Yandex kompaniyasi “SHAROIT PLYUS” bilan doimiy xayriya dasturini ishga tushirdi

Yandex kompaniyasi “SHAROIT PLYUS” bilan doimiy xayriya dasturini ishga tushirdi

Joriy yilning 22-iyun kuni “InterContinental” mehmonxonasida Yandex kompaniyasi hamkorlari bilan uchrashuv anjumanini o‘tkazdi. Kompaniyaning xayriya dasturi O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun Yandex Go ilovasida sayohatlar va yetkazib berish xizmati imkoniyatini ochadi.

22-iyun kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Yandex Go kompaniyasining xalqaro bozorlarda hukumat bilan aloqalar bo‘yicha direktori Yevgeniy Shumilov xayriya dasturi tafsilotlari haqida gapirib berdi:

“Yandeks Go xizmati turli ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi biz uchun muhim. Misol uchun, sayohatga buyurtma berishda maxsus imkoniyatlar boʻlimi allaqachon mavjud boʻlib – siz yoʻlovchining nogironlar aravachasida ekanligini yoki zaif eshituvchi ekanligini belgilashingiz mumkin. Haydovchi bu haqda ma’lumotni oldindan koʻradi va yordam berishi mumkin. Endi biz uchun yana bir muhim loyiha boshlanmoqda – xayriya tashkilotlari va ularning benefitsiarlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha doimiy dastur. Biz ehtiyojmand ahohli qatlamiga yordam berish uchun resurslarimiz va texnologiyamiz foyda berishidan mamnunmiz. Umid qilamizki, ushbu dastur jamg‘armalarning benefitsiarlariga tezroq mutaxassis yordamini olish, davolanish va zarur qulayliklar bilan ishlash imkonini beradi”.

Yevgeniy Shumilov, Yandex Go xalqaro bozorlarida davlat organlari bilan ishlovchi mutaxassis

2022-yil oktyabr oyidan boshlab Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi har oy Yandex Go bilan kelishilgan byudjet asosida sayohatlar va yetkazib berish xizmati uchun promokodlar oladi. Ushbu promokodlarni bizning tashkilotimiz joriy transport ehtiyojlariga qarab ishlatamiz va ushbu xizmatdan xodimlarimiz, tuli xil xizmat oluvchilarimiz Yandex Go ilovasi orqali foydalanishlari mumkin. Xayriya dasturi har qanday tarif bo’yicha sayohatlar va yetkazib berish uchun amal qiladi.

“Inklyuziv jamiyatni yaratish vazirlik oldidagi muhim maqsaddir. U infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda barcha fuqarolar uchun atrof-muhitdan foydalanish imkoniyatini oshirishni o‘zida mujassam etgan. “Yandeks” loyihasi korxonalarning ushbu maqsadga hissa qo‘shish va umumiy manfaatga sarmoya kiritishga tayyorligini namoyish etadi. Jamg’armalarga xayriya sayohati va yetkazib berish xizmatini taqdim etish orqali kompaniya yanada inklyuziv jamiyatga faol hissa qoʻshmoqda. Bu ham xayriya sohasidagi tizimli ishlarning muhim namunasidir, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Erkin Muxitdinov.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mehnat va ijtimoiy himoya qo‘mitasi vakili Yelena Aleksandrova

«Xayriya sohasiga katta hissa qo‘shayotgan kompaniya bu-eng faol Yandex kompaniyasidir. Prezidentimiz tomonidan ham ijtimoiy himoya tizimiga alohida eʼtibor qaratilyapti. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bir qobiqqa o‘ralib qolishi yoki jamiyatga qo‘shilmasligini asosiy sababi bu tashqi sharoitlardir. Jamiyatdagi muammolar infratuzilmalarni talabga javob bermasligi ularni qobiqqa o‘rab qo‘yadi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mehnat va ijtimoiy himoya qo‘mitasi vakili Yelena Aleksandrova va kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini bildirib xayriya dasturini doim qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘z nutqiga yakun yasadi.

Yandex Go xalqaro ijtimoiy loyihalar rahbari Svetlana Voronina «Imkoniyatlar ekrani» taqdimoti jarayonida

2023-yil aprel oyida Yandex Go ilovaqsida maxsus “Imkoniyatlar ekrani” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun taksi xizmatni yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga qadar ushbu imkoniyatlar ekrani parametridan foydalanuvchilar soni 15 mingdan ortmoqda. 47% zaif eshituvchilar, 41% ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar, 17% jismoniy nogironlik yaʼni nogironlik aravachasidan foydalanuvchi shaxslar foydalanishgan.

«Eng quvonarlisi haydovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilganda 80% haydovchilar nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashga rozi bo‘lishgan. Sababiki, nogironligi bo‘lgan shaxslar ham jamiyatga qo‘shilib nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan teng va erkin muloqot qilishlarini taʼminlashga ko‘maklashishni istashdi. Yaqin orada xayriya sifatida promokod orqali yetkazib berish xizmatlarida ham foydalanish yo‘lga qo‘yilishini aytib, har bir hamkor tashkilotlariga bir oyda 32 mln so‘m ajratishga tayyormiz bu boshlanishi, – dedi Yandex go xalqaro ijtimoiy loyihalar rahbari Svetlana Voronina.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a’zosi Ulug’bek Mamatxanov Yandex kompaniyasiga minnatdorchilik bildirib, tashkilot loyihalari bilan tanishtirib o‘tdi. Nafaqat xodimlarga balki aʼzolar uchun imtiyozli promokodlar ajratishlarini alohida eʼtirof etib bunday hamkorlikdan mamnunlik bilan “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati tomonidan chuqur minnatdorchilikni bildirdi.

Ulug’bek Mamatxanov, Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a’zosi

Yandex va «SHAROIT PLYUS» o‘rtasida xayriya dasturi bo‘yicha hamkorlik sertifikati imzolanib esdalik sovg’a bilan taqdirlandi

Yandex kompaniyasining O‘zbekistondagi xayriya dasturi doimiy bo‘lib, endi unga to‘rtta nodavlat notijorat tashkilot ulangan: Ezgu Amal, ONA, SHAROIT PLYUS va KAPALAK BOLALAR.

«SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi aʼzolari akvariumga sayohat qilishdi

«SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi aʼzolari akvariumga sayohat qilishdi

2023-yil 16-iyun kuni Magic citydagi “Akvariumga” Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi aʼzolari tashrif buyurishdi. Tashkilotimiz a’zolari madaniy xordiq olishlari va o‘zaro muloqot qilishlari, bir-birlariga bilmaganlarini o‘rgatib, fikr almashishni taʼminlashga qaratildi.

Atlantika shahri uslubida bo‘lgan, O‘zbekistondagi birinchi akvarium desak yanglishmagan bo‘lamiz albatta. Tashrif buyuruvchi nogironligi bo‘lgan a’zolarimiz suvosti dunyosining ajoyib mo‘jizasini topishdi, bu yerda har bir yuzlab ajoyib mavjudotlarni kashf etish mumkin. Magic Akvarium o‘ziga xos suvosti muzeyi bo‘lib, unda tirik eksponatlar mavjud. Ular esa dengiz muhiti “aholisi”dir. Akvarium barchani hayratda qoldiradigan, eng qizig‘i 20 metr uzunlikdagi noyob suvosti tunnelidir. Bu esa tashrif buyuruvchilar va baliqlar o‘rtasidagi aloqa mavjudligi hissiyotining taʼsirini taʼminlaydi.

Baliqlarning ko‘pchilik turlari maydaligi, ajoyib qiyofasi va ajoyib rangi bilan boshqa baliqlardan ajralib turadi. Birlashma aʼzolarini ham eʼtiborini tortgan narsa ham rang-barang jilokor baliqlar bo‘ldi. Dengiz baliqlarini akvariumda ko‘paytirish qiyin. Akvarium baliqlari ga karpsimonlar (barbuslar, danio, kardinal, neonlar, tetralar, gambu-ziya, guppi, platipesil, afiosemionlar va boshqa) baliq turlari mavjudligini ko‘rib insonni kayfiyati ko‘tariladi.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbari va aʼzolari nomidan Magic city “Akvarium” rahbariyatiga va xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusi ishlarida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz ham birlashmamiz a’zosi bo‘lishni istasangiz ushbu onlayn anketani havola orqali to‘ldiring: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#membership-form  A’zo bo‘lish haqida savollaringiz bo‘lsa Jamoatchilik bilan ishlash koordinatori Sofiya Akramova bilan bog’laning:  Telefon: +998 (99) 833-83-14

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn institutida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun seminar – trening tashkil qilindi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn institutida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun seminar – trening tashkil qilindi

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi www.ishplus.uz loyiha koordinatorlari 2023-yil 17-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn institutida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun seminar – trening tashkil qildi.

Treningda 20 ta nogironligi bo‘lgan talabalar ishtirok etishdi. Talabalar va ularning ota-onalari, o‘qituvchilar tomonidan iliq kutib olingan ishplus loyiha surdotarjimon hamda koordinatorlar va kutilgan hamda kutilmagan savollarga to‘liq javob berishdi. Trening qatnashchilari orasida zaif eshituvchilar va ularning ota-onalari savol-javoblarda faollik bilan qatnashib, hattoki ular nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashishdagi huquqlarini bilmasliklarini angladik.

Trening o‘tkazishdan asosiy maqsadimiz: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat huquqlari borasidagi imtiyozlar haqida tushuncha berish rezyume yaratish va ish izlashning samarali usullaridan foydalanish shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni www.ishplus.uz veb-portalidan foydalanish haqida talabalarga maʼlumot berish. Bilamizki, www.ishplus.uz rekruting veb – portali xizmatlari.

Ish beruvchilarga:

  1. Munosib nomzod topib berish,
  2. Konsultatsiya berish,
  3. Ish joyini moslashtirishda yordam berish (sharoitlar monitoringi),
  4. Seminar trening o‘tkazish.

Ish izlovchilarga:

  1. Munosib vakansiyalar, amaliyot va o‘quv kurslarni topishda yordam berish,
  2. Ish topishda yordam berish (rezyume tayyorlash, intervyuga tayyorlash),
  3. Mehnat huquqlarini himoya qilish,
  4. Mehnat kuzatuvini amalga oshirish, kabi bir qancha yo‘nalishlarni o‘z oldiga vazifa qilib olgan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlar. Shuningdek samarali ish izlash, o‘z rezyumeylarini yaratish ochiq mehnat bozorida o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rnini topish, Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlari va imtiyozlari, Rezyume yaratish va ish izlashning samarali usullari mavzularida qizg‘in bahs – munozaralar olib borildi. Zaif eshituvchi ishtirokchilarga taʼlim muassasalarida surdotarjimonlar yetishmasligi, bilim va maʼlumot olish boshqa turdagi insonlarga qaraganda qiyinligi sababdan rezyume nima ekanligini bilishmasligi va uni qay tartibda yozilishi kerakligini bilishmagani bizni hayron qoldirdi. Rezyume yaratishni bosqichma – bosqich o‘rgatildi.

Trening davomida ishtirokchilar orasida bir necha qiziq savollar ham uchradi zaif eshituvchilar bitirgandan so‘ng maxsus maktab internatlarda o‘qituvchi bo‘lib dars berishga huquqlari bormi? – degan savollar va shuningdek hozirgi kunda malaka oshirishi yaʼni pedagogik soha uchun qanday imtiyozlar bor? – degan savollar bo‘ldi. Eng dolzarb savollardan biri bu maktab yaʼni (o‘rta taʼlim) va kollejda (o‘rta maxsus taʼlim ) hamda oliy taʼlimda imo – ishora tili tarjimoni yo‘qligi tufayli o‘quvchi va talabalarning saviyasi juda pastligini aytib o‘tishdi.

Trening so‘nggida ishtirokchilar tomonidan Taʼlim muassasalarida imo – ishora tili tarjimonlari bo‘lishi va boshlang‘ich sinflardan imo – ishora tili o‘rgatilishi, har bir tashkilotlarda zaif eshituvchilar uchun alohida shtatlar ochilishi, magistraturada o‘qish uchun imtiyozlar berilishini taklif sifatida aytib o‘tishdi.

Inklyuziv mehnat amaliyotlarini targ’ib qiluvchi ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” bo‘lib o‘tdi

Inklyuziv mehnat amaliyotlarini targ’ib qiluvchi ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent shahridagi “Panarams” mehmonxonasida gibrid formatdagi Ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” bo‘lib o‘tdi. Forum Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan taʼminlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Forumda davlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ularning yuridik va kadrlar bo‘limi (HR) mutaxassislari hamda o‘rta va kichik biznes vakillari nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan taʼminlash muammolari bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilib, yechim va takliflar bilan bo‘lishishdi.

Forum yurtimizda inklyuziv ish bilan taʼminlashning muvaffaqiyatli holatlarini taqdim etish orqali ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan arizachilarga nisbatan qarashlarini o‘zgartirish, inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiyalar va imtiyozlar haqida xususiy sektorlar xabardorligini oshirish va mahalliy media platformalari orqali aholining inklyuziv bandlik haqidagi xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, o‘tkazilgan muhokamalar asosida ishlab chiqilgan tahliliy eslatma O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi Baxodir Umurzakov

Ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum”ining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi Baxodir Umurzakov hamda «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash maxsus veb-portali ishplus.uz» loyihasi rahbari Dilmurod Yusupov nutq so‘zladilar.

«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash maxsus veb-portali ishplus.uz» loyihasi rahbari Dilmurod Yusupov

“Yandeks Go” ijtimoiy loyihalari rahbari Svetlana Voronina SHAROIT PLYUS bilan hamkorlikda amalga oshirilgan turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Yandex Taxi ilovasini moslashtirish haqida gapirdi. Joriy oyda usbu xizmat Oʻzbekistonning barcha shaharlarida sinov rejimida nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar ekrani paydo boʻldi. Yandex Go ham tadbirni qo‘llab-quvvatlab, asosiy homiylardan biriga aylandi.

“Yandeks Go” ijtimoiy loyihalari rahbari Svetlana Voronina taqdimot jarayonida

Forum ochilishidan so‘ng “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishlab chiqarish sohasida ishga joylashtirishning amaliy tajribasi” mavzusidagi 1-sessiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada bugungi mehnat bozoridagi malakali kadrlarga qanchalik katta ehtiyoj sezilayotgani, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ham maʼlum sohalarda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi, ish joyida maxsus sharoitlar yaratish va, shu orqali, nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad olish imkonini taqdim etish haqida suhbat olib borildi.

«OTABEK WELL TEKSTIL» MChJ Bosh rahbari Otabek Matxalikov

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday subsidiya va imtiyozlar mavjud? Ularga o‘z sohasini va daromad topishlari uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? kabi savollarni davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar va boshqa tegishli idora vakillari muhokama qilib o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Mirsaid Muxtorov savol berish jarayonida

Forumning ikkinchi sessiyasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga kiritishning amaliy tajribasi” ga bag‘ishlandi. Ushbu sessiyada inklyuziv ish bilan taʼminlash borasidagi muvaffaqiyatli holatlar muhokama qilindi va shu o‘rinda nogironlarni ish bilan taʼminlashdagi muammoli masalalar ko‘rib chiqilib, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan taʼminlashdan manfaatdor bo‘lgan yirik, o‘rta va kichik biznes vakillari hamda ularning yuridik bo‘lim va kadrlar bo‘limi xodimlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

2-sessiyada taqdimot qilgan xizmat ko‘rsatish sohasidagi ish beruvchilar

Sessiya yakunida loyiha ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tegishli tashkilot xodimlariga yuzlanib, barcha savollariga javob oldilar. Ko‘plab ish beruvchilar ishplus.uz veb portalidan minnatdor ekanliklarini va yana nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun vakansiyalar berishlarini taʼkidlashdi. Har bir ish beruvchilar nutq so‘zlashganida nogironligi bo‘lgan xodimlari haqida alohida so‘z yuritishdi va bu nutqlar boshqa ish beruvchilarga katta motivatsiya bo‘ladi degan umiddamiz.

Savol-javob paytida

Ushbu forumning 3-sessiyasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni xalqaro tashkilotlarga ishga joylashtirishning amaliy tajribasi” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzu yuzasidan Britaniya Kengashi, Jahon Banki va, shuningdek, UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘z fikrlarini bildirishdi va nogironligi bo‘lgan shaxslarni xalqaro tashkilotlarga ishga joylashtirishdagi muhim omillar haqida nutq so‘zlashdi.

BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi – Sirena Islamova, Kadrlar boʻlimi boshlig’i

Forumning so‘nggi yaʼni to‘rtinchi sessiyasi “Inklyuziv biznes uchun imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib, spikerlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida nutq so‘zladi: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishda ish beruvchilar oldida qanday majburiyatlar bor?

BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Xudoyqul Hafizov, Nogironlik va inklyuziya masalalari boʻyicha mutaxassis

Mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida xususiy sektorlar xabardorligini oshirishda qanday chora tadbirlar olib borilmoqda? kabi savollarga javob berish bilan birga, spikerlar ushbu sohada mavjud muammolarga yechim topish yo‘llariga to‘xtalib o‘tishdi.

«O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishda ish beruvchilar oldidagi majburiyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar” Baxrimurod Juraqulov, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Aholi bandligi boshqarmasi Inklyuziv banlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini bandligiga ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi Bahrimurod Jo‘raqulov

 

Inklyuziv ish beruvchilarni taqdirlash marosimi

 

Ish beruvchilar OAVlarga intervyu berishdi. Suratda: “IMKON BOTTLES” MChJ – Olimjon Ravshanov, Menejer

 

“Le Grande Plaza Hotel” mehmonxonasi – Iya Ergasheva, Kadrlar bo‘limi boshlig’i o‘rinbosari

Suratlar muallifi: Jamshid Boyturayev

Toshkent shahridagi ish beruvchilar uchun inklyuziv mehnat amaliyotlarini targ’ib etuvchi seminar-trening tashkil qilindi

Toshkent shahridagi ish beruvchilar uchun inklyuziv mehnat amaliyotlarini targ’ib etuvchi seminar-trening tashkil qilindi

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi (NJB) tomonidan Toshkent shahridagi ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda davlat tomonidan belgilangan majburiyatlar va ushbu shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlar uchun belgilangan huquq va imtiyozlar bo‘yicha xabardorligini oshirish uchun mehnat organlari bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etildi.

“SHAROIT PLYUS” NJB O‘zbekistonda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini taʼminlashga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada birlashma faollari mahalliy va xalqaro grant beruvchilar tomonidan eʼlon qilinuvchi tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Ana shunday loyihalardan biri 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ajratilgan ijtimoiy buyurtmadir.

Ushbu ijtimoiy buyurtma asosida 2022-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan yaqindan hamkorlikda Toshkent shahridagi aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari ko‘magida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3% miqdorida zaxiralangan ish o‘rinlari, ularga belgilangan huquq va imtiyozlardan xabardor qilish maqsadida 170 ta ish beruvchilar qamrab olindi.

“SHAROIT PLYUS” NJB ning yuqori malakali mutaxassislari, shahrimizda faoliyat ko‘rsatuvchi ish beruvchilar uchun:

  • nogironlikning BMT Nogironlar huquqlari to‘g’risidagi Konvensiyasiga asoslangan tushunchasi va uning modellari,
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan zaxira ish o‘rinlari,
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda davlat tomonidan belgilangan majburiyatlar, jumladan: shu toifa fuqarolarni bandligini taʼminlagan ish beruvchilar uchun davlat tomonidan berilgan kafolatlar, imtiyozlar va boshqa preferensiyalar mavzusida seminar-treningni olib bordilar.

Ushbu treninglar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamkorligida Toshkent shahrining har bir tumanida tashkil etildi. Mazkur treninglarni yuqori malakali mutaxassislar: Muhabbat Rahimova, Dilmurod Yusupov hamda Ulug‘bek Mamatxanovlar o‘tkazganliklari, ish beruvchilar o‘rtasida qizg‘in qabul qilindi. Har bir seminar-trening 4 soatdan davom etib, slaydlar, tarqatma materiallar va interaktiv tarzda o‘tkazildi. Seminar-treninglar jarayonida 80 ga yaqin zaxirallangan bo‘sh ish o‘rni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun taklif etildi. Ushbu vakansiyalar www.ishplus.uz veb-portalidan ro‘yxatdan o‘tgan va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘naltirib kelinmoqda. 2022-yil sentabr oyidan boshlab, 400 dan ortiq zaxiralangan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot veb-portalda chop etilib, 100 ga yaqin ish izlovchilar ish bilan taʼminlandilar.

«Bugungi treningdan judayam katta maʼlumotlar oldim. O‘zimga juda qiziqarli bo‘lgan savollarga javoblar oldim. Eng muhimi bugungi treningimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini taʼminlash asosida bo‘ldi. Trening o‘zgacha shukuhda bo‘ldi. Menga ko‘proq treningda aytilgan maʼlumotlar va savol-javoblar juda yoqdi. Bundan keyin mana shunday fuqarolarga ishonchimiz yanada ortdi», — deydi seminar-treningda ishtirok etgan ish beruvchi, “SHAXRIZODA” MChJ korxona asoschisi.

«Bugungi treningda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish nuqta-nazaridan trening bo‘lib o‘tdi. Treningdan ko‘p narsalarni o‘rgandik va ushbu treningdan olgan bilim-ko‘nikmalarimizni jamiyatda qo‘llash va ushbu bilim-ko‘nikmalarni jamiyatda qo‘llash orqali biz jamiyatdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan salbiy bo‘lgan turli xil stereotiplarni yo‘q qilishga xizmati qiladi deb o‘ylayman. Trening uchun minnatdorchilik bildiraman»,  — deya fikr bildirdi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasasi xodimi Asadov Azizbek.

10 dan ortiq faol ishtirok etgan, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlagan ish beruvchilar tuman aholi bandlikka ko‘maklashish markazlariga davlat tomonidan belgilangan turli imtiyozlar uchun tuman aholi bandlikka ko‘maklashish markazlariga yo‘naltirildi.

“SHAROIT PLYUS” NJB “Ishga marhamat” monomarkazi bilan o‘zaro kelishuv memorandumini imzoladi

“SHAROIT PLYUS” NJB “Ishga marhamat” monomarkazi bilan o‘zaro kelishuv memorandumini imzoladi

Joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi va Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlikning maqsadi Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va ularni ochiq mehnat bozorida munosib ish topishlari uchun har tomonlama ko‘maklashish.

2022-yil sentyabr oyidan boshlab «SHAROIT PLYUS» NJB amalga oshirayotgan www.ishplus.uz loyihasi orqali Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelgan edi. Ushbu foydali va maqsadli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2023-yil 13-aprel kuni ikki tomon o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.

“Ishga marhamat” monomarkazining o‘zaro hamkorlik borasidagi asosiy vazifalari quyidagicha:
  1. Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etadi;
  2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va shuningdek, mehnat bozorida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik ular uchun teng sharoitlar yaratish ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun o‘quv-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish;
  3. Toshkent shahridagi ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga inklyuziv mehnat bo‘yicha mahsus treninglar tashkil etishda yaqindan yordam beradi;
  4. va boshqalar

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining o‘zaro hamkorlik borasidagi asosiy vazifalari:

  1. Memorandum maqsadlariga erishish uchun ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlashda Monomarkazga ko‘maklashish va ular to‘g‘risida doimiy axborot bilan almashish;
  2. Inklyuziv mehnat masalalari bo‘yicha Monomarkaz va boshqa davlat organlari bilan tajriba almashish;
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ochiq mehnat bozorida munosib ish topish jarayonlarida maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uzorqali bevosita ko‘maklashadi va bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar), amaliyotlar va o‘quv kurslari haqida to‘liq ma’lumotlar bazasini shakillantiradi;
  4. Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat guruhlarni tuzish va ushbu guruhlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘qitish uchun Monomarkazga taklif etish;
  5. Toshkent shahridagi ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarga inklyuziv mehnat borasida mahsus treninglar tashkil etadi;
  6. va boshqalar

Memorandumning to‘liq matnini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun birlashma xodimlariga monomarkazdagi “Imkoniyatlar markazi” uchun ajratilgan xonani vaqtinchalik foydalanish uchun amaliy yordam berildi. Hozirgi kunda «Imkoniyatlar markazi»da ”SHAROIT PLYUS» NJB tomonidan 8ta kompyuterlar to‘plamlari bilan jihozlandi va O‘zbekistonda birinchi bor ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Kompyuter operatorlik” kursi tashkil qilindi. Kompyuter o‘quv kursini olib borish uchun o‘qituvchisi vakansiyasi (0.5 stavkaga) e’lon qilingan.

«Imkoniyatlar markazi» xonasi

«Ishga marhamat» monomarkazi kurslari www.ishplus.uz kanallarida e’lon qilinib boradi va kurslar mutlaqo bepul. Kurs yakunlangandan so‘ng, bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan o‘qilgan davr uchun stipendiya va sertifikat topshiriladi. Batafsil ma’lumot uchun dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 17:00 gacha www.ishplus.uz maʼlumot xizmati bilan bog‘laning: +998 (90) 818-07-08.