Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday soliq imtiyozlar bor?

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday soliq imtiyozlar bor?

Hurmatli obunachilar! Joriy yilning 15-sentyabr kuni 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday soliq imtiyozlar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar soliq boshqarmasi inspektorlari — Barno Albekova va Anifa Abdurasulovalar bo‘lishdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar, bir qancha soliqlardan ozod ekanliklarini bilib olishdi. Jumladan, imtiyozlar: Daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va bir qancha to‘lovlarni amalga oshirishda ham soliq foizlari qaytarilishi shular jumlasidandir.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘ida imtiyozlar bormi?
  2. Oilada nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lsa, mol-mulk solig‘idan ozod etiladimi? Yoki qay tartibda to‘lov qilinadi?
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini taʼminlagan tashkilotlarga qanday soliq imtiyozlari mavjud? Shu va boshqa dolzarb savollar o‘z javobini topdi.

Soliq masalalari bo‘yicha savol va takliflar uchun: Ishonch raqam 1198, +998 (78) 140-32-83; +998 (78) 140-32-62

Podkast: Nogironlik guvohnomasini rasmiylashtirishda qanday muammolar bor?

Podkast: Nogironlik guvohnomasini rasmiylashtirishda qanday muammolar bor?

2023-yil 28-iyul kuni “Nogironlik guvohnomasini rasmiylashtirishda qanday muammolar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar bosh tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi — Islomov Shavkat Habibullayevich bo‘ldilar.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  • Bolalikdan nogironlikni rasmiylashtirish,
  • Nogironlikni umrbod ga rasmiylashtirish,
  • Nogironlik toifasini elektron bazada to‘g‘ri ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar va yechimlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar vasiylariga davlat tomonidan to‘lanuvchi ijtimoiy to‘lovlar kabi masalalar
  • va boshqa dolzarb savollar o‘z javobini topdi.

Sizda turli davlat xizmatlaridan foydalanayotganingizda nogironlik toifangizni tasdiqlashda muammolar yuz beryaptimi? Biz sizga barcha viloyatlardagi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga ish telefon raqamlarini maʼlum qilamiz. Sizda yuqorida aytilgan yo‘nalishda muammolar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, o‘zingiz yashovchi viloyatga tegishli ekspert komissiyasiga aloqaga chiqib, masalani bayon qiling va muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishga erishing.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)lar telefon raqamlari:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61-226-87-62
  2. Andijon viloyati: 55-201-76-00; 74-237-35-14
  3. Buxoro viloyati: 65-224-88-15; 65-224-88-20
  4. Jizzax viloyati: 72-222-27-85
  5. Qashqadaryo viloyati: 75-225-19-78
  6. Navoiy viloyati: 55-351-07-01
  7. Namangan viloyati: 69-227-62-41
  8. Samarqand viloyati: 66-221-81-31
  9. Sirdaryo viloyati: 67-235-00-79
  10. Surxondaryo viloyati: 76-223-06-31
  11. Farg‘ona viloyati: 55-802-60-36
  12. Xorazm viloyati: 62-229-18-05
  13. Toshkent shahri: 71-207-46-68
  14. Toshkent viloyati: 71-231-93-77

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslar magistr va PhD darajasiga ega bo‘lishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslar magistr va PhD darajasiga ega bo‘lishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?

2023-yil 21-iyul «Nogironligi bo‘lgan shaxslar magistr va PhD darajasiga ega bo‘lishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?» mavzusida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i – Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich bilan ochiq suhbat qilgan edik.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Ushbu podkast davomida mutaxassisdan quyidagi savollarga javob olishga harakat qildik:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar chet tili sertifikatini olishlarida bir qancha to‘siqlar bor bo‘lib, ular magistratura yoki doktoranturaga hujjat topshirishlarida istisnolar mavjudmi?
  • Bakalavr diplomi bahosi nechi tashkil etsa magistraturaga qabul qilinadilar davlat byudjeti asosida?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga magistratura va doktoranturada o‘qishlari jarayonida stipendiya to‘lanadimi? Agar to‘lansa xuddi bakalavrdagidek 50% li ustama bilan to‘lanadimi?
  • Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lganlar magistraturada yoki doktoranturada o‘qishlari jarayonlarida imo ishora tili tarjimoni xizmati tashkil etilishi ko‘zda tutilganmi?
  • va boshqa savollar.

Magistratura va doktoranturga kirishda sizda yana qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, iltimos Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga bevosita murojaat qiling: Ishonch telefoni: 1006 va Call markaz : 71-230-64-64.

 

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirishlarida qanday imtiyoz va imkoniyatlar bor?

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirishlarida qanday imtiyoz va imkoniyatlar bor?

2023-yil 27-iyun kuni soat 15:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirishlarida qanday imtiyoz va imkoniyatlar bor?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bosh mutaxassisi — Jamshidbek Odilov bo‘ldilar.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Podkast davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

    1. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ikkinchi mutaxassislik ga topshirishda qanday imtiyozlar qo‘llaniladi,
    2. 2023-yil 1-yanvardan “O‘zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi”gi qarorlarida Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmsligi belgilab qo‘yilgan. Aynan ana shu masala bo‘yicha 2023 – 2024 o‘quv yili uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
    3. Yakka tartibda o‘qigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham hamma bilan bir xilda imtihon o‘tkaziladimi? kabi va boshqa savollarga javob olishdi.

Oliy taʼlim muassasalariga kirishda sizda yana qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, iltimos Bilim va malakalarni baholash agentligiga bevosita murojaat qiling:

Call-markaz qisqa raqami: 1195
Ishonch telefoni: +998 (95) 199-19-14

Bilim va malakalarni baholash agentligining telegramdagi rasmiy boti: https://t.me/e_dtm_bot va rasmiy kanaliga obuna bo‘ling: @BaholashUz

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

“Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?”

“Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?”

Hurmatli kuzatuvchilar! Joriy yilning 6-iyun kuni soat 17:00 da “Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?” mavzusida sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Podkastning navbatdagi mehmoni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i — O‘G‘ILOY O‘RAZOVA bo‘ldilar.

Powered by RedCircle

 

Podkast tinglovchilari:

1. Qo‘mita nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday ishlarni olib boryapti?

2. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma qanday beriladi.

3. Prezidentimiz tashabusi bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga ajratilgan subsidiya kimlarga berilyapti kabi va boshqa savollarga javob olishdi.

Vebsayt: http://xotin-qizlar.uz

Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan bog‘lanish uchun: Telefon: 71 202-10-76

 Ruhiy zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun qisqa ishonch telefon 1146

 

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosatdagi o‘rni qanday?

Podkast: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosatdagi o‘rni qanday?

Barchaga maʼlum 2023-yil 23-may kuni soat 15:00 da “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SIYOSATDAGI O‘RNI QANDAY?” mavzusida Sharoit+ podkasti bo‘lib o‘tdi.

Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmoni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari — Firuza Muhammadjonova bo‘ldilar va “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SIYOSATDAGI O‘RNI QANDAY?” mavzusidagi barcha savollarga javob berdilar. Podkastimizda quyidagi savollarga javob oldik:

  1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy faolligi qay darajada?
  2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar deputat va Senat darajasiga saylanishi qachon bo‘ladi?
  3. Milliy tiklanish partiyasi qanday tashabbus ko‘rsatmoqda?
  4. Partiada ayollar va yoshlar qanoti bor ekan? Bu qanotlarda qanchalik nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘shilgan?

Firuza Muhammadjonova Shu va shu kabi savollarga to‘liq ijobiy javob berdilar. Podkast tinglovchilari ham o‘z o‘rnida o‘z taklif va mulohazalari bilan bahamlashdilar. Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lashmoqchi bo‘lsangiz, bilingki biz hamisha ochiq va shaffofmiz. Sharoit+ bilan birga bo‘ling va hamjihatlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratilishiga hissangizni qo‘shing.

Sizni shu mavzu qiziqtirsa podkastimizni eshitib chiqishni tavsiya qilamiz.

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

Powered by RedCircle