11-son: Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha inklyuziv ta’lim qanday tashkil etilyapti?

11-son: Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha inklyuziv ta’lim qanday tashkil etilyapti?

14-oktabr «Sharoit+» podkastimizning 11-soni bo’lib oʻtdi. Unda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga qarashli 574- sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Ortiqova Dono Tojixoʻjayevna. ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Hurmatli do‘stlar, Siz bo‘lib o‘tgan ochiq suhbat davomida respublikamizda nogironligi boʻlgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar, ular uchun amal qilayotgan imtiyozlar, qollanilayotgan metodlar va boshqa tegishli mavzular toʻg’risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Shu jumladan quyidagi savollarga mutaxassisdan javob olishingiz mumkin:

  1. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalarida inklyuzivlikni taʼminlash qanday bo‘lmoqda?
  2. Respublikada nechta maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda?
  3. Nogironligi bo‘lgan bolalarni qaysi tartibda maxsus bog‘chalarga joylash mumkin?
  4. Mazkur bog‘chalarda qanday imtiyozlar bor?
  5. Avvallari, masalan, mutlaq ko‘zi ojiz bolalar maxsus internat qoshidagi bog’chaga qabul qilinar edilar, ammo bilishimizcha bugungi kunda bu bog‘cha negizida tayyorlov sinflarini nol sinflari tashkil etilgan. Endi bu kabi nogironlikka ega bolalarning ota onalari qayerga murojaat qilishlari mumkin?
  6. Maʼlumki barcha idoralarda taklif va shikoyatlarni yo‘llash uchun ishonch telefonlari bor, bu sohada ota-onalar qayerga va qanday qilib murojaat yo‘llashlari mumkin?
  7. Tinglovchilar tomonidan beriladigan savollar.

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda nogironligi boʻlgan farzandingizni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylash jarayonlarida muammo yoki savollar bo‘lsa Dono Ortiqovaning: +998 (93) 393-57-57 shaxsiy telefon raqamiga yoki Maktabgacha ta’lim vazirligining ishonch telefoniga: (71) 207-04-07 murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

10-son: Nogironligi bo‘lgan shaxslar «VAQF» xayriya jamoat fondi tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanyapti?

10-son: Nogironligi bo‘lgan shaxslar «VAQF» xayriya jamoat fondi tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanyapti?

1 oktabr kuni «Sharoit+» podkastimizning o’ninchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon sifatida «Vaqf» xayriya jamoat fondi matbuot xizmati rahbari Saidabror Umarov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Hurmatli do‘stlar, Siz «Nogironligi bo‘lgan shaxslar «VAQF» xayriya jamoat fondi tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanyapti?» mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:

  1. “Vaqf” xayriya jamoat fondining ilk va bugungi kundagi faoliyati to‘g‘risida. Ilk davrdan bugungi faoliyat nimasi bilan farq qiladi?
  2. Bugungi kunda, fond tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar ish faoliyatiga jalb etilganmi?
  3. So‘ngi yilda, necha nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga fond tomonidan moddiy yoki ashyoviy yordamlar berilgan?
  4. Nogironligi bo‘lgan muhtojlar qay tartibda fond tomonidan yordam berilishi uchun murojaat qilishlari belgilangan?
  5.  Yurtimizda joylashgan jome masjidlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoit yaratilishida hamkorlik qilishimiz qanchalar mumkin?- Shu haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda sizda jome masjidlari bilan bog’liq muammolar bo‘lsa: +998 (71) 201-02-72 telefon raqamiga yoki «VAQF» xayriya jamoat fondi saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

9-soni: Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etilyapti?

9-soni: Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etilyapti?

s«Sharoit+» podkastimizning to’qqizinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining Inklyuziv ta’lim laboratoriya bo‘limi metodisti Sulton Mo‘minov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Hurmatli do‘stlar, Siz «Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etilyapti?» mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:

  • Umum ta‘lim maktablariga qanday nogironligi bo‘lgan bolalar va necha yoshdan qabul qilinadi?
  • Nogironligi bo‘lgan bolalar ta‘lim olishi uchun komissiya yo‘llanmasi shartmi?
  • Maxsus ehtiyojli bolalar uchun qanday qilib sog‘lom psixologik muhit yaratiladi?
  • Inklyuziv va korreksion sinflar qaysi maktablarda mavjud?
  • Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun uy ta’limi ta’minlanadimi?
  • Shu haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’limi haqida savol, taklif va shikoyatlar bo‘lsa ularning ota-onalari bevosita Inklyuziv ta’lim laboratoriya bo‘limi metodisti Sulton Mo‘minovga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +998 (94) 643-25-34.

Shuningdek, Respublikamizda tashkil etilayotgan Inklyuziv ta’lim sinfi va boshlang’ich tayanch korreksion sinf pedagogik jamoasiga metodik yordam ko‘rsatish uchun tashkil etilgan Telegram guruhidan ham barcha kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Telegramdagi guruhga qo‘shilish uchun havola: https://t.me/inklyuziya

Quyida umumta’lim maktablariga tayyorgarlik ko‘rish uchun nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun Respublika Tashxis Markazi tomonidan tayyorlgangan qo‘llanmalarni yuklab olishingiz mumkin (havolani ustiga bosing):

 

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

8-son: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga qanday ko‘maklashilyapti?

8-son: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga qanday ko‘maklashilyapti?

«Sharoit+» podkastimizning sakkizinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Temur Mahmudov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov.

Hurmatli do‘stlar, Siz «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga qanday ko‘maklashilyapti?» mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:

  • Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashishda qanday muammo va kamchiliklar borligi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashish sohasidagi muammolari bartaraf etish uchun shu yil qanday ishlar amalga oshirilyotgani;
  •  31-avgust «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalari hukumat qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjat qanday imkoniyatlarni yaratadi, shu haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda sizda ishga joylashish bilan bog’liq muammolar bo‘lsa: +998 (90) 818-07-08 www.ishplus.uz telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

7-son: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarda davolanish va dam olishdagi imkoniyatlari

7-son: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarda davolanish va dam olishdagi imkoniyatlari

«Sharoit+» podkastimizning yettinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarini sanatoriyda sog‘lomlashtirishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Eldor Obloqulov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.

Hurmatli do’stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyalarda davolanish va dam olishdagi imkoniyatlari» mavzusida bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sanatoriyalar borish tartibi qandayligi, bu borada nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchiligimizda qanday imtiyozlar belgilanligi;
  •  Nogironligi bo‘lgan shaxslar nechi yilda bir sanatoriyalarda borishi mumkinligi va sanatoriyalarga biror yaqini (qarovchisi) bilan borishlari;
  • 1- va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yilda necha marotaba sanatoriyalarga borishi mumkinligi;
  •  Qanday hollarda sanatoriyalarga yo‘lanma berish rad etilishi haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda sizning sanatoriyalar masalasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi yoki uning hududiy bo’linmalariga murojaat etganingizda arizangiz asossiz rad etilsa +998 (71) 241-04-13 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.

6-son: Nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?

6-son: Nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?

«Sharoit+» podkastimizning oltinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon Yoshlar ishlar agentligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Sultonov bo’ldi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Powered by RedCircle

Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.

Hurmatli do’stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlanyapti?” mavzusida bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:

  •  Yoshlar ishlar agentligi tomonidan nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida hozirga qadar qanday ishlar amalga oshrilganligi va bu masalada Agentlik qanday vakolatlarga egaligi;
  •  «Yoshlar daftari» nima va nogironligi bo‘lgan yoshlarga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
  • Nogironligi bo‘lgan yoshlar muammolarini hal qilishda viloyat, tuman va qishloqlardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar negadir Agentlik e’tiboridan chetda qolib ketayotganligi;
  •  Nogironligi bo‘lgan yoshlarni imtiyozli kredit yoki subsidiya asosida uy harid qilishida Agentlikning vakolati masalasi va boshqa savollar yuzasidan savollarga javob topishingiz mumkin.

 

Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizga istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.