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovasion turlarini joriy etishda NNTlar faolligini kuchaytirish” mavzusidagi davlat granti g’olibi bo’ldi.
Joylardagi mahalliy davlat organlariga aholining ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand qatlamlari ayollar, yoshlar va nogironlarning doimiy bandligini ta’minlashga, ularni xalq hunarmadchiligi tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish, oilaviy biznes va tadbirkorlikning turli shakllariga jalb qilishga ko‘maklashish masadida tashkilotimiz quyidagi loyihani amalga oshirdi.
Loyihaning nomi: “Ayol qo‘li-San’at javhari”
Loyiha donori:O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi
Loyihaning umumiy byudjeti: 57 080 000 so’m
Loyihaning davomiyligi: 2018 yil 1-avgustdan 2019 yil 1-avgustga qadar (1 yil)
Loyiha hamkorlari: O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, O’zbekiston Respublikasi Karlar jamiyati.
Ko‘plab korxona va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi uchun qulay sharoiti yo‘qligi sababli, hozirgi kunda deyarli barcha nogironligi bo‘lgan ayollarning ish bilan ta’minlash eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda, uyda o‘tirib qolgan, hech qanday daromadga ega bo‘lmagan, kasb-hunarga ega bo‘lmagan ayollarni ish bilan ta’minlash va kasb-hunarlarni o‘rgatish. Ushbu loyiha amalga oshirilsa ko‘plab uyda o‘tirib qolgan, umidsiz, ishsiz va kasb-hunarsiz ayollarga hayotda biroz bo‘lsada o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlash.
Loyihaning maqsadi:
- Nogironligi bo‘lgan ayollarni ish bilan ta’minlash;
- Kasb-hunarga ega bo‘lmagan ayollarga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatish;
- Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi nogironligi bor shaxslar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan yana bir tashkilot yaratilishi;
Loyihaning asosiy vazifalari:
- O‘z tikuvchilik malakasiga ega bo‘lgan ko‘plab ayollarni o‘z mahoratini ko‘rsatishga va oshirishga imkon yaratish;
- Ayollarning muntazam ravishda daromad olish imkoniyati yaratiladi;
- Kasb-hunarsiz ayollarga ish faoliyatini o‘rgatish, ularga ish faoliyati bo‘yicha ko‘nikmani hosil qilish;
- Loyihani amalga oshirish bilan jamiyatdagi korxona va tashkilotlarda inklyuziv ishchi jamoani shakllantirish imkoniyatiga ega ekanligi ko‘rsatib berish;
Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari:
- 1-bosqich. Qurilmalarni sotib olib, ularni ishlashga tayyor qilish va nogironligi bo‘lgan uyda o‘tirib qolgan tikuvchilik sir-asrorlarini bilaydigan ayollarni topib, ularni ishga qabul qilish;
- 2-bosqich. Buyurtmachilarni topish, materiallarni sotib olish, ishlab chiqarishni boshlash va buyurtmachiga yetkazish;
- 3-bosqich. Olib borilgan ishlar va moliyaviy natijalarni monitoring qilib, tahlil qilish.
Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:
- 1-bosqichda. 15 nafar uyda o‘tirib qolgan ayollarni ish bilan ta’minlash;
- 2-bosqichda. Ustoz shogirt an’anasiga binoan tikuvchilik sir-asrorlarini bilmaydigan ayollarga o‘rgatish;
- 3-bosqichda. Tashkil etilgan korxonani kengaytrish shu bilan birga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish.
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.