Iyun 18, 2024 | Podkastlar
2024-yil 5-iyun “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta‘minlanyapti?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i bilan ochiq suhbat qilgan edik.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
- Qonunchilikka ko‘ra xodimlar soni 20 nafardan oshgan barcha tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% miqdorida ish o‘rinlari zaxiralanishi ko‘zda tutilgan. Qonun ijrosi Vazirlar Mahkamasining 965-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ammo xodimlar soni 20 nafardan oshgan barcha tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralamaydilar. Masalan 2023-yil Olmaliq shaharda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun 70 ta tashkilot tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilgan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining 2 tasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiralangan.
- Davlat boshqaruvi organlarida, Vazirliklar hokimliklarda Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% kvota ish o‘rinlari zaxiralanadimi?
- Ish2.mehnat.uz saytida zaxiralangan ish o‘rinlari bo‘yicha vakansiyalar mavjud bo‘lib ko‘p hollarda ushbu vakansiyalarga qiziqish bildirgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ish beruvchiga murojaat qilsa vakansiyalar nofaol bo‘lib chiqmoqda. Bunday vaziyatlarda ish izlovchi qanday chora ko‘rish kerak bo‘ladi
- Ish beruvchi tomonidan yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rnini zaxiralashi belgilangan. Qanday qilib ish beruvchi ma’lum bir vakansiyani yil davomida zaxiralab qo‘yishi mumkin. Masalan qorovul ish o‘rnini zaxiralagan ish beruvchi nogironligi bo‘lgan mos nomzod kelmaguncha bu ish o‘rnini saqlab turishi kerakmi yoki har oyda zaxiralangan ish o‘rni xususiyatlari o‘zgaradimi?
- Bandlik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga imo ishora tili tarjimoni zarur bo‘lgan xollarda qanday choralar belgilangan?
- Bandlik xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga vakansiyalar bilan mustaqil tanishib chiqishlari uchun sharoitlar yaratilganmi?
- Bandlik markazlarida barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning xizmatlardan mustaqil foydalanishi uchun infrastruktura moslashtirilganmi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashda amalga oshiradigan alohida vazifalari hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan qanday vazifalari mavjud.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralagan tashkilotlar belgilangan talablarni bajarmasa qanday javobgarlik ko‘zda tutilgan?
- 2023-yil hisobiga nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish majburiyatini bajarmagan tashkilotlarning nechtasi javobgarlikka tortilgan?
Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlagan ish beruvchilarga har bir nogironligi bo‘lgan shaxs uchun BHM ning 1.5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlagan ish beruvchilarga mazkur subsidiyalar ajratilmayapti. Subsidiyalar qaysi tashkilot orqali va qachon ajratiladi.
- Yaqin oylardan boshlab argos.uz da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari e’lon etib borilmoqda. Mazkur ish o‘rinlari tashkilotlarda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari hisoblanadimi agar hisoblansa ish2mehnat.uz da ham bu ish o‘rinlari mavjudmi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi tizimida nogironligi bo‘lgan qancha xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligida oliy ta’lim muassasalarini tugatayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar mavjudmi va oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashda qanday choralar amalga oshirilmoqda?
- Bugungi kunda Respublikada qancha nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlangan va qancha nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish vazifasi mavjud?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Iyun 17, 2024 | Podkastlar
2024-yilning 23-may kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash tartibi qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Olloyorov Mansurbek Polvonzoda va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov. bilan ochiq suhbat qilgan edik.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tartibi qanday?
- 2024-yil 1-maydan boshlab bu vositalar bilan ta’minlashning yangicha tartibi qanday?
- Davlat tomonidan beriladigan reabilitatsiya vositalari turlari qanday?
- “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi ishga tushganmi? U platforma orqali qanday xizmatlarni olsa bo‘ladi?
- Kelajakda bu sohada qanday o‘zgarishlar kutilyapti?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Mar 17, 2024 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2024-yilning 1-mart kuni 17:00 da “O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘l boshlovchi itlar xizmati kerakmi?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmonlari UNFPA tashkilotida inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov va “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kinologiya xizmati boshlig‘i — Inomjon Nasrullayev.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassislardan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Itlarni tarbiyalashda zotiga bog’liqmi? Kinolog xodimlar 7-8 oylikdan o‘rgatishadi. Qancha muddat o‘rganadi. Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirib tarbiya qilsa bo‘ladimi?
- Itlarni o‘rgatish uchun kitoblar yoki audio materiallar mavjudmi? U kitoblarni qayerdan topsa bo‘ladi?
- O‘zbekistonda jonivorlarlarga nisbatan qanday stereotiplar mavjud? Stereotiplarni yo‘q qilish uchun qanday chora-tadbirlar, treninglar qilish mumkin.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Yan 9, 2024 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 29-dekabr kuni 17:00 da Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi? mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Rahimova va tashkilot xodimlari.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
«2023-yil tashkilotimiz uchun juda ham samarali yil bo‘ldi. Birinchidan, jamoamiz kengaydi va ancha yildan beri o‘z oldimizga qo‘yib kelayotgan maqsadimiz “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining Respublika miqyosiga olib chiqish uchun ya‘ni Respublika bo‘ylab o‘z xizmatlarimizni ko‘rsatishimiz uchun qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim qildik. Jahon banki va Yandex go va boshqa mahalliy hamkorlarimiz ko‘magida 2023-yil davomida ijaraga joy olib, qurilish ishlari amalga oshirildi va oz fursatda bino ishga tushadi. Barcha uchun manfaatli bo‘lib kelayotgan ishplus.uz loyihasi 2023-yilda ham samarali bo‘ldi va bu loyiha Universe group va Yevroosiyo jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan», deydi – tashkilot raisi Muhabbat Raximova.
«Ishplus.uz loyihasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, 2023-yil juda ham samarali bo‘ldi. Hozirgi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda shu loyihani rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilyapti. 2024-yilgi rejalarimizdan biri desak ham bo‘ladi, “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi qo‘shida inklyuziv bandlik, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish reja qilinyapti. 2023-yil davomida ishplus.uz loyihasi orqali 160 nafar nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar ish bilan ta‘minlangan», – deydi loyiha rahbari Dilmurod Yusupov.
«Huquqplus loyihasi Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki tomonidan moliyalashtirilgan. Bu loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari ta‘minlanmasligi va ularni huqularini bilmasliklari xususan bandlik sohasidagi ko‘pgina muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyiha hisoblanadi. Huquqplus.uz loyihasini asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqiy savodxonligini oshirish va ularni huquqlarini ta‘minlanishiga ko‘maklashish hisoblanadi», deydi – HuquqPlus loyihasi koordinatori Aziz Abdullayev.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir emas 2 ta loyihamiz moliyalashtirilib, 1-loyihamiz Media Plus loyihasida 20 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar jurnalist bloggerlikka o‘qitildi. Bu kurs davomida malakali jurnalist, bloggerlar kelib yoshlarni media savodxonligini oshirilidi. Kurs boshida ishtirokchilarga nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modellari o‘rgatildi. Kelajakda olib boradigan faoliyatlari yuzasidan nogironlik masalarida ijtimoiy modelni qo‘llab yozishlari uchun juda katta bilim manbai bo‘ldi degan umiddamiz deydi – tashkilot raisi Muhabbat Rahimova.
“Innovatsion media” loyiha doirasida video operatorlik kursini tamomladim va shu loyiha doirasida 16 ta podkast, 8 ta intervyyu, 8 ta ijtimoiy rolik va 1 ta “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film sur‘atga oldik va bu bizga o‘zgacha zavq berdi. Ayniqsa, “KO‘ZGU” film premyeyrasidagi hayajon tomoshabinlardagi qiziqish bizni xursand qildi deydi – “Innovatsion media” loyihasi video operatori Azizjon Qosimov. Loyiha SMM menejeri Madina Po‘latova shunday deydi – avvalambor jamoaga katta rahmat loyiha doirasida SMM kursini o‘qish bilan birga shu sohada ilk faoliyatimni boshladim va meni qo‘llab-quvvatlashdi. “KO‘ZGU” filmni boshlanishidan oxirigacha birga harakat qildik. Kasting jarayonlari ham zavqli o‘tdi va eng hayajonlisi film premyerasi edi.
«Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” jamoasida ishlashni orzu qilardim. Orzu va niyyatlarimga erishib, “Kitob plus” ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga kitoblarni qulay formatda tinglash imkonini beruvchi IOS va Android uchun mo‘ljallangan dasturlarni veb platformalarini yaratishni va uni ichini hozirda mavjud bo‘lgan kontentlar bilan to‘ldirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Loyihamiz Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirildi», deydi “Kitob plus” loyihasi koordinatori Mirali G‘iyasov.
YES dasturi – bu yoshlarni mehnat ko‘nikmalari degan ma‘noni anglatadi. Loyihaning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni umuman olganda yoshlarni inklyuziv mehnat bozoriga tayyorlash va 8-11-sinf o‘quvchilari asosiy auditoriyamiz hisoblanib, aynan shu yoshdagi bolalarga tadbirkorlik, biznes inklyuziv mehnat bo‘yicha yangi darsliklar tayyorlashyapti. Mana shu loyihamiz jamiyatning ongi o‘zgarishiga katta sabab bo‘ladi ya‘ni ish beruvchilar umuman olganda nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan munosabatlarini inklyuzivlashtirishdan iborat deydi – loyiha rahbari Dilmurod Yusupov.
Ushbu podkast davomida tinglovchilarning savol va takliflari o‘rganildi:
- Sharoit+ podkastning Kitob Plus loyihasi platformalarida ham joylansin. Podkastdagi barcha mavzular eng dolzarb mavzular edi va insonlar yanada o‘z huquqlarini tushunib borishadi – deydi Farrux Jumanazarov.
- Transportlar bilan bo‘ladigan muammolarni videolarga olib jamoatchilikni huquqlarimiz bilan muntazam ravishda xabardor qilishingizni iltimos qilaman – deydi tinglovchilardan biri.
- Avvalambor “SHAROIT PLYUS” tashkilotiga va ishplus jamoasiga Monomarkaz bilan hamkorlikda ko‘rish bo‘yicha nogironlarga kompyuter kursini tashkil qilganingiz uchun rahmat. Mana shu kursda o‘qib, bitirganimdan so‘ng ishplus meni ish bilan ta‘minladi va men hozigr kunda Praxis plus loyihasida faoliyat olib boryapman. Buning uchun hammangizdan minnatdorman. Guruhlarda negativ izohlar qoldirishadi ishga kira olmayapman deb biroz sabr qilsa, hamma ish bilan ta‘minlanadi deydi – Nigora Roziqova.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Yan 3, 2024 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 20-dekabr kuni 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez – ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Nima uchun 1 oyog‘i uchun protez ishlatadigan insonlar va 2 oyog‘ uchun protez ishlatadiganlar uchun 2 yilda bir martta navbat keladi shuni muddatini kamaytirish mumkinmi? 2 yillik muddat ba‘zi vaqtlar ko‘plik qiladi ya‘ni 2 yilga bormay buzilib, sinib qoladi.
- Davlat tomonidan berilayotgan qo‘ltiq tayoq (kastel) beriladi ammo ularni tag qismida sifatli rezinkalar bilan qoplanishiga sizlar tavsiya berishingizni so‘raymiz.
- 1-guruh nogironlik aravachasida harakatlanadigan shaxslar uchun elektron nogironlik aravachasi olish tartibi qanday bo‘ladi?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Yan 3, 2024 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 11-dekabr kuni 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan foydalanishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari — B.Ismailov, A.Po‘latov, O.Norbutayev.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Xaydovchilar va chiptachilar ishga olinayotganda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishlari haqida bilim ko‘nikmalar beriladimi? Aynan shunday mas‘uliyatni qaysi tashkilot o‘z zimmasiga oladi.
- Ishga olayotganda, nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, xaydovchi va chiptachilarni o‘qitishadimi?
- Avtobuslarda bekatlarni e‘lon qilish jonlangan edi. Bir e‘lon qiladi bir e‘lon qilmaydi. Shu borada qanday ishlar amalga oshirilyapti?
- Toshkent shahrida ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ravishda ro’yxatda turadigan shaxslar uchun transportdan foydalanishda imtiyozlar bormi?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.