www.ishplus.uz loyihasini amalga oshirish haqida ilmiy maqola chop etildi

www.ishplus.uz loyihasini amalga oshirish haqida ilmiy maqola chop etildi

2022 yil 17 mart kuni Аbdullaev A.X. www.ishplus.uz loyihasi koordinatori va Toshkent shahar “SHАROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi aʼzosi, www.ishplus.uz loyihasi asoschisi Yusupov D.D. bilan hamkorlikda yozilgan maqolalari chop etildi.

Ularning maqolalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi O‘zbekiston nogironlar uyushmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi «Shaxsni rivojlantirishda inklyuzivlikni taʼminlash masalalari: dolzarb tadqiqotlar va forsayt loyihalar» 7chi davriy to‘plamida «Toshkent shahrida inklyuziv mehnat amaliyotlarini targ‘ib etishda www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalining tutgan o‘rni: yutuqlar va muammolar» mavzusida nashr etildi. To‘plamni yuklab olish uchun havolaga bosing (65-69 betlar).

Quyida chop etilgan maqolaning qisqa mazmuni bilan tanishtiramiz:

  • O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan taʼminlashda o‘z yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjud. Jahon banki tomonidan 2022 yilda eʼlon qilingan hisobotga ko‘ra, mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish topish imkoniyati nogironligi bo‘lmaganlarga qaraganda taxminan to‘rt baravar kam.

  • Mazkur muammolarni izchil hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib jadal islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.Bu islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshirilayotgan muammoni yechishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarida ko‘rinadi.

  • Shunday loyihalardan biri bu Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani yaxshilash bo‘yicha Qo‘shma Dasturining grant ko‘magida “Maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan taʼminlash” loyihasidir.
  • Loyihaning asosiy maqsadi www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalini yaratish orqali Toshkent shahrida mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan taʼminlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilash hisoblanadi. Ushbu loyiha 2020 yil dekabr oyidan 2021 yil dekabr oyiga qadar grant ko‘magi asosida amalga oshirilgan. Hozirgi kunda loyihaning katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi hisobga olinib grant ko‘magi bo‘lmasa ham jamoatchilik asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Maqolani yuklab olish uchun havolaga bosing (65-69 betlar).

SHAROIT PLYUS aʼzolari “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini monitoring qilish” mavzusidagi treningda ishtirok etishdi

SHAROIT PLYUS aʼzolari “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini monitoring qilish” mavzusidagi treningda ishtirok etishdi

7-10 iyul kunlari YXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Inson huquqlari bo‘yicha Xelsinki jamg‘armasi bilan birgalikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari monitoringi” mavzusida trening tashkil qildi.

Tadbirda “SHAROIT PLYUS” NNT raisi  Muxabbat Rahimova, jamoatchilik bilan aloqalar koordinatori Sofiya Akramova, hamda tashkilot a’zolari Egamov Murod, Shermuxamedova Mastura va Rajametov Yodgor ishtirok etishdi.

“SHAROIT PLYUS” NNT raisi  Muxabbat Rahimova

Inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat YXH xavfsizlik konsepsiyasining asosiy elementi hisoblanadi. YXHT oʻzining 57 ta aʼzo davlatidagi inson huquqlarini kuzatib boradi, ularning barchasi har bir inson tugʻilgandanoq bu huquqlarga ega ekanligini va inson huquqlari ajralmas va qonun bilan kafolatlanganligini tan olgan. Shu sababli, YXHT mintaqasida inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish va rag’batlantirish Tashkilot faoliyatining markaziy elementidir.

Jamoatchilik bilan aloqalar koordinatori Sofiya Akramova

Seminar oflayn va onlayn (Zoom orqali) o’tkazildi.

Muhim savollar va masalalar muhokama qilindi, masalan:

  • Monitoring – asosiy tushunchalar, uning nodavlat tashkilotlari strategiyasidagi o’rni;
  • Nogironlarning huquqlari – nimalar nazorat qilinishi mumkin? Monitoring etaplari;
  • Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish ehtiyojlari uchun qonunchilikni tahlil qilish;
  • Monitoring  konsepsiyasi;
  • Monitoring ehtiyojlari uchun axborot to’plash manbalari, usullari va vositalari – O’zbekistonda nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini monitoring qilish doirasida axborot to’plash manbalari va usullarini joriy etish va muhokama qilish;
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash;
  • Hisobot bilan ishlash;

Trening yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan almashdilar. Ishtirokchilarning fikrlari:

 

«Menga trening juda yoqdi. Men murabbiylar bergan barcha bilimlarni amalda qo‘llashni boshladim. Noqulay va yomon panduslarni suratga olyabman, huquqiy savodxonlikni o‘rganishni davom etyabman. Kelgusida men nogironligi bo’lgan odamlarning huquqlarini himoya qilishni rejalashtirmoqdaman, chunki jamiyat ularga juda adolatsiz munosabatda bo’ladi.» – Murod Egamov

«Bunday treningda birinchi marta qatnashyapman. Menga juda yoqdi, lekin hali o’rganishim kerak bo’lgan narsa juda ko’p. Endi tadbirlarda ko’proq qatnashaman». – Mastura Shermuxamedova

Mashg’ulotlar Inson huquqlari bo’yicha Xelsinki Fondi trenerlari tomonidan olib borildi: Aleksandra Ivanovska, Lenur Kerimov.

Seminar yakunida ishtirokchilarga  sertifikatlar topshirildi.

NJB «SHAROIT PLYUS» a’zosi Murod Egamov sertifikati

Homiylar «SHAROIT PLYUS» ofisini ta’mirlashga yordam berdilar

Homiylar «SHAROIT PLYUS» ofisini ta’mirlashga yordam berdilar

Yunusobod Kengashi deputatlari Shavkat Sayfullayev va Shavkat Qurbonboyev yordami bilan homiylar tomonidan Toshkent shahar «SHAROIT PYUS» nogironlar jamoat birlashmasi idorasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Elektr simlarini o’rnatish jarayoni

13 iyun kuni Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘ZLIDEP fraksiyasi aʼzosi Dilorom Fayziyeva va partiya mahalliy Kengashlari deputatlari Yunusobod tumanidagi «Mirzo Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘ini ofisida nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarning onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida «SHAROIT PLYUS»nodavlat notijorat tashkiloti raisi Muhabbat Rahimova deputatlarga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi. Issiq mavsum boshlanishi munosabati bilan ular konditsionerni sotib olishda, shuningdek, ofisimiz uchun ustalarning ish haqqini to‘lashda yordam berishlarini so‘rashdi, chunki u yerda ko‘pincha yangi aʼzolar qabul qilinadi yoki tadbirlar o‘tkaziladi.

Deputatlar darhol so‘rovga javob berishdi va yordam ko‘rsatishdilar.

Ofisni taʼmirlash ishlari

Qisqa vaqt ichida homiylar tomonidan:

  • yoritish texnikalari;
  • konditsioner;
  • elektr hisoblagich sotib olindi va o‘rnatildi;
  • ishchilarning ish haqqi to‘landi;

Ofisimizda yangi konditsioner va jalyuzi o‘rnatildi

«SHAROIT PLYUS» NNT homiylarga bepul yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildiradi.

Shavkat Sayfullayev

Shavkat Qurbonboyev

«SHAROIT PLYUS» tashkilotining yangi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«SHAROIT PLYUS» tashkilotining yangi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

3 iyul kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining yangi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir yapon bog‘ida toza havoda bo‘lib o‘tdi.

Nodavlat notijorat tashkiloti raisi Muhabbat Rahimova va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha koordinator Sofiya Akramova yangi ishtirokchilarni qutladi va birgalikda samarali ishlashga umid bildirdi. Ular yangi ishtirokchilar uchun «SHAROIT PLYUS» faoliyati haqida taqdimot o‘tkazdilar.

Tashkilotning yangi a’zolari

Bundan tashqari, S. Akramova qizil olma yordamida tanishish uchun interaktiv o‘yin o‘tkazdi, bu esa uchrashuv ishtirokchilari uchun timbilding sifatida xizmat qildi.

Yapon bog’ida

«SHAROIT PLYUS» ning maqsadi nogironligi bo‘lgan aʼzolarning huquqlarini himoya qilishdir: ularni har tomonlama rivojlantirish uchun teng imkoniyatlar yaratish, nogironligi bo‘lgan odamlarni o‘zlarining ijodiy imkoniyatlaridan amalda foydalanishga undash ularning aqliy va maʼnaviy rivojlanishiga umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida hissa qo‘shish, ularning o‘z davrining munosib vakillari bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Uchrashuv iliq do‘stona kechki ovqat bilan yakunlandi va «SHAROIT PLYUS» tashkilotini rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Ishtirokchilarning fikrlari:

«Ochiq havoda uchrashuv o’tkazganingiz uchun tashakkur. Unga tashrif buyurganimdan afsuslanmadim.»

» «SHAROIT PLYUS»ning yangi ishtirokchilari bilan tabiatda uchrashish imkoniyati uchun tashakkur»

«Menga  hamfikr do’stlar bilan piknik atrofida o’tirish juda yoqdi. Biz uchrashdik, kelajakdagi rejalarni muhokama qildik va do‘stona ovqatlandik.»

Diqqat! Agar siz bizning tashkilotimizga aʼzo bo‘lishni istasangiz, +998 (99) 833-83-14 telefon orqali jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha koordinator Sofiya Akramova bilan bog‘laning. Tashkilotimiz nogironlikning turli shakllari va nogiron bo‘lmagan odamlarni birlashtiradi. Onlayn arizalarni havola orqali to‘ldirib, bizning inklyuziv jamoamizga qo‘shiling.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqiy himoya qilish va ishga joylashtirish mavzusida interaktiv suhbat

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqiy himoya qilish va ishga joylashtirish mavzusida interaktiv suhbat

2 iyul kuni «SHAROIT PLYUS» NNT tashabbusi bilan interaktiv formatda «Nogironligi bo‘lgan insonlarni huquqiy himoya qilish va ishga joylashtirish» mavzusida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda nogironligi bo‘lgan bolalarning yigirmaga yaqin onasi, shuningdek, yurisprudensiya va ish bilan ta’minlash sohasidagi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Suhbatning kirish qismida gender va ijtimoiy integratsiya bo’yicha mutaxassis Malika Inakova o‘zining hayotiy tajribasi prizmasidan gender tengsizligi haqida fikr bildirdi, misollar va muammolarga yechim keltirdi

Xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida davlatimiz «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan, bu esa ayollarni ichki ishlar organlari tomonidan himoya qilish uchun huquqiy asos va sababdir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, gender tengsizligi va ayollarning huquq va erkinliklarini buzishdagi asosiy to‘siq bu ayolning jamiyatdagi anʼanaviy roli va vazifalari haqidagi mavjud stereotiplardir. Va bu stereotiplarni buzish kerak.

Shuningdek, tadbirkor va «ANNISA» MCHJ asoschisi Muhayyo Usmanova so‘zga chiqdi. U nogironligi bo‘lgan odamlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va bepul kurslarni taklif qilib, o‘z tashkilotining faoliyati haqida gapirdi. Butun dunyo bo‘ylab brendni targ‘ib qilish bo‘yicha kelajakdagi rejalarini aytib berdi, va bu mahsulotlar maxsus ehtiyoji bor odamlar tomonidan qo‘l mehnatida yaratiladi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar fikr-mulohazalar bilan almashdilar.

Ishtirokchilarning fikrlari:

«Ushbu tematik uchrashuv menga juda yoqdi. Mutaxassislardan huquqiy maslahat oldim. Rahmat.»

«Bugun men ushbu formatdagi tadbirda birinchi marta ishtirok etdim. Bu erda men ishtirokchilar bilan uchrashdim, huquqiy maslahat oldik. Bunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil qiling.»

«Onalar va mutaxassislar bilan uchrashuv menga motivatsiya berdi. O‘z huquqlarim haqida bilib oldim. Tashkilot va mutaxassislarga rahmat.»

Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.

“SHAROIT PLYUS” 2021 yilning eng faol nodavlat notijorat tashkiloti nominatsiyasida taqdirlandi

“SHAROIT PLYUS” 2021 yilning eng faol nodavlat notijorat tashkiloti nominatsiyasida taqdirlandi

15-iyun “Faol fuqarolar haftaligi – 2022” doirasida «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi “Eng faol nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan taqdirlandi.

2021-yilda O‘zbekiston bo‘ylab 22 ta «Eng faol NNT» nominatsiyasi ichida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi ham e’tirofga loyiq topildi.

Mukofotni Chilonzor tumani Kengashi xalq deputati Shoxrux Shadmanov Birlashmamiz raisi Muxabbat Raximovaga topshirdi

“Eng faol Nodavlat Notijorat Tashkiloti” nominatsiyasi har yili Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan beriladi. Nomzodlar Harakatning Toshkent shahar va hududiy bo‘linmalari tomonidan taklif etiladi hamda maxsus Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

«Eng faol NNT – 2021» sovrini

Bu yil eng faol jamoat tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlab olindi:

  •  fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga faol hissa qo‘shish;
  •  2021-yilda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
  •  Davlat organlari va “Yuksalish” harakati bilan muvaffaqiyatli hamkorlik;
  • O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish.

«Eng faol NNT» sovrini bu birlashmamizning barcha aʼzolari, xodimlari, volontyorlari, hamkorlari va donorlariningi yutug‘idir