Iyul 13, 2022 | Podkastlar
«Sharoit+» podkastimizning beshinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon AJ «Toshshahartransxizmat» Yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Saida Raximbabayeva ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.
Hurmatli do’stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning shahar avtobuslaridan foydalanish imkoniyatlari qanday?” mavzusida bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:
- Nechta avtobuslar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi;
- Eshitishda no’qsoni bor va ko‘zi ojiz yo‘lovchilarga qanday qulayliklar yaratilganligi;
- Hozirgi kunda bekatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan qulayliklar haqida;
- Avtobuslarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qaday imtiyozlar borligi;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtobuslarda foydalanishda haq-huquqlari buzilganda qayerga murojaat qilishlari kerakligi haqidagi va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar! Agarda siz jamoat transporti (avtobuslar)dan foydalanish paytida haq-huquqingiz buzilsa AJ «Toshshahartransxizmat»ning 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
Iyul 9, 2022 | Podkastlar
«Sharoit+» podkastimizning to’rtinchi soni bo’lib o’tdi. Unda mehmon Davlat test markazi Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.
Hurmatli do’stlar, Siz Oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlanganligi va nogironligi bo’lgan abiturentlarning mazkur jarayonlardagi ishtiroki yuzasidan bo’lib o’tgan mazkur suhbat davomida:
- Nogironligi bo‘lgan abiturentlar uchun bu yil qancha kvota ajratilganligi va bu yilgi test sinovlarida qanday yangiliklar kutilayotganligi;
- Nogironligi bo‘lgan abiturentlardan OTMga kirishda qanday hujjatlar talab etilishi va bu hujjatlarni topshirishda oliygohga borish yoki bormasligi;
- Nogironligi bo‘lgan abiturentlar uchun qanday imtiyozlar mavjudligi;
- Bu yilgi test sinovlarida nogironligi bo‘lgan abiturentlarning test sinovlarida ishtirok etishlari uchun qanday sharoitlar yaratilayotganligi hamda tinglovchilarimiz tomonidan berilgan shu va boshqa savollar yuzasidan javob olishingiz mumkin.
Hurmatli abituriyentlar! Yurtimizdagi Oliy ta’lim muassalariga o’tgan yilgi kirish ballari bilan https://mandat.dtm.uz/ manzilida batafsil tanishishasiz.
Eslatib o’tamiz. Podkastimizni onlayn tarzda tinglay olmagan bo‘lsangiz telegram kanalimizda istagan vaqtingizda kirib eshitishingiz mumkin.
Iyun 11, 2022 | Podkastlar
«Sharoit+» podkastimizning uchinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish departamenti direktori – Xudaykulov Nazirjon ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi: Lochinbek Xudoyorov
Hurmatli do‘stlar, Siz “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sportdagi ishtiroki qanday?” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:
- Paralimpiya sport turlari ichiga qanday sport turlari kirishi hamda bu sport turlari bo‘yicha federatsiya yoki uyushmalar mavjud bo‘lsa ularga qanday a’zo bo‘lish mumkinligi;
- Paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoaga sportchilar qanday talablarga ko‘ra saralab tanlanishi;
- Surdlimpiya o‘yinlari g‘oliblari qachondan boshlab Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar kabi munosib e’tirof etilishi shuningdek shu va boshqa savollar yuzasidan javob olishingiz mumkin.
Hurmatli nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz! Agarda sizni sport bilan shug’ullanishingizda biror to’siq yoki qarshiliklar bo‘lsa unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining quyidagi (71) 239-17-36 yoki (71) 239-12-19 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
May 31, 2022 | Podkastlar
«Sharoit+» podkastimizning ikkinchi soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili – Aliya Yunusova ishtirok etdi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi Lochinbek Xudoyorov.
Hurmatli do‘stlar, Siz “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan mazkur suhbat davomida:
- Hozirgi kunda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar soni va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Bolalar Ombudsmani tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar;
- Nogironligi bo‘lgan bolalarni huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb muammolar;
- Inklyuziv ta’lim va uni rivojlantirshdagi takliflar;
- Huquqlari buzilgan nogironligi bo‘lgan bolalar (ularning ota-onalari);
- Bolalar ombudsmaniga qanday tartibda murojaat qilishlari hamda tinglovchilarimiz tomonidan berilgan shu va boshqa savollar yuzasidan javob olishingiz mumkin.
May 29, 2022 | Podkastlar
“Sharoit+” podkastimizning 2022 yildagi ilk soni bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i – Umarali Nazarmatov ishtirok etdi va tinglovchilarning savollariga javob berdi.
Powered by RedCircle
Podkast boshlovchisi: Lochinbek Xudoyorov.
Jonli suhbat 1 soat davomida bizning telegram kanalimizda ovozli chat orqali bo‘lib o’tdi. Siz mazkur jonli suhbat davomida:
- Oxirgi yillarda nogironlikni belgilash tartibida qanday o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilganligi;
- Nega bizning respublikamizda nogironligi bo‘lgan insonlar soni statistika bo‘yicha pastligi;
- Nogironlikni belgilashdagi muammolarni hal etish maqsadida qanday ishlar bajarilganligi;
- Adliya vazirligi tomonidan aniqlagan sohadagi muammolar qanchalik bartaraf etilganligi;
- Nogironlik guruhlari va ularning imtiyozlari haqida;
- Nogironlikni belgilash uchun davolanish va protez ortopediya buyumlari;
- Nogironlik guruhini umrbod qilish masalasi;
- Nogironlik guruhi berilmaganida kimga murojaat qilish kerakligi;
- Hamda normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlanganligi haqida so‘z bordi.
- Nogironlikni belgilash mavzusidagi boshqa savollar va mutaxassis bergan javoblar bilan tanishishingiz mumkin.
Tinglovchilarimizdan juda koʻp savollarni qabul qildik, ammo afsuski mehmonimiz vaqti cheklanganligi tufayli barchaga savollarga javob berolmadik. Qolgan savollaringizni mutaxassislarning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin.
📞 Tel: +998 (90) 176-79-21 (Umarali Nazarmatov – Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i)
☎️ Call-markazi qisqa raqami: 1246
Podkastlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.