Dek 2, 2023 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 26-noyabr kuni 17:00 da “Iqlim o‘zgarishi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday ta‘sir o‘tkazmoqda?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi podkast mehmoni O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari — Abdulla Abduhalilov bo‘ldilar.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida “Markaziy Osiyoda nogironligi bo‘lgan shaxslarga iqlim o‘zgarishining ta‘sirini yumshatish” treningida ishtirok etgan faol ishtirokchidan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Iqlim o‘zgarishining belgilari qamday? Ya‘ni qanday o‘zgarishlar bo‘lsa, biz iqlim o‘zgarishi kutilyapti deb ayta olamiz?
- Iqlim o‘zgarish sabablari?
- Yer yuzida eng ko‘p iqlim o‘zgarishini vujudga keltirayotgan davlatlar kim ekan-u? Ular nima sababdan iqlim o‘zgarishiga qattiq ta‘sir o‘tkazishyapti?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Noy 6, 2023 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 3-noyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar qanday yo‘lga qo‘yilmoqda?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas‘ul xodimi — O‘tkir Namozboyev.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- “Ijtimoiy xizmat darchalari”ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat bo’ladi?
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo‘lgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi beriladi. Bu imkoniyat nogironligi bo’lgan shaxslarga ham beriladimi chunki ularni uy-joy bilan ta’minlash masalasi juda dolzarb muammoligicha qolmoqda,
- “Ijtimoiy xizmat darchalari”ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat bo’ladi?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Noy 6, 2023 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! 2023-yilning 27-oktyabr kuni 17:00 da “O‘zbekistonda OITS bilan yashovchi insonlarning huquqlari qanday himoya qilinadi?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmon “ISHONCH VA HAYOT” Respublika nodavlat notijorat tashkiloti — dastur koordinatori Tashmatov Davron Abdurahmanovich.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Hozirgi kunda global bo‘lib kelayotgan OIV va OITS kasalligini farqini to‘liq diskriminatsiyasiz atalishari haqida,
- Insonlarda OITS virusini qanday aniqlash mumkin qandaydir simptomlar va belgilari kuzatiladimi?
- OITS kasalligiga chalinmagan inson oilaviy poliklenikalar va OITS markazlariga borib ko‘rikdan o‘tsa OITS yuqtirib olmasligi kafolatlanadimi?
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Okt 21, 2023 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 14-oktyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan chet mamlakatlarida o‘qitish tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehm “El-yurt umidi” jamg‘armasi Ta‘lim dasturlari bo‘yicha stipendiya tanlovini tashkil etish bo‘limi yetakchisi mutaxassisi — Mohinur Rahimova.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Qanday hujjatlar talab etiladi va muddatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi 57-sonli qaroriga asosan har yili 20 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar chet eldagi Oliy ta’lim muassasalarda tahsil olishlari «El-yurt umidi» jamg’armasi tomonidan moliyalashtiriladi deb belgilab qo‘yilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarda qanday talablar qo‘yiladi? Ular qanday hujjatlarni topshirishlari kerak?
- Nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslardan IELTS sertifikati so‘raladimi? O‘qishga kirish tartibi qanday bo‘ladi?
Murojaat uchun telefon: «El-yurt umidi» jamg‘armasi hisobidan chet mamlakatlarida o‘qish masalari bo‘yicha Mohinur Rahimovaga +998 (90) 924-30-21 telefon raqami orqali murojaat qiling.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Okt 6, 2023 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 3-oktyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilyapti?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi — Zohid Ataxanov va Mahliyo Shukurovalar bo‘lishdi.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Yoshlar ishlari agentligi orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qish uchun subsidiyalar.
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni ommalashtirish hamda ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Inklyuziv taʼlim markazlari” faoliyati.
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarni Respublikamizning tarixiy va diqqatga sazovor shaharlariga sayohatlarini tashkil etish.
- “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish va boshqa mavzularda suhbat olib borildi.
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
Sen 27, 2023 | Podkastlar
Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 22-sentyabr kuni 17:00 da “O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim qanday yo‘lga qo‘yilmoqda?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik, psixologik, Respublika tashxis markazi metodisti — Ahmedova Shohista Rashidovna bo‘ldilar
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalarga taʼlim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yildagi 13-oktyabrdagi 4860-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-2022 – o‘quv yilidan Respublikamizda davlat miqyosida inklyuziv taʼlimni umumtaʼlim maktablarida joriy etish yo‘lga qo‘yildi va Respublikamizda umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida inklyuziv taʼlim joriy etildi. Alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar sog‘lom tengdoshlari bilan birga bir sinfda taʼlim olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:
- Inklyuziv taʼlimga qaysi turdagi nogironligi bo‘lgan bolalar qabul etiladi?
- Inklyuziv taʼlimda tahsil olish uchun qanday bosqichlardan o‘tish kerak?
- Inklyuziv sinflarga dars berayotgan o‘qituvchilarga qanday qo‘shimcha talablar qo‘yiladi?
Inklyuziv taʼlim mavzusi bo‘yicha savollar yoki takliflar uchun telefon: +998 (99) 878-95-61
Inklyuziv ta’lim mavzusida o‘z faoliyatini olib boradigan Telegram guruhlarga a’zo bo‘ling: Inklyuziv taʼlim amalda va O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim