Dek 25, 2024 | Podkastlar
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmamiz bir nechta a’zolari va xodimlarini AQSh Davlat departamentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va qamrab olish strategiyalari” 10 kunlik Xalqaro tashrif buyuruvchilar yetakchilik dasturida (International Visitor Leadership Program) ishtirok etishga taklif qilishgan edi.
13-dekabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida tashkilotimiz vakillari AQShdan olib kelgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Powered by RedCircle
Suhbatimiz davomida quyidagi masalalarni muhokama qildik:
– Amerikada nogironligi bo‘lgan shaxslar harakati tarixi;
– Nogironligi bo‘lgan amerikaliklar akti (Americans with Disabilities Act);
– Mustaqil yashash harakati va markazlari;
– Dunyodagi birinchi karlar universiteti;
– ko‘rinmas nogironlik turlari;
– va tinglovchilar savollariga javob berdik.
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
O‘zbek imo-ishora tiliga tarjimasini YouTube kanalimizda tomosha qiling.
O‘zbek imo ishora tili tarjimoni: E’zoza Ahmedova
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Noy 1, 2024 | Podkastlar
2024-yil 31-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari Mariyam Musoqova — “FOCUS” Kinematografiya va teatr san’ati maktabi direktori va asoschisi va Mirsaid Muxtorov – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining inklyuziya bo‘yicha maslahatchisi.
Boshlovchi va muuharrir: Dilmurod Yusupov, Imo ishora tili tarjimoni: Kamila Yakubjanova
Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob beramiz:
- “FOCUS” Kinematografiya va teatr san’ati maktabi bu qanday ta’lim markazi? Uning maqsad vazifalari nimalardan iborat?
- Maktabda inklyuziya sohasida qanday loyihalar amalga oshirilayapti?
- “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aktyorlik studiyasi” nomli maxsus inklyuziv loyihaning maqsadi nima?
- Va sizdan kelib tushga boshqa savollarga javob beramiz.
O‘sishingiz uchun ajoyib imkoniyatdan foydalaning!
“FOCUS” Kinematografiya va teatr san’ati maktabi haqida batafsil tashkilot vebsaytidan topishingiz mumkin: https://focusgroup.uz/uz
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Okt 27, 2024 | Podkastlar
2024-yil 26-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari “International inclusive hub” (Xalqaro inklyuziv hab) xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi direktori Badalova Madina Baxadirovna va mutaxassislari Sadullayeva Nigora Ruslanovna, Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi, Nurmanova Nurlana Djamaladdinovna, To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lishdi.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov, Muharrir: Dilmurod Yusupov, Imo ishora tili tarjimoni: Zulfiya Kadirova
Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob berdik:
- “Xalqaro inklyuziv hab” o‘zi nima? Va bu markazning maqsad vazifalari nimalardan iborat? Bu davlat organimi yoki nodavlat tashkilotimi?
- Kreativ va IT sohasida nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday yo‘nalishlar bo‘yicha boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarida o‘qishi mumkin? Qanday kurslar bor hozir?
- Ta’lim kurslariga yozilish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Bu kurslar bepulmi?
Tinglovchilarimizdan kelib tushga ushbu savollarga ham javob berdik:
- Qayerda o‘qiymiz? Xalqaro inklyuziv hab markazi qayerda joylashgan? To‘liq manzilingiz bormi?
- Mening farzandim ikkinchi guruh nogironi, hozirgi vaqtda Toshkent viloyatida universitetda tahsil oladi. O‘g‘limga o‘qish mobaynida qo‘shimcha ingliz tili va rus tili kurslariga qatnashish uchun qanday imtiyozlar bor. O‘g‘limning nogironligi jismoniy nogironlik. Iltimosim,nogironligi borlar uchun bepul kurslar tashkil qilinsa xursand bo‘lardik. Javob uchun oldindan rahmat!
- Ingliz tili kursiga ariza topshirgan edim. qachon boshlanishi kutilyapti. Javob uchun oldindan rahmat.
- O‘quvchilar yotoqxona bilan ta’minlanadimi o‘quv kursi paytida? Boshqa viloyatlardan kelib o‘qisa bo‘ladimi?
- O‘qish paytida stipendiya to‘lanadimi?
- Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar beriladimi? U sertifikatlar davlat tomonidan tan olinadimi?
- Agar qo‘shimcha savollar bo‘lsa kimga murojaat qilishlari mumkin? Telefon raqamlar bormi?
Kreativ va IT sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha boshlang‘ich professional ta’lim dasturlariga qabulni davom etmoqda:
- Teatr san’ati
- Zamonaviy kulolchilik
- Tasviriy san’at
- Fashion-dizayn
- Media
- Robototexnika va mexatronika
- Grafik dizayn
- 3D modellashtirish
- AKT
Ushbu kurslar haqida batafsil ma’lumotni markaz PDF qo‘llanmasidan olsangiz bo‘ladi. Xalqaro inklyuziv hab haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon raqam: (71) 202-48-48 Elektron manzil: info@iihub.uz.
Agar yoshingiz 14 dan 30 gacha bo‘lsa va ishtirokchi bo‘lishni istasangiz, havolaga bosing, yo‘nalishni tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: https://iihub.uz/uz/reg/
O‘sishingiz uchun ajoyib imkoniyatdan foydalaning!
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazining rasmiy sahifasi: https://t.me/iihubuz
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Okt 22, 2024 | Podkastlar
2024-yil 17-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining mehmoni Chevening dasturi koordinatori Shirin Toshxo‘jayeva bilan Buyuk Britaniyada magistratura bosqichida to‘la moliyalashtirilgan holda o‘qish imkonini beruvchi Chevening stipendiyasi haqida ochiq suhbat qildik.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Muharrir: Dilmurod Yusupov
Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob berdik:
Chevening stipendiyasi qanday stipendiya? Iltimos ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot bering.
Uning talablari, foydali jihatlari va hujjat topshirish tartibi qanday?
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ushbu dasturga arizalarni qanday topshiradilar va ularga alohida qanday imkoniyatlar yaratilgan? Yoki ular ham boshqalar qatori bir xil hujjat topshiradimi?
Chevening dasturida ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish darajasi qanday bo‘lishi kerak? IELTS necha ball bo‘lishi kerak? Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyoz bormi?
Ish tajribasi bo‘yicha kamida 2 yil deb yozilgan ekan, bu tajriba davlat sektori, nodavlat notijorat tashkiloti yoki xususiy sektorda bo‘lsa ham bo‘laveradimi?
Men magistraturani Toshkent shahridagi Websterda tamomlaganman, lekin Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada ham magistratura qilmoqchiman. Chevening dasturiga qayta magistraturada o‘qishga topshirsam bo‘ladimi? Arizam ko‘rib chiqiladimi?
Chevening dasturini to‘lovlari yo‘qmi, Buyuk Britaniyaga borsam qiynalib qolmaymanmi? To‘liq sarf-xarajatlar qoplanadimi? Masalan, menga nogironligi bo‘lgan talaba sifatida ko‘proq xarajat bo‘lishi mumkin (shaxsiy assistant, Brayl texnika va boshqa oqilona qulayliklar), shunga xavotirdaman…
Magistraturani 1 yil taqolgandan so‘ng Buyuk Britaniyada ishga qolib ketsam bo‘ladimi? Yoki doktoranturaga kirsam bo‘ladimi?
Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘qimoqchi bo‘lsa ular Britaniya imo ishora tilini bilishi kerakmi shunda? Yoki ingliz tilini bilsa unga keyin qanday qilib dars jarayonlarida imo ishora tili xizmatini taqdim etish mumkin?
Buyuk Britaniyadagi universitetlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday qulayliklar yaratgan? Eng qulay universitetlar reytingi bordir balki? Boshqa nogironligi bo‘lgan talabalar dunyo bo‘ylab qaysi universitetlarga borishgan?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Okt 9, 2024 | Podkastlar
2024-yil 27-sentyabr (juma) «Nogironligi bo‘lgan shaxslarga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar qanday?» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari Nazarov Farid Farxadovich (Boshqarma boshlig‘i), Komilov Qobil Ixtiyor o’g’li (Bo’lim boshlig‘i) va Ismailov Shahzod Zoir o‘g‘li (Bosh mutaxassis) bilan ochiq suhbat qilgan edik.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Yordamchi assistent: Dilmurod Yusupov
Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
“Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari bu qanday markazlar? Ular nima uchun tashkil etilgan?
Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida nechta shunday markazlar bor? Markazlar qaysi hududlarda tashkil etilgan?
Markazlar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga qanday ijtimoiy xizmatlarni taklif etyapti?
Ijtimoiy xodim kim va uning vazifalar qanday? Ijtimoiy xodimlar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftarlari” kiritish va kiritmaslik hozir “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari zimmasidami? Bu daftarlar bilan kim ishlayapti hozir?
Tinglovchilardan tushgan yozma savollar ikkinchi qismida o‘qib berilib batafsil javoblar berildi.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Iyul 15, 2024 | Podkastlar
2024-yil 12-iyul “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish tartibi qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari Dadaboyev Azimjon Axmadjonovich (Bo‘lim boshlig‘i) va Boboxonov Saidmurodxon Baxtiyor o‘g‘li (Bosh mutaxassis) bilan ochiq suhbat qilgan edik.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun qanday sanatoriylar mavjud? Va bunday maskanlar qanday xizmatlarni ko’rsatadi? U yerdagi shart-sharoitlar qanday?
- Sanatoriyalarga yo’llanma olish tartibi qanday? Yo’llanmalar qaysi mezonlarga mos keladigan nogironligi bo’lgan shaxslarga beriladi? Va u yo’llanmani har yili olsa bo’ladimi? U yo’llanmani ish joyidan olsa bo’ladimi?
- Sanatoriyalarga yo’llanma nechi kunga beriladi?
- Shu yil Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanma uchun navbatga olishning yangi “IHMA Sanatoriya” moduli ishga tushirilmoqda. Bu qanday modul va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qanday afazalliklar va qulayliklarni yaratadi?
- 25dan ortiq tinglovchilarimizning bizga yuborgan yozma savollariga IHMA mutaxassislari yordamida batafsil javob berdik.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.