Iyun 25, 2022 | Yangiliklar
6 va 9-iyun Istanbulda bo‘lib o‘tgan ayollar zo‘ravonligiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyada «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Anjumanda tashkilotimiz raisi Muxabbat Raximova ishtirok etib, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammolari haqida gapirdilar. Xususan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ko‘pincha oilaning buzilishiga sabab bo‘lishi va erkaklar sodir bo‘lgan voqeada ayollarni ayblab, oilani tark etishi bilan bog’liq zo‘ravonlik holatlari haqida ma’ruza qildilar. Shuningdek, ushbu muammolarni hal etish borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi jamg’armasi (UNFPA) ma’lumotlariga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan qizlar va ayollar nogironligi bo‘lmagan ayollar va qizlarga qaraganda 10 barobar ko‘proq zo‘ravonlikka duchor bo‘lishadi. Nogironligi bo‘lgan ayollar ko‘proq himoyasiz bo‘lishadi, chunki ularga kerakli shart-sharoitlar yaratilmagan muhitda ularning harakatchanligi cheklangan va boshqalar bilan muloqot qilish qiyin. Zo‘ravonlikka duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng zaif ayollar qatoriga eshitish, ko‘rish, ruhiy-ijtimoiy va aqliy nuqsonlari bo‘lgan ayollar kiradi.
Tadbirda zo‘ravonlikga qarshi fuqarolik tarbiyasining gender jihatlari, gender tengligiga erishishda ijtimoiy innovatsiyalar va o‘zaro hamkorlik, zo‘ravonlikning turli shakllari tahlil qilindi. Ishtirokchilar xavfsizlikni ta’minlashga kompleks yondashuvni ham muhokama qildilar: jismoniy, iqtisodiy, ruhiy, raqamli darajalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashning eng yaxshi amaliyotlari, Istanbul konventsiyasining ahamiyati haqida keng muhokama qildilar.
Konferensiyada 12 davlatdan: Tojikiston, Moldova, O‘zbekiston, AQSH, Ukraina, Xorvatiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Serbiya, Norvegiya kabi davlatlardan 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Iyun 3, 2022 | Yangiliklar
13-may kuni “Nogironligi boʻlgan bolaning oiladagi o‘rni” mavzusida “SHAROIT PLYUS” NNT treneri Sofiya Akramova tomonidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi.
Hech bir oila kelajakda farzandi nogiron bo‘lib tug‘ilishi mumkinligi haqida taxmin qila olmaydi. Va bu sodir bo‘lganda, ko‘pincha bunday hollarda ota-onalar «maxsus bolalar» dan voz kechishadi… Aynan o‘z farzandlarini qabul qilish va tarbiyalash uchun kuch topa olgan ko‘p oilalar bizning tashkilotimizda qatnashadilar. Bu Ota-Onalar jamiyatning qiyinchiliklari va dogmalariga qaramay, o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qiladi, tarbiyalaydi va sevadi.

Suhbat jarayonida
Ularni korganlar hayratda qoladilar, ba’zan qahramonlar ham deb atashadi. Ammo bu qahramonlar ham ko’p qirrali yordamga muhtoj – moliyaviy, tibbiy, ijtimoiy, psixologik. Uchrashuvda trenerimiz Sofiya Akramova ota-onalar bilan alohida ehtiyojli bolalarni parvarishlash va tarbiyalash muammolarini muhokama qildi, shuningdek, moddiy qiyinchiliklar, inklyuziv ta’lim, onalarning psixologik holati haqida gapirdi.

Matonatli Onalar
Suhbat yakunida maslahatlar va fikrlar almashildi.
Ishtirokchilarning fikrlari:
«Ochiq suhbatimiz menga juda yoqdi. Rahmat. Ushbu tadbirlarni ko‘proq o‘tkazing.»
«Bugungi kunim ajoyib o‘tdi. Men qiziqarli va foydali maslahatlar oldim. Ochiq suhbatingiz tufayli yangi yaxshi insonlar bilan uchrashdim, suhbatlashdim.»
«Bugun men boshqa onalar bilan uchrashganimdan juda xursand bo‘ldim. Ular menga katta motivatsiya berishdi. Yangi aʼzomiz bilan ham tanishdim. U bilan fikr almashish juda yoqimli bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil eting.»
Ushbu tadbir Xelsinki Inson huquqlari jamg’armasi (Helsinki Foundation for Human Rights) tomonidan moliyalashtirilgan «Nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkillashtirildi. Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz loyiha koordinatori Sofiya Akramova bilan +998 (99) 833-83-14 telefon raqami orqali bog’laning.
Iyun 2, 2022 | Yangiliklar
27-may kuni “Nogironlikni tushinish” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi, uni malakali trener, “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Rahimova NNTning yangi xodimlari va ko‘ngillilari uchun o‘tkazdi.
Trening avvalida “SHAROIT PLYUS”ning o‘n nafar yangi ishtirokchisi bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Ular ko‘ngilli yoki tashkilot a’zosi bo‘lish motivlari haqida gapirib berishdi.

Tashkilotimiz raisi va malakali trener Muxabbat Raximova
Faollar maktab va oliy o‘quv yurtlarida mavzuga oid axborot-tushuntirish suhbatlari, treninglar va seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazish, shuningdek, maktab o‘quv dasturiga nogironlik tushunchalari, inklyuziv ta’limning xususiyatlarini muhokama qiladigan darslarni kiritish, nogironligi bo‘lgan insonlar uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Ishtirokchilar o‘z fikrlarini bilan almashadilar
Uchrashuv so‘ngida ko‘ngillilar va xodimlar “SHAROIT PLYUS” NNTni rivojlantirish istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Trening orqali yangi ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ular duch keladigan muammolar haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.
Ishtirokchilar fikri:
«Menga trening juda yoqdi. Uchrashuvdan so‘ng men 180 gradusga o‘zgardim. Nogironligi bo‘lgan odamlarga nisbatan fikrim va munosabatimni o‘zgartirdim.»
«Men uchun bu uchrashuv jamiyatimizdagi imkoniyati cheklangan insonlar hayotiga befarq bo‘lmagan hamfikrlar bilan yangi tanishuvlar maydoniga aylandi.»
«Bugun men nogironlik nafaqat cheklov, balki sharoit yetishmasligi va noto’g’ri munosabatda ekanligini bilib oldim.»

Trening ishtirokchilari
Bizning treningimiz uchun bepul joy ajratib bergani uchun GroundZero Kitob Olami kovorking markaziga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
Diqqat! Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, SHAROIT PLYUS treninglari koordinatori Ulugʻbek Mamatxonov bilan +998 (90) 113-25-52 (Telegram: @U_Mamatkhanov) telefon orqali bogʻlaning yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsating.
May 27, 2022 | Yangiliklar
20 may kuni UNISEF konferensiya zalida BMTning Huquqlar bo‘yicha qo‘shma dasturini amalga oshirish doirasidagi ekspertlar guruhining texnik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda rahbarimiz Muhabbat Rahimova imkoniyati cheklangan ayollar masalalari bo‘yicha masʼul shaxs qilib tayinladilar.
Uchrashuv boshida oborilayotgan faoliyat namunasi tariqasida bizning nodavlat notijorat tashkilotimiz «Sharoit Plyus» keltirildi, yaniy bizning olinayotgan video roliklarimiz , audio-materiallarmiz orqali jamoatchilikka imkoniyatlari cheklangan insonlar masalalari yoritilgani haqida gapirib o‘tildi.

So‘ng 24 may kuni BMT ( birlashgan millatlar tashkiloti) ko‘shma dasturini ishga tushirishga bag‘ishlandi anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi binosida bo‘lib o‘tdi. Shuni taʼkidlash joizki, jamoamiz aʼzosi Ulug‘bek Mamatxonov konferensiyada moderator lavozimida ishtirok etilar. Kirish so‘zini Munir Mamedzade va Oybek lsakovlar taqdimotlarini namoyish etishdan boshladilar. 11 maqsad va vazifalar taʼriflab berildi .

Konferensiya dasturi 2 yilga yaniy 2022 va 2023 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib uning asosiy yo‘nalishi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va ayollar uchun inson huquqlariga asoslangan yondashuvni tatbiq etishdan tashkil topgan.Loyiha byudjeti birinchi bosqichda 600 000 dollar puli ajratilgan.
Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan izohlar va takliflar berilib muhokama qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari:
- Moderator – Ulug‘bek Mamatxonov, (Toshkent shahar «Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti). Adham lkramov, Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash raisi.
- Munir Mamedzade, UNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. Alisher lnakov, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori.
- Oybek lsakov, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi. Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
- Erkin Muhitdinov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari.
- Usmon Sharifxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari.
- Komil Abdullayev, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi.
- Ergash Norpo‘latov, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati.
May 26, 2022 | Yangiliklar
Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini targ‘ib qilish va himoya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga (O‘zNNTMA) a’zo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 5-avgust kuni tashkilotimiz Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga (O‘zNNTMA) aʼzolik sertifikatini oldi. O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zNNTMA Kengashi raisi Ishanxo‘jaev Kamoliddin Nuriddinovich imzoladi.

O‘zNNTMA a’zolik guvohnomasi
O‘zNNTMA mamlakatimizdagi 150 ta jamoat tashkiloti tashabbusi bilan 2005 yilda tashkil etilgan eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga qadar Assotsiatsiya butun O‘zbekiston bo‘ylab 550 dan ortiq NNTlarni birlashtirgan. Tashkilotimizning NANNOUz bilan hamkorligi quyidagi vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi:
- “SHAROIT PLYUS” tashkilotining davlat organlari, fuqarolar yig‘inlari, tijorat va boshqa jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro institutlar bilan hamkorligini rivojlantirish;
- aʼzolarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, tashkilotimizni tashkiliy, huquqiy va moliyaviy jihatdan rivojlantirish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zNNTMAdan grantlar olish;
- “SHAROIT PLYUS” NNT xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirish;
- demokratik institutlar, qonunchilik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro, respublika va mintaqaviy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va forumlarda ishtirok etish;
- nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- va boshqa vazifalar.
May 10, 2022 | Yangiliklar
7-may «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasining malakali trenerlari Ulug’bek Mamatxonov va Aziz Abdullayev Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti xodimlari va koʻngilli talabalar uchun nogironlik tushunchasi boʻyicha trening oʻtkazdilar.
Treningda 25 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi va nogironlikni ijtimoiy nuqtai nazardan koʻrib chiqdilar. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni to‘g‘ri qabul qilish va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgandilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yetishmasligi va boshqa kamchiliklar keng muhokama qilindi. Masalan, imtiyozlar, panduslarning yo‘qligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun universitetlarda inklyuziv ta’lim joriy etish va boshqa masalalar haqida savol javoblar bo‘ldi.

Trening ishtirokchilari
Nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish misollari tahlil qilindi. Bizning treningimiz Xalqaro Vestminster universitetining yangi ishtirokchilariga yana bir bor nogironlik tushunchasini chuqur o‘rganishga yordam berdi, ularga salbiy harakatlar va oldini olish kerak bo‘lgan iboralar haqida ma’lumot berdi.

Trenerlar Ulug’bek Mamatxonov va Aziz Abdullayev
Treningni baholash uchun o‘tkazilgan anonim so‘rovda ishtirokchilar trening tufayli nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan qanday muloqot qilish va ularga murojaat qilishni tushunganliklarini, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarini anglab yetishganini ta’kidladilar.

Trening ishtirokchisi
«Yordamni qanday to‘g’ri taklif qilishni, qanday qilib to‘g’ri murojaat qilishni tushundim.»
«Mashg‘ulot boshida aniqlagan qo‘rquvni yengishga muvaffaq bo‘ldim, o‘zimga ishonchim ortdi.»
«Yangi ijtimoiy yondashuvni qo‘llash zarurligini tushundim. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy emas, balki ijtimoiy munosabat kerak ekan.»
«Treningda ko‘plab foydali maslahatlar va amaliy misollar aytib o‘tildi. O‘zini qanday tutish va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan suhbatlashish haqida.»
“Men «imkoniyati cheklangan» inson tushunchasi noto’g’riligini tushundim.»
Diqqat! Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, SHAROIT PLYUS trening koordinatori Ulugʻbek Mamatxonov bilan +998 (90) 113-25-52 (Telegram: @U_Mamatkhanov) orqali bogʻlaning yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsating.