O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish ishlari qanday olib borilmoqda?

2023-yil 31-may kuni soat 15:00 da 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va BMT ning bolalar fondi (UNICEF) bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish ishlari qanday olib borilmoqda?» mavzusida Sharoit+ podkast bo‘lib o‘tdi.

Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ota-onalarning tashabbuskor guruhi yetakchisi — Ikromova Shahnoza Maqsudovna O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilish ishlari qanday olib borilmoqda? mavzusida podkast bo‘lib o‘tdi. Podkast mehmoni nogironligi bor bolalar ota-onalari tashabbus guruhi yetakchisi Shahnoza Ikramova bo‘ldilar. Podkast davomida, nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlari, jumladan, inklyuziv taʼlim sog‘liqni muhofaza qilish, ularni jamiyatga qo‘shish va boshqa masalalar yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Podkast tinglovchilari ham o‘z o‘rnida o‘z taklif va mulohazalari bilan bahamlashdilar. Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lashmoqchi bo‘lsangiz, bilingki biz hamisha ochiq va shaffofmiz. Sharoit+ bilan birga bo‘ling va hamjihatlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratilishiga hissangizni qo‘shing.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

16-soni: Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi 2022-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?

16-soni: Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi 2022-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?

30-dekabr 2022-yilning Sharoit+ podkast oxirgi 16-soni mehmoni Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Raximova tashkilotimiz yil davomida olib borilgan ishlar natijalarini sarhisob qiladilar va 2023-yilga qilinayotgan rejalar bilan tanishtiradilar.

2022 yil ham o‘tdi. Albatta barcha tashkilotlar, shu jumladan Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi ham o‘z faoliyatini sarhisob qilishi tabiiy. Shu maʼnoda 2022-yil 30-dekabr kuni «Sharoit+» podkast mavzusi bugungi kunda enga mashhur nogironlar jamoat birlashmalaridan deb eʼtirof etilayotgan tashkilot Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» NJBning o‘tgan yilda erishgan natijalari va amalga oshirgan loyihalari mavzusiga bag‘ishlandi.

Podkast spikeri sifatida ishtirok etgan birlashma raisi Raximova Muhabbat Axrarovna tashkilotda olib borilayotgan faoliyat va kelajakdagi istiqbolli rejalar haqida so‘zladilar. Podkast tinglovchilari ham o‘z o‘rnida o‘z taklif va mulohazalari bilan bahamlashdilar. Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lashmoqchi bo‘lsangiz, bilingki biz hamisha ochiq va shaffofmiz. Sharoit+ bilan birga bo‘ling va hamjihatlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratilishiga xissangizni qo‘shing.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

15-soni: Yangi konstitutsiyamizda nogironlik masalalari qanday aks ettirilyapti?

15-soni: Yangi konstitutsiyamizda nogironlik masalalari qanday aks ettirilyapti?

9-dekabr «Sharoit+» podkastimizning 15-soni mehmonlari O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi – Oybek Isoqov va raisi o‘rinbosari – Abdulla Abduhalilovlar bo‘lishdi.

Hurmatli yurtdoshlar! 9 dekabr (juma), kuni soat 15:00da Sharoit+ podkast loyihasining 15-soni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlandi. Podkast mehmonlari sifatida taklif qilingan O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi – Oybek Isoqov va O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari – Abdulla Abduhalilovlar bosh qomusimizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirishlar haqida, xususan, bu o‘zgartirishlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday ahamiyatga egaligi to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan bahamlashdilar.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Suhbat davomida qabul qilinishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasida inson huquqlari va umum insoni manfaatlar, jumladan qomusimizga kiritilishi kutilgan nogironlik masalalari aks etgan moddalar bayoni kabi yo‘nalishlarda maʼlumot berildi.

Konstitutsiyamiz matni bilan shu yerda tanishing: https://constitution.uz/oz

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

14-soni: Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan qilinadigan zo‘ravonliklar qay darajada?

14-soni: Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan qilinadigan zo‘ravonliklar qay darajada?

2-dekabr «Sharoit+» podkastimizning 14-soni mehmoni Toshkent Davlat Yuridik Universiteti dotsenti, hamda gender tengligi bo‘yicha mutaxassis — Aliyeva Kamola Ravshanovna bo‘ldi.

Hurmatli do‘stlar! O‘zingizga maʼlumki, shu kunlarda yurtimizda ayollarga nisbatan bo‘luvchi zo‘ravonlikka qarshi kurashish kunlari o‘tmoqda. Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi ham bu tashabbusga qo‘shilgan xolda, bir qancha amali ishlarni bajarmoqda. 2-dekabr kuni soat 17:00 da «Sharoit+» podkast loyihasida shu mavzu ko‘tarilgani ana shunday qo‘llab-quvvatlash belgisidir. Podkastimizning 14-soniga Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, Yuridik fanlari bo‘yicha Falsafa doktori, Gender tengligi masalalari bo‘yicha mutaxassis Aliyeva Kamola Ravshanovnani mehmon sifatida taklif etdik.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Spikerimiz podkast davomida nogironlik masalalaridan kelib chiqqan tarzda quyidagi savollarga batafsil javob berib o‘tdilar:

  1. Xotin qizlarga nisbatan zo‘ravonlik deganda nimani tushunishimiz kerak va zo‘ravonlikning qanday turlari bor?
  2. O‘zbekistonda xotin qizlarga nisbatan zo‘ravonlik borasida qonunchilikdagi harakatlar qanday va qaysi qonun hujjatlariga asosan zo‘ravonlikning oldi olinishi mumkin yoki javobgarlikka qanday tortiladi?
  3. Muntazam zo‘ravonlikka uchrovchi xotin-qizlarni himoya qilish uchun qanday mexanizmlar bor?
  4. Himoya orderini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
  5. Gender tengligi va zo‘ravonlikka qarshi dunyoqarashga ega bo‘lish uchun qayerlarda treninglar bor?

Kamola Aliyeva mavzuga qiziqish bildirganlarga bir qator milliy va xalqaro xujatlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qildilar va ularni sizlarga yetkazib qo‘yish uchun biz bilan ulashtilar. Bu hujjatlar quyida ilova qilinadi (matn ustiga bosib yuklab olishingiz mumkin):

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

13-soni: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi to‘lanishi borasida qanday yangiliklar bor?

13-soni: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi to‘lanishi borasida qanday yangiliklar bor?

18-noyabr «Sharoit+» podkastimizning 13-soni mehmoni Uchtepa tumani Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to‘lovlarni tashkil qilish sho‘basi katta inspektori— Rixsiyeva Lobar Qobilovna tinglovchilar savollariga javob berdilar.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Spikerimiz podkast davomida nogironlik nafaqasi tayinlash haqidagi quyidagi savollarga batafsil javob berib o‘tdilar:

  1. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari farzandlarga olib 18 yoshga to‘lgach to‘xtatib qo‘yilganlar farzandlari o‘qishni davom ettirayotgan bo‘lsa qaysi tartibda tiklab beriladi va bu ishlar kim tomonidan bajariladi?
  2. Nogironlik pensiyalarini qayta hisoblash tartibi qachondan amalga oshiriladi?
  3. Fuqarolarni o‘zini uzi band qilish to‘g‘risida qarorga muvofiq fuqarolar bitta minimal ish haqqi miqdorida soliq tulab staj sotib olishi to‘g‘risida ko‘p gap so‘zlar bo‘ldi ancha fuqarolar soliq to‘lab stajga ega bo‘lib pensiya taʼminotidan foydalanishayotgan edi endi bu jarayon to‘xtatiladimi?
  4. MDH davlatlaridan ko‘chib kelayotgan nogironligi bor fuqarolar pensiya taʼminoti to‘g‘risida tushuntirish bering.
  5. Bola puli masalasi muammoli dolzarb masala bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida gapirib bering.

 

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

12-son: Nogironligi bo’lgan shaxslar ham avtomobil haydashlari mumkinmi?

12-son: Nogironligi bo’lgan shaxslar ham avtomobil haydashlari mumkinmi?

28 oktyabr soat 15:00da Sharoit+ podkast 12-soni mehmonlari “Toshshaharxizmat o‘quv ishlab chiqarish markazi” rahbar o‘rinbosari — Mo‘minov Rustam Saydullayevich va metodist o‘qituvchi — Sobitov Zoxir Salixovichlar spiker sifatida ishtirok etishdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Mehmonlarimiz «Nogironligi bo‘lgan shaxslar ham avtomobil boshqarishlari mumkinmi?» mavzusi doirasida quyidagi savollarga javob berishdi:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar qanday qilib haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin va qanday hujjatlar talab etiladi?
  • Haydovchilik guvohnomasini olishda o‘qish uchun qanday imtiyozlar bor?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qabul qiluvchi tegishli muassasalar haqida qayerdan maʼlumot olish mumkin?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar xususan karlar uchun haydovchilikka o‘qish jarayonida qanday sharoitlar yaratilgan?  Ular alohida guruh tashkil qilish orqali o‘qitiladilarmi yoki nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan aralash tarkibda o‘qitiladilarmi?

Eslatib o‘tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz Telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.