Sen 7, 2021 | Yangiliklar
2021-yil 6-sentyabr «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti bilan 2021-2026 yillarga oʻzaro hamkorlik toʻg’risida shartnoma tuzdi.
Mazkur shartnomani bir tarafdan Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti I.U.Madjidov va ikkinchi tarafdan Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi M.A.Raximova bilan tuzdilar. Shartnomaning asosiy maqsadi:
OʻzMU ijtimoiy fanlar fakulteti «Ijtimoiy ish kafedrasi» bilan «SHAROIT PLYUS» tashkiloti oʻrtasida hamkorlik asosida malakali kadrlar tayyorlashni amalga oshirish.
Oʻzaro hamkorlikni quyidagi vazifalari belgilanib olingan:
Hamkorlikda Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavriat yoʻnalishlari va ularning negizidagi magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat taʼlim standartlari, namunaviy oʻquv rejalar va fan dasturlarini ishlab chiqish
O‘zaro hamkorlik asosida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoasi birlashmasi malakali yetakchi xodimlarini taʼlim jarayoniga jalb etish
Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bazasida talabalar malakaviy amaliyotini oʻtkazishni tashkil etish
Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi yetakchi mutaxassislarini talabalar malakaviy amaliyoti bitiruv malakaviy ishi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar sifatida jalb qilish
Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; oʻquv adabiyotlarini yaratish; anjumanlar o‘tkazish; sohadagi dolzarb muammolarga bag’ishlangan ilmiy maqolalar chop etish
Zarur xollarda Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bazasida kafedralar filiallarini tashkil qilish
Amaliyot obyektidagi malakali yetakchi mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish.
Shartnomaning to‘liq matni bilan havolani bosib tanishishingiz mumkin.
Iyul 12, 2021 | Yangiliklar
Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan “www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi doirasida ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida o‘zaro kelishuv memorandumini imzoladi.
Imzolangan memorandum shartlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
- Qonun hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun uch foizli kvota asosida belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uz orqali hususiy va davlat tashkilotlari tomonidan yoritib borishlarini ta’minlaydi;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, ular uchun ajratilgan uch foizli kvota shuningdek, mehnat bozorida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va ular uchun teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun o‘quv-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini, ular uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan mehnat imtiyozlari va preferensiyalar haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish va tushuntirish ishlarini Birlashma bilan hamkorlikda amalga oshirish;
- Inklyuziv mehnat masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida Birlashma hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli hil seminar, treninglar, konferensiyalar, vakansiyalar yarmarkalari va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
- Hamkorlik jarayoni va uning natijalarini Birlashma bilan hamkorlikda monitoring qiladi va baholaydi.
Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi:
- Memorandum maqsadlariga erishish uchun ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlashda Vazirlikka ko‘maklashish va ular to‘g‘risida doimiy axborot bilan almashish;
- Inklyuziv mehnat masalalari bo‘yicha Vazirlik va boshqa davlat organlari bilan tajriba almashish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ochiq mehnat bozorida munosib ish topish jarayonlarida maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uz orqali bevosita ko‘maklashadi va bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar), amaliyotlar va o‘quv kurslari haqida to‘liq ma’lumotlar bazasini shakillantiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarninig mehnat manfaatlari va huquqlarini amalga oshirilishi bo‘yicha Vazirlik va boshqa davlat organlari hamda jamoat takshilotlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
- Hamkorlik jarayoni va uning natijalarini Vazirlik bilan hamkorlikda monitoring qiladi va baholaydi.
Mazkur memorandum Tomonlar tomonidan imzolangan muddatdan boshlab kuchga kiradi va 2021-yil 31-dekabrgacha o‘z kuchini saqlaydi.
Imzolangan memorandumni yuklab olish uchun havolaga bosing.
Mar 24, 2021 | Yangiliklar
«SHAROIT PLUS» nogironlar jamoat birlashmasining inklyuziv mehnat bo’yicha loyihasi rahbari Dilmurod Yusupov O’zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar uchun vebinar o’tkazdi.
2021 yil 23 martda «Biznes Klinika» loyihasi doirasida O’zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi Ijrochi direktori Eliko Margishvili ko’magida «Nogironlarni inklyuziv ish bilan ta’minlash – biznes uchun imkoniyatlar» mavzusida vebinar o’tkazildi. Nogironligi bo’lgan ishchilarning afzalliklari, shuningdek soliq imtiyozlari to’g’risida o’zbekistonlik tadbirkorlar o’rtasida xabardorlik oshirildi.

BMTning O’zbekistondagi ijtimoiy himoyani yaxshilash bo’yicha qo’shma dasturining grant ko’magi bilan amalga oshirilayotgan “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi rahbari jamiyatimizda shakillangan nogironlarning mehnat qobiliyatlari to’g’risida salbiy stereotiplar haqida batafsil gapirib berdi. Salbiy stereotiplarni yo’q qilib, u inklyuziv ish bilan ta’minlashning asosiy afzalliklari haqida gapirib berdi va bir nechta aniq muvaffaqiyatlar misollarini keltirdi.

Taqdimoti yakunida Dilmurod Yusupov O’zbekistonda nogironlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha inklyuziv amaliyotni targ’ib qilish bo’yicha amaliy takliflar, shu jumladan nogironlik masalalari bo’yicha ishbilarmonlar kengashi / forumini yaratish, har yili o’tkaziladigan «Biznes teng imkoniyatlar uchun» forumini tashkil etish, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi, stajirovkalar, nogironlar uchun kasbiy tayyorgarlik kurslari, shuningdek inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat attestatsiyasi va motivatsiya tizimini joriy etishni taklif qildi.

Agar siz vebinarni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, quyidagi yozib olingan videoni tomosha qilishingiz mumkin:
Agar siz ish beruvchi bo‘lsangiz va inklyuziv mehnatga befarq bo‘lmasangiz, bizning loyihamizga hamkor bo‘ling va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bo‘sh ish o’rinlari, amaliyot yoki kasbiy tayyorgarlik kurslarini taklif etsangiz xursand bo‘lamiz. Hozircha loyihaning https://t.me/ishplus_uz Telegram-kanalida joylashtiramiz. Shuningdek, biz tashkilotingiz xodimlari uchun o‘xshash treningni tashkil qilishimiz mumkin. Savol va takliflaringizni bizning elektron pochta manzilimizga yuboring: sharoitplus@gmail.com.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ish bilan ta’minlash bo‘yicha bizning loyihamizga Click yoki Payme to‘lov tizimlari orqali onlayn homiylik qilishingiz mumkin. Barcha ko‘rsatmalar shu yerda: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Fev 23, 2021 | Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tashabbusi va NJB «SHAROIT PLYUS» bilan hamkorlikda Samarqand xayriya yarim marafoni doirasida «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash muammolari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazdi.
23 fevral soat 9:00 dan 13:00gacha nogironligi bo‘lgan insonlarni O‘zbekiston mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash muammolariga qaratilgan xalqaro amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tomonidan tashkil etildi va konferensiyada Zoom orqali xalqaro ekspertlar va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar ham ishtirok etishdi.
Konferensiyada YuNISEF, EXHT, BMT, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi, NJB «SHAROIT PLYUS» loyihasi rahbari va koordinatori, boshqa tashkilotlar va Rossiyalik aktrisa, «Reakomp» Butunrossiya ko‘zi ojizlar jamiyatining professional reabilitatsiya va kadrlar tayyorlash instituti bitiruvchisi, yuqori toifadagi tiflosharhlovchi Irina Bezrukova ishtirok etadilar. Irina inklyuziya sohasida loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Xalqaro mehnat tashkilotining katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup konferensiyada Zoom orqali nutq so’zlayapti
BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirish qo‘shma loyihasi doirasida NJB Sharoit+ amalga oshirayotgan «Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash» loyihasi koordinatori Anisa Shamsutdinova ham konferensiyada www.ishplus.uz (ishlab chiqish jarayonida) maxsus portali va nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat qilish huquqlari kiritilgan milliy qonunchilik haqida taqdimot qildi.

NJB «SHAROIT PLYUS» loyiha koordinatori Anisa Shamsutdinova taqdimot jarayonida
Shuningdek, loyiha rahbari Dilmurod Yusupov «Buyuk Britaniyaning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’lminlash tajribasi» haqida taqdimot qildi.

Taraqqiyot Tadqiqotlari Instituti, Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupov Buyuk Britaniyaning inklyuziv mehnat tajribasi bilan bo’lishmoqda
Tadbir yakunida 2021 yil o‘tkaziladigan Samarqand xayriya yarim marafoni mavzusi sifatida «O‘zbekistonda inklyuziv mehnatni targ’ibot qilish»ga kelishib olindi. Yaqin orada Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va NJB «SHAROIT PLYUS» o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish o‘rinlarni bilan ta’minlash va bu sohada madaniyat muassasalari rolini oshirish maqsadida o‘zaro kelishuv memorandumini tuzish jarayonida.
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Fev 7, 2021 | Yangiliklar
Assalomu alaykum Hurmatli Onajonlar,
“SHAROIT PLYUS” Nogironlar Jamoat Birlashmasi nogironligi boʻlgan farzandi bor onajonlarimiz uchun 2021 yil 1-fevral oyidan yangi loyiha “Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ota-onalarni jamoaviy video orqali qo’llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi nogironligi boʻlgan farzandlari bor ota-onalarni va nogironligi bor kishilarni huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish. Toshkent shahridagi nogironligi bor bolalarning onalarini va nogironligi boʻlgan shaxslarni jamoaviy video uslubidan foydalangan holda oʻz huquqlarini himoya qilish uchun oʻz salohiyatlarini oshirish.
Ushbu loyiha “SHAROIT PLYUS” NJB maqsadidan kelib chiqib, Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ota-onalarning hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoaviy videodan foydalangan holda ularni qiynayotgan huquqiy, psixologik va jamoatchilik bilani bogʻliq muammolari oʻrganish, huquqiy savodxonligini kengaytirish va oʻrganilgan muammmolar oʻzlarining roziligi bilan ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. Loyiha jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova rahbarligi ostida 2021-yil 1-fevraldan 2021-yil 1-iyulgacha olib boriladi.
Loyihamizga nogironligi boʻlgan farzandi bor onajonlarimizni va nogironligi boʻlgan shaxslarni taklif qilamiz. Agar sizda loyihamizda qatnashish istagi bo’lsa quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
Loyiha rahbari: Raximova Muxabbat: +998 99 817-24-64;
Loyiha kordinatori: Qosimova Shodiyaxon: +998 99 306-90-33.
Loyiha haqida batafsil ma’lumot: https://sharoitplus.uz/toshkent-shahrida-nogironligi-bo-lgan-farzandlari-bor-ota-onalarni-jamoaviy-video-orqali-qo-llab-quvvatlash/
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.
Fev 2, 2021 | Yangiliklar
«SHAROIT PLYUS» NJB bir necha yillardan buyon o’z ofisiga ega bo’lmagan edi. Tashkilot rahbari Raximova Muxabbatning say-harakatlari va “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Dilmurod Bekmuhamedovning amaliy yordamlari tufayli 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha sharoitlari mavjud shinamgina yangi ofisda o’z faoliyatini davom ettirishni boshladi.
Bizning tashkilotimiz jismoniy imkoniyati cheklangan va ularning hayotiga befarq bo’lmagan kishilardan iborat. 2009 yildan buyon biz o’z-o’ziga yordam guruhi sifatida faoliyat yuritganmiz. 2016 yil 29-dekabrida tashabbuskor guruhimiz rasman nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) sifatida Toshkent shahar Adliya boshqarmasida davlat ro’yxatidan o’tgan. Bizning maqsadimiz – turli xil nogironligi bo’lgan insonlarning o’zini o’zi anglashi orqali ular uchun teng sharoit va imkoniyatlarni yaratish, shuningdek, ularning oila a’zolarini qo’llab-quvvatlash.

«SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi ofisining tashqi ko’rinishi
Shu paytgacha Birlshama raisi Muxabbat Raximova va uning doimiy ishchi organi xodimlari tashkilot faoliyatini samarali olib borish, a’zolar bilan erkin muloqot o’rnatish va ularga turli xil ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatishda ish joyi masalasida qiynalib kelgandilar. Tashkilot yuridik manzili: 100034 Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko’chasi, 353-uy Toshkent shahar Kar-soqovlar madaniyat markazi binosi ichida bo’lgani bilan, u bino jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar foydalanishi uchun to’liq moslashmagan edi.

«SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova ish jarayonida
Yunusobod tumanida joylashgan “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Dilmurod Bekmuhamedovning amaliy yordamlari tufayli 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha sharoitlari mavjud shinamgina yangi ofisda Birlashmamiz o’z faoliyatini davom ettirishni boshladi. Shu sababli «SHAROIT PLYUS» NJB rahbari Muxabbat Raximova ofis masalasida yaqindan amaliy yordam berganlari uchun “Bobodehqon” MFY raisi Dilmurod Bekmuhamedovga birlashmaning barcha a’zolari nomidan va shaxsan o’z nomidan chuqur minnatdorchilik bildiradi.
Eslatib o’tamiz bizning yuridik manzilimiz hali ham Toshkent shahar Kar-soqovlar madaniyat markazida.
Amaldagi manzilimiz:
100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 43-uy, “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig’ini
Tel.: +998 99 8172464, +998 99 3069033
Yo’l xaritasi:
Koordinatlar: 41.380832, 69.312017
Ish tartibi:
| Dushanba: | 10:00 – 16:00 | |
| Seshanaba: | 10:00 – 16:00 | |
| Chorshanba: | 10:00 – 16:00 | |
| Payshanba: | 10:00 – 16:00 | |
| Juma: | 10:00 – 16:00 | |
| Shanba: | Dam olish |
| Yakshanba: | Dam olish |
A’zolarni qabul qilish:
Seshanba, Juma.
Birlashmamiz faoliyatiga o’z xissangizni qo’shmoqchi boʻlsangiz Click/Payme orqali homiylik qilishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/