“SHAROIT PLYUS” NJB aʼzolari Jahon bankining nogironlik masalalariga bagʻishlangan seminarlarda ishtirok etishdi

“SHAROIT PLYUS” NJB aʼzolari Jahon bankining nogironlik masalalariga bagʻishlangan seminarlarda ishtirok etishdi

12-13 oktyabr kunlari “SHAROIT PLYUS” NJB aʼzolari Oʻzbekiston tomonidan 2021-yilda ratifikatsiya qilingan Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT konventsiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini yakunlash masalalarini muhokama qilish boʻyicha Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashkil etgan maslahat seminarlarida ishtirok etdi.

Tadbirga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida “SHAROIT PLYUS” NNT a’zolari taklif etildi. Seminarlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, o‘zaro fikr almashildi.

Tashkilot raisi Muxabbat Rahimova va koordinator Sofiya Akramova Jahon banki mutaxassislari Vlad Grigoras va Cristina-Iulia Vladu bilan

Xususan, oʻzaro muhokamalar chogʻida quyidagi mavzularga asosiy eʼtibor qaratildi:

  • ijtimoiy himoya;
  •  ijtimoiy xizmatlar va mustaqil hayot;
  •  bandlik;
  •  Sog’liqni saqlash;
  •  Foydalanish imkoniyati va harakatchanlik;
  •  Ijtimoiy ishtirok;
  •  Ta’lim;
  •  nogironlar huquqlarini samarali himoya qilish;
  •  nogironlar huquqlarini monitoring qilish;

“SHAROIT PLYUS” aʼzolari: Muxabbat Rahimova, Sofiya Akramova, Yulduz Nigmanova, Goʻzal Raxmatullayeva, Zilola Toshpoʻlatova va boshqa seminar ishtirokchilari.

Yulduz Nigmanova – ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator (www.ishplus.uz loyihasi)

Men tez-tez jamoat transportida, ayniqsa avtobuslarda harakatlanaman. Meni 2-guruh nogironligim bor (jismoniy nogironlik) va shuning uchun avtobuslardan foydalanish men uchun juda katta qiyinchilik tug’diradi. Buning bir qancha sabablari bor:

• avtobuslar bekatlarda to‘xtamaydilar, uzoqroqda to‘xtaydi, shuning uchun unga yetib olishga ulgurmayman;
• Ba’zan avtobuslar nogironligi bor odamlar osongina yiqilishi mumkin bo‘lgan ariq yonida to‘xtaydilar.

Seminarlarda shu va boshqa muammolarni muhokama qildik. Bu masalaga e’tibor qaratilganidan xursandman.

O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun amalda moslashtirilmagan. Nogironlar jamoat transporti uchun to‘lov uchun imtiyozlarga ega bo’lsalar ham, transportlardan o‘zlari foydalana olmaydilar. Bunga zinapoyalar, panduslar va tutqichlarning yo‘qligi, liftlar va boshqa ko‘p narsalar to‘sqinlik qiladi, bu esa mustaqil harakatlanishga to‘siqlik bo‘ladi.

Seminar ishtirokchilari

Zilola Toshpo‘latova –ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinator (www.ishplus.uz loyihasi)

Seminarlarda muhokama qilingan savollar menga juda yoqdi. Xususan, nogironlarni ish bilan ta’minlash va ta’lim olish bilan bog’liq masalalar.

Nogironlarni ish bilan ta’minlash haqida gapirganda, biz darhol stereotiplar va to‘siqlarni eslaymiz. Masalan, ko‘plab nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar shaharda infratuzilma yo‘qligi sababli uylaridan ham tashqariga chiqa olmaydilar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (SIR/INN) ni solishtirish yo‘li bilan olingan ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, “mehnatga layoqatli deb topilgan” 162,2 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslardan atigi 21,1 ming nafari rasman ish bilan band. Bu ro’yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshdagi nogironlarning atigi 6 foizini tashkil qiladi.

«SHAROIT PLYUS» NJB imo ishora tili tarjimoni Go‘zal Raxmatullayeva

Go’zal Shuxratovna – imo ishora tili tarjimoni

Seminar judayam qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa berish masalalariga ham e’tibor qaratdik. Ular uchun moliyaviy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlash ancha qiyin. Bu masala juda muhim. Nogironlar jamiyatning boshqa a’zolari kabi huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Seminarlarning barcha ishtirokchilari

«SHAROIT PLYUS» O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi bo‘yicha hamkorlikni boshladi

«SHAROIT PLYUS» O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi bo‘yicha hamkorlikni boshladi

23-sentabr kuni «SHAROIT PLYUS» NJB a’zolari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Amerika Kengashlari va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi. Yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 10 million AQSh dollarini tashkil etuvchi besh yillik «O‘zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish» (YES) dasturi rasman ishga tushirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2019 yildagi vaziyat tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan yoshlar atigi 7,1 foizi rasman ish bilan ta’minlangan. Ish beruvchilar tomonidan o‘zlarining mehnat qobiliyatlari va salohiyatiga nisbatan stereotiplar va ishonchsizlik tufayli ularga ish topish 4 barobar qiyinroq. Qolaversa, yoshlarning o‘zlari ham mehnat ko‘nikmalarining keskin tanqisligiga ega va ular mehnat bozoriga kirishga tayyor emaslar.

Buning sabablaridan biri maktab o‘quv materiallarining qulay formatdagi – ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun Brayl alifbosi yoki audio versiyasida, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun imo-ishora tiliga tarjima qilingan, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun oson o‘qiladigan formatda kitoblar yo‘qligidir.

“SHAROIT PLYUS” aʼzolari: Ulugʻbek Mamatxonov va Muzaffar Poʻlatov

Nogironligi bo‘lgan shaxslar hozirda bandlik darajasi juda kam. Umuman olganda, nogironligi bo‘lgan yoshlar ish bilan ta’minlash muammosi ta’limning yetishmasligiga bog’liq. Ular uchun, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish uchun kompetentsiyalarga ega bo’lish qiyinroq.

«SHAROIT PLYUS» nogironligi bo‘lgan yoshlarni qamrab olish va qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish yo‘nalishidagi «YES» dasturining hamkori sifatida O‘zbekistonda ish beruvchilarning munosabatini o‘zgartirish va inklyuziv bandlikni rag‘batlantirish ustida ish olib boradi.

«SHAROIT PLYUS» a’zolari: Tashkilot raisi Muxabbat Raximova va SMM mutaxassisi Madina Sholangarova

USAIDning O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashish ko‘nikmalarini shakillantirish dasturi xalqaro ta’lim bo‘yicha «SHAROIT PLYUS», Amerika kengashlari (yetakchi tashkilot), World Learning, Tech4Impact shuningdek, Ergo Analytics kabi hamkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Dasturning asosiy maqsadi – 8-11-sinf o’quvchilarini maktab va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda, shuningdek, amaliy, tajribaga asoslangan o‘quv dasturlari va o‘quv amaliyotlarining sifati va dolzarbligini oshirish orqali yoshlarni O‘zbekistonning mehnat bozorida mahoratli xodim yoki tadbirkor sifatida ishtirok etishi uchun kerakli ko‘nikma va vositalar bilan ta’minlashdan iborat.

Dastur vazifalari quyidagilardan iborat:

  1.  Maktablardagi iqtisodiyot va tadbirkorlik fani sifatini oshirish;
  2.  Maktabdan tashqari ishga, tadbirkorlikka, va «moslashuvchan ko‘nikmalar»ga tayyorlik dasturlarining sifatini yaxshilash;
  3. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jalb etish uchun qulay sharoitlarni kengaytirish.

Dilmurod Yusupov, “SHAROIT PLYUS” NNT hammuassisi va Kengashi aʼzosi ochilish marosimida nutq so‘zladi

O‘z navbatida, ushbu vazifalarni amalga oshirich uchun “SHAROIT PLYUS” , «YES dasturining» O‘zbekistondagi hamkori sifatida nogironligi bo‘lgan yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratadi. Zero, aynan nogironligi bo‘lgan yoshlarni o‘qitish, amaliyot o‘tashi va munosib ish bilan ta’minlash tashkilotimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.

Tadbir ishtirokchilari

Psixolog nogironligi bo‘lgan bolalarning onalari bilan uchrashdi

Psixolog nogironligi bo‘lgan bolalarning onalari bilan uchrashdi

30 avgust kuni yetakchi psixolog Dilafruz Suratovnaning nogironligi bo‘lgan bolalaring onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar mutaxassis bilan turli mavzularda suhbatlashdilar. Xususan, psixologning faoliyati, minnatdorchilik va uning ta’siri haqida, hasadning salbiy tomoni haqida, istaklarni qanday amalga oshirish kerakligi, shu jumladan tilaklar xaritasi haqida.

Dilafruz Suratovna – oilaviy psixolog, 16 yillik tajribaga ega murabbiy.

Aksariyat odamlar ruhiy kasalligi bo’lgan odamlar psixologga murojaat qilishlariga aminlar. Lekin bu afsona. Aslida, odamlar psixologlarga turli vaziyatlar bilan kelishadi. Misol uchun, har qanday muhim hayotiy qarorlarni qabul qilishda, ular o’zlarini yaxshiroq tushunish yoki qarindoshlari bilan yarashish uchun tanlov qila olmaganlarida. Ayniqsa, onalar psixologik yordamga muhtoj.

Sharifboyeva F.- Ona: «Qizimga bugun psixolog bilan uchrashuv bo’lishini aytganimda qo’rqib ketdi. U psixologga faqat ruhiy kasallar borishiga ishonadi. U 12 yoshda, lekin hali ham qo’rqadi va psixologga borishdan bosh tortadi.»

Mutaxassis: «Siz qizingizga psixolog va psixoterapevt o’rtasidagi farqni tushuntirishingiz kerak. Bu ikki xil kasb.»

Ekspert

«Hasad qilmang va o’zingizni boshqalar bilan taqqoslamang» – Dilafruz Suratovna.

Ko’p odamlar boshqa odamlarning muvaffaqiyatidan qanday xursand bo’lishni bilishmaydi. Ular uchun hasad odat tusiga kirgan. Hasadgo’y odamlar boshqa odamlarning g’alabalarini va yutuqlarini ko’ra olmaydilar. Biror kishi hasad qilganda, u ongsiz ravishda o’zini taqqoslay boshlaydi. Agar kimdir hasadgo’ydan ko’ra omadliroq bo’lsa, u tushkunlikka tushib, » men boshqalardan yomonroqman»- degan fikrga keladi.

Sofiya Akramova, koordinator: «Men hech qachon hasad qilmaganman, balki yar doim havas qilganman. Do’stlarim o’zlariga mashina yoki uy sotib olganlariga doim xursand bo’lardim».

«To’g’ri. Hayot – bu eng katta sovg’a. Nega hasad qilib, vaqtimizni salbiy hissiyotlarga behuda sarflashimiz kerak? Boshqalarning baxtidan xursand bo’lishimiz kerak» – ekspert.

Ko’pincha biz uchun  minnatdor bo’lishdan ko’ra shikoyat qilish yoki hamma narsadan ayb topish osonroq. Eng kuchli tuyg’u – bu minnatdorchilik. Shunday ekan, har bir yangi kuningiz uchun  Allohga shukr qiling.

Ishtirokchilar

Agar orzularingizni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, unda minnatdorchilik daftarini yuruting, shuningdek, tilaklar kartasini yarating. Agar orzularingizni ma’lum bir tarzda tasvirlasangiz, ular albatta amalga oshadilar. Istaklar xaritasi o’zingizni tushunishga, istaklaringizni ro’yobga chiqarishga va hayotingizda biror narsani o’zgartirishga yordam beradi. Minnatdorchilik daftari esa diqqatni ijobiy narsalarga qaratishga yordam beradi.

To’g’ridan-to’g’ri ma’noda «istak kartasi» – bu ko’rinadigan joyda joylashgan qog’ozdagi tasvirlar va eslatmalar to’plami. Har kuni siz unga qaraganingizda, istaklaringizni eslaysiz.

Shahnoza R.- Ona: «Men o’zimga bo’lgan ishonchim judayam past. Qanday qilib uni ko’tarishim mumkin?»

Mutaxassis: «Juda oddiy. Ko’zgu mashqidan boshlang. Buning uchun ertalab uyg’onganingizdan so’ng darhol ko’zgu oldiga boring va o’zingizga mahtovlar ayting. Masalan, qanchalik go’zal ekanligingiz haqida baland ovozda gapiring. Noqulaylik tug’dirmang. o’zingizni tanqid qilmang, past baho bermang.

Uchrashuv natijasida barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, psixologga esa minnatdorchilik bildirdilar.

Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.

Nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish mavzusida onalar bilan ochiq suhbat

Nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish mavzusida onalar bilan ochiq suhbat

5 avgust kuni nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va oqitish mavzusida onalar bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Tadbirda “SHAROIT PLYUS” NNT a’zolaridan iborat 20 nafarga yaqin onalar ishtirok etdi. Shuningdek, psixo-nevrologiya va psixologiya sohasi mutaxassislari-Saida Mirzakarimova, Guli To‘raeva va Gavhar Teshaboyevalar taklif qilindi.

Suhbat musulmon psixologi Saida Qodirjonovna Mirzakarimovaning nutqi bilan boshlandi. U bolalarni o’qitish va tarbiyalash usullari, o’qituvchi va murabbiylarga hurmat haqida gapirib o’tdilar. Farzandlar birinchi tarbiyani onalaridan olishganligi sababli, hayotining birinchi yillarida ular unga ko’proq bog’langan. O‘qimishli onadan bilimli farzandlar katta bo’ladi. Shuning uchun ham ayollar izlanishdan, yangi bilim va tajriba orttirishdan to‘xtamasligi kerak.

Kirish qismida musulmon psixologi Saida Qodirjonovna bolalarni o‘qitish va tarbiyalash usullari, ustoz va murabbiylarga hurmat haqida gapirib berdi. Farzandlar birinchi tarbiyani onalardan olishi sababli, hayotlarining birinchi yillarida ular ko’proq bog’lanadilar. Ziyoli ayol kelajakda oilaning ilmli bo‘lishiga zamin yaratadi. Shuning uchun ham ayollar izlanishdan, yangi bilim va tajriba orttirishdan to‘xtamasligi kerak.

Ekspertlar

Psixo-nevrolog Teshabayeva Gavxar onalarga bolalarning temperament turlari haqida qisqacha tushuntirib berdilar. Shundan so’ng, har bir ona o’z farzandining ekstrovert/introvert temperament turini anniqladi va unga tinchlantiruvchi, mos keladigan faoliyatlarni, bolani stress holatga olib keladigan vaziyatlar anniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha maslahatlar oldi.

Bola shaxsiyatining «temperament» deb ataladigan muhim xususiyati mavjud. Temperament – bu shaxsning tug’ilishdan boshlab unga xos bo’lgan individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ma’lum bir tarzda harakat qilish va reaktsiyaga moyilligi. Ekstraversiya va introversiya bir vaqtning o’zida olimlardan biri aytganidek, o’ziga xos «temperamentning janubiy va shimoliy qutblari» dir

Xulosa o‘rnida nevropatolog Guli Bekmurodovna onalarga jismoniy va ma’naviy salomatlig o‘zaro bog‘liqligi haqida maslahatlar berdi.

Ishtirokchilar

Suhbat yakunida maslahat va fikr almashildi.

Ishtirokchilarning fikrlari:

«Yaxshi mutaxassislarni chaqirganingiz uchun tashakkur. Ular tufayli men bolamning temperamentini bilib oldim»

«Avvallari nega ba’zi vaziyatlar bolamni stress holatga olib kelishini bilmasdim. Lekin mutaxassislar menga yordam bera olishdi. Farzandim ekstrovert ekani ma’lum bo’ldi. Endi men unga mos mashg’ulotlarni topishga harakat qilaman. Uchrashuv uchun rahmat.»

«Men bolaning qiziqishlariga e’tibor berish kerakligini angladim, shuningdek, bolalarni tarbiyalash bo’yicha qiziqarli kitoblarni nomlarini bilib oldim. Suhbatimiz juda qiziqarli va foydali bo’ldi. Rahmat»

Nogironligi bo‘lgan bolali onalar bilan sport va uning foydalari mavzusida interaktiv suhbat

Nogironligi bo‘lgan bolali onalar bilan sport va uning foydalari mavzusida interaktiv suhbat

5 avgust kuni nogironligi bo‘lgan bolali onalar bilan sport va uning organizmga foydalari haqida ochiq suhbat o‘tkazildi. Tadbirga Yevropa tibbiyot universiteti eksperti, katta o‘qituvchisi – Dilnavoz Berdiyeva Toshkanova taklif etildi.

Dilnavoz Berdieva Toshkanova sport va tibbiyot sohasida mutaxassis. Mutaxassisimiz O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, va Yevropa tibbiyot universitetida ishlaydi.

Dilnavoz Berdieva Toshkanova

“Ko‘p ota-onalar nogironligi bo’lgan farzandlarini nafaqat jamiyatga ko‘rsatishdan uyaladilar, balki shu sababli ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmaydilar” – Dilnavoz Berdiyeva.

Ko’p ota-onalar nogironligi bo’lgan bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazmaydilar. Ular nogironligi bo’lgan farzandlarini uyda qamab qo’yishga harakat qilishadi. Ota-onalar shu tarzda xavfsizroq bo’ladi deb o’ylashadi. Lekin bu noto’g’ri. Siz jamiyatdan uzoqlashtirib, bolaning ma’naviy rivojlanishiga zarar yetkazasiz. Maxsus ehtiyoji bo’lgan bolalar hamma kabi muloqotga, do’stlikka, qo’llab-quvvatlash va sportga muhtoj.

«Qo’rqmang! Borib jamiyatga farzandingiz haqida gapiring. Bu uning kamchiliklari emas, xususiyatlari!»- ekspert.

Bolalarni hayotida sportning ahamiyati katta. Sport bilan shug’ullanadigan nogironligi bo’lgan bolalarning suyak-bo’g’im va mushak tizimlarida bir qator ijobiy o’zgarishlar olib keladi. Trening natijasida asab jarayonlarining kuchi, muvozanati va harakatchanligi kuchayadi, bu esa tana funktsiyalarini tartibga solishning yaxshilanishiga olib keladi.
O‘zbekistonda nogironligi bo’lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar yildan-yilga kengaymoqda. Mutaxassisimiz Dilnavoz Berdiyevaning fikricha, maxsus ehtiyoji bo’lgan bolalar uchun eng yaxshi sport turi bu gimnastika va suzishdir. Ushbu sport turlarining ijobiy tomonlari:

  • Qon to’planishini kamaytiradi;
  • Qon aylanishini yaxshilaydi;
  • Mushaklarni mashq qiladi;
  • Hech qanday yomon ta’siri yo’q;

Ishtirokchilar

Ochiq suhbat yakunida mutaxassisimiz onalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi:

Muxlisa Ergasheva-ona: Qizimni bir oy suzish darsiga olib bordim. Uning jismoniy nuqsoni bor. Lekin natija bo’lmadi. Nega?

Mutaxassis: Siz kutishingiz kerak. Natija albatta bo’ladi. Darslarga qatnashishda davom eting. Bu bolangizga ijobiy ta’sir qiladi.

Nodira Humaniyozova-ona: O’g’limni qaysi sport turiga yuborishim kerak? Uning aqliy zaifligi bor, lekin jismonan u butunlay sog’lom va juda kuchli.

Mutaxassis: Siz uni suzish sport turiga olib chiqishingiz kerak. U suzish orqali tajovuzkorlikdan xalos bo’ladi, shuningdek, tinchlantiradi.

Nazira Sharipova-ona: Qizim uchun yaxshi suzish bo‘yicha murabbiy topolmayapman. Uni jismoniy nuqsoni bor. Oddiy murabbiylar u bilan qanday mashq qilishni bilishmayabdi. Nima qilishimiz kerak?

Mutaxassis: Murabbiyimiz Lutfullo Fayzullaevdan yordam so’rashingiz mumkin. Shuningdek, rejalarimizda tez orada nogironligi bo’lgan insonlar uchun bepul sport to‘garaklarini ochishni rejalashtirganmiz.

Sofiya Akramova: Sizning sport universitetingiz a’zolarimiz uchun ochiq eshiklar kuni tashkil qila oladimi?

Mutaxassis: Ha, albatta. Oktyabrga yaqinroq, biz ochiq eshiklar kunini tashkil qilishimiz mumkin. Aniq sanani keyinroq e’lon qilaman.

Ishtirokchilar

 

Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.

Yoshlar ishlari agentligi xodimlari uchun nogironlik tushunchasi bo‘yicha trening

Yoshlar ishlari agentligi xodimlari uchun nogironlik tushunchasi bo‘yicha trening

«SHAROIT PLYUS» NJB nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi bilan ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu boshlang’ich hamkorlik doirasida 6 iyul kuni «SHAROIT PLYUS» trenerlari agentlikning Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilash ishlash hududiy bo‘limlar mutaxassislari uchun onlayn trening o‘tkazishdi.

Treningni professional trenerlarimiz «SHAROIT PLYUS» Kengashi aʼzosi Dilmurod Yusupov va www.ishplus.uz inklyuziv mehnat loyihasi koordinatori Aziz Abdullayevlar olib bordilar. Mutaxassislar Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga nogironlikning ijtimoiy-huquqiy modeli, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligini aytib berdilar va ularga nisbatan jamiyatimizda shakillangan umumiy stereotiplarni muhokama qilindi, zarur tavsiyalar va ishtirokchilar savollariga javoblar berildi. Treningda agentlikning ja’mi 17ta xodimlari ishtirok etdi.

Zoom orqali tashkillashtirilgan onlayn trening jarayonida

Ishtirokchilar ushbu mavzuga katta qiziqish bildirishdi va faol ishtirok etishdi. Ba’zi ishtirokchilar treningdan avval o‘ylamagan mavzularga to‘xtalib o‘tilganini va ularning muhokamasi ularni ko‘p o‘ylashga majbur qilganini tan oldilar. Trening yakunida biz ishtirokchilar bilan qisqacha anonim so‘rovnoma o‘tkazdik va uning natijalari bilan quyida bo‘lishamiz:

Shaxsan siz uchun ushbu treningning natijalari qanday?

“Trening mening nogironlik haqidagi shaxsiy tushunchamning to‘g’riligini tasdiqladi. Men nogironligi bo‘lgan insonlar bilan qanday muloqot qilishni o‘rgandim”.

 

«Men nogironlik tushunchasi haqidagi fikrimni o‘zgartirdim, juda ko‘p yaxshi ma’lumot oldim va eng muhimi, nogironlik imkoniyatlarning yetishmasligi ekkanligini o‘zim uchun ta’kidladim.»

 

«Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan amalga oshiriladigan muloqotlarimda foydalanadigan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldim.»

 

«Trening natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqotga kirishish bo‘yicha o‘zim uchun katta mahorat darsini oldim.»

 

«Nogironlik tushunchasiga nisbatan fikrim o’zgardi.»

 

«Nogironlik bu sharoitlarning yo‘qligi!»

 

Diqqat! Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, SHAROIT PLYUS treninglari koordinatori Ulugʻbek Mamatxonov bilan +998 (90) 113-25-52 (Telegram: @U_Mamatkhanov) telefon orqali bogʻlaning yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsating.