Sharoit+ podkast 1-soni: “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi Qonun haqida

Sharoit+ podkast 1-soni: “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi Qonun haqida

«SHAROIT PLYUS» NJB yangi media loyiha boshladi! Endi nogironligi bo’lgan insonlar duch kelayotgan to’siqlar va ularni yechimlari haqida Sharoit+ podkasti orqali tinglashingiz mumkin.

2020-yil 15-oktyabr Prezident Shavkat Mirziyoyev «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi yangi qonunni imzoladi va keyingi yil 16-yanvardan boshlab kuchga kirishi kutilmoqda. Ushbu Qonun dastlab qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun taqdirini takrorlamasligi hamda nogironligi bo’lgan fuqarolarni huquq va manfaatlarini haqiqatan ham himoya qilishi uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

Sharoit+ podkasti 1-sonining mehmonlari O’zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi raisi, huquqshunos Oybek Isoqov, «UMNICHKA» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari va nogironligi bo’lgan bolalar va ularning onalarini huquqlarini himoya qiluvchi mutaxassis Shahnoza Ikramova hamda Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupov. Moderator – Ulug’bek Mamatxonov. To’liq suhbatimizni pastdagi MP3 player orqali tinglashingiz mumkin.

Yuqoridagi podkastni tinglang yoki Google Podcast ilovasida Sharoit+ podkastiga obuna bo’ling.

Ushbu podkast turli xil nogironligi bo’lgan bolalar va ularning ota-onalari, yoshlar hamda kattalar ovozi bo’lishiga ishonamiz va umiq qilamiz!

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizni qoʻllab quvvatlashingiz mumkin. Homiylik boʻyicha barcha qoʻshimcha maʼlumotlarni https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/ sahifamizdan olishingiz mumkin.

«Matonatli Onam» loyihasi haqida

«Matonatli Onam» loyihasi haqida

«SHAROIT PLYUS» NJB hozirgi kunda jismoniy imkoniyati cheklangan farzandi bor ayollar (oilalar, onalar) qanchalik ijtimoiy himoyalangani va ularni jamiyatda tutgan roli qay darajada ekanligi bilan qiziqdi.

Imkoniyati cheklangan farzandi bor onalar va ularning farzandlariga faol hayot tarzida yashash uchun yetarli sharoit yaratilganmi? Ularga moddiy, ijtimoiy va psixologik yordam berilyaptimi?

Yuqorida psixologik yordamni bejizga qoʻshmadik. Chunki oilada imkoniyati cheklangan farzand dunyoga kelishi ota va ona uchun juda katta ruhiy zarba beradi. Ayollar farzandiga boʻlgan mehri tufayli bu zarbaga dosh bersalar erkaklarda bu tushkunlik holati juda ogʻir kechishi mumkin. Bunday musibat koʻp hollarda onalarni notoʻgʻri ayblanishi va oilaning buzilishiga sabab boʻlishi ehtimoli juda katta. Buni oldini olish uchun, sharoiti cheklangan farzand dunyoga kelgan oila haqida hokimiyat qoshidagi xotin-qizlar qoʻmitasi birinchilardan xabardor boʻlishlari va ota-onaga tushuntirish ishlari olib borib professional psixologlar yordam koʻrsatishsa muammoni oldini olish orqali hal etilishi ehtimoli juda yuqori boʻladi.

Agar yuqoridagi muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etilmasa onaning yelkasiga qoʻlida doimiy parvarishga muhtoj farzandi bilan birgalikda oilaning moddiy taʼminoti xam yuklanadi. Farzandining bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqasi (513 350 soʻm yaʼni 50 AQSH dollari atrofida) bolaning dori-darmoni va ust-boshidan ortmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2019 yildagi 229-son qarori bilan pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga ijtimoiy nafaqa toʻlash tartibi belgilandi. Bu qarorda nafaqani olish uchun qator bandlar belgilab qoʻyilgan yaʼni (315 030 soʻm yaʼni 30.44 AQSH dollari) miqdoridagi nafaqani olish uchun ayol 55 yoshga kirgan boʻlishi, hech qanday ish stajiga ega boʻlmasligi, va nafaqa olish uchun topshirilayotgan farzand hujjatlarida “Bolalikdan nogiron”lik tashxisi qoʻyilgan boʻlishi zarur.

Hech qayerda ishlamasdan butun umrini farzandiga bagʻishlagan matonatli onaga qariganida 30 dollar miqdoridagi nafaqani ijtimoiy himoya deb atash toʻgʻrimi? Axir ona ham inson, u ham bu dunyoning shodliklaridan bahramand boʻlishga barchamiz kabi haqli emasmi?

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2019 yildagi 229-son qaroriga qator oʻzgartirishlar kiritishni yaʼni quyidagilarni

  • Imkoniyati cheklangan farzandni tarbiyalayotgan onaga farzandga “Bolalikdan nogiron” tashxisi kunidan boshlab nafaqa tayinlash;
  • Imkoniyati cheklangan farzandni tarbiyalayotgan onaga farzand 2 yoki 3 yoshga toʻlgunga qadar bola uchun zarur boʻlgan gigiyenik mahsulotlar (taglik, taglik uchun mato, bolalar sovun va shampunlar h.k) bilan bepul taʼminlash;
  • “Bolalikdan nogiron” lik tashxisi qoʻyilgan farzandni tarbiyalayotgan onalarga pansionat va sanatoriylarga navbatsiz yoʻllanma berish;

kabi tuzatishlarni kiritishni taklif qilamiz.

«SHAROIT PLYUS» NJB nodavlat notijorat tashkilotining “Matonatli onam” loyihasini amalga oshirishdan asosiy maqsadi yuqorida keltirib oʻtilgan muammolarga duch kelayotgan onalarning ovozlarini butun Respublikaga eshittirish va qoʻlimizdan kelgan yordamni koʻrsatishdir.

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihani qoʻllab quvvatlashingiz mumkin. Homiylik boʻyicha barcha qoʻshimcha maʼlumotlarni https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/ sahifamizdan olishingiz mumkin.

Sharoit+ jamoaviy video loyihasi haqida ilmiy maqola chop etildi

Sharoit+ jamoaviy video loyihasi haqida ilmiy maqola chop etildi

2020 yil 5 may kuni NJB Sharoit+ raisi Muxabbat Raximova va loyihalar koordinatori Dilmurod Yusupov “O’zbekistonda nogironligi bor shaxslarning turmush sifatini oshirishning tibbiy va ijtimoiy jihatlari” mavzusidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi, Sotsiologiya kafedrasi, O’zbekiston nogironlar Uyushmasi, Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv Markazi bilan hamkorlikda o’tkazilgan onlayn Respublika (xorijiy ishtirokchilar bilan) ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etishdi.

Zoomda o’tkazilgan onlayn konferentsiyada Sharoit+ «Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish» mavzusidagi izlanish taqdimotini qildi. Ilmiy-amaliy konferentsiya natijalariga ko’ra “21 asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari” ilmiy ishlar 4-davriy to’plami nashr etildi. Muxabbat Raximova va Dilmurod Yusupov tayyorlagan ilmiy maqolasi ushbu davriy to’plamda nashr etildi (61-68 betlar). Quyida chop etilgan maqolaning qisqa mazmuni bilan tanishtiramiz:

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan hotin-qizlar jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishlari uchun oila ichidagi va atrof-muhit bilan bog‘liq to‘siqlar hamda salbiy munosabatlarga duch kelishmoqda. Nogironligi bo‘lgan ayollar ham jins, ham nogironlik belgisi bo‘yicha erkaklarga qaraganda ko‘proq kamsitish holatlariga uchrashlari mumkin. Nogironligi bo‘lgan ayollar boshqalarga nisbatan ta’lim olish va mehnat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lmasliklari mumkin. Natijada ular o‘z holatlaridan uyalib ijtimoiy faolligi sust bo‘lib qoladi. Sherik-maslahati va jamoaviy video ularning o‘zlariga bo‘lgani ishonchini orttirish orqali ijtimoiy madaniy moslashuvini yaxshilaydi va ular kundalik hayotlarida duch kelayotgan muammolarga jamoatchilik e’tiborini jalb qiladi.

Kalit so‘zlar: jamoaviy video, sherik-maslahati, nogironligi bo‘lgan ayollar, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, nogironlar huquqlari, nogironlarning ijtimoiy moslashuvi.”

Maqolani to’liq o’qish uchun shu havola orqali yuklab olishingiz mumkin: Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish.

 

«Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti 3 yoshda

«Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti 3 yoshda

Nogironligi bor shaxslar ham jamiyatimizning bir qismi hisoblanib, ular orasida faollari ham ko‘p. Eng qizig‘i, ayrimlari to‘rt muchasi sog‘lom insonlar qila olmagan ishlarni ham qila olganiga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Ma’lumki ularni faqat qo‘llab-quvvatlash bilan ish bitmaydi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi navbatda yaxshi sharoit, sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish kerak. Shahar markazlaridan tashqari eng chekka hududlarda yashayotgan nogironlarga ham teng sharoit va e’tibor qaratish, ta’sirli reklama roliklar olib, odamlarimizning nogironlarga bo‘lgan dunyoqarashini o‘zgartirishimiz lozim.

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Rahimova

Rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirsak, hali bizda nogironlar uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘pligiga guvoh bo‘lamiz. Mamlakatimizda ko‘pchilik nogironligi bo‘lgan shaxsni ro‘parasida uchratsa, darrov rahmi kelib, cho‘ntagini kovlaydi. Bu ko‘pchilik nogironlarga yoqmaydi, o‘zlarini kamsitilgandek his qilishadi. Negaki yurtimizda ko‘pchilik bizga boshqacha qaraydi, odamlarimizning dunyoqarashi boshqacha. Shularni ustida ishlashimiz, ya’ni imkoniyati cheklangan insonlar uchu qulay sharoit, sifatli xizmat, yaxshi ish joylar yaratishimiz juda muhim. Shundagina mamlakatimiz rivojlangan mamlakatlar bilan tenglasha oladi.

Onajonlarimizga minnatdorchilik

BMT Bosh Assambleyasining 47/3 raqamli qaroriga binoan, 1992-yilning 3-dekabr sanasi Xalqaro nogironlar kuni deb belgilangan. Endi har yili ushbu sanani dunyoning turli burchaklarida keng nishonlab, nogironlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan turli xil tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Kuni kecha «Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida va tashkilotning 3 yoshi munosabati bilan tadbir tashkil etib, ular uchun bayram dasturxoni yozdi.

Estradamiz yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev bilan birga

Ulug‘bek Rahmatullayev, Yorqinxo‘ja Umarov, Karen Gafurjanov va boshqa san’atkorlarimizning chiqishlari, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning imo-ishorada qo‘shiqlari davrani rang barangligini ta’minladi. Tadbirda faol ishtirok etganlarga «Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkilotining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. «Sharoit plyus» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Muhabbat Rahimova so‘zga chiqib, tashkilotning 3 yoshi, shu yillar davomida biz bilan birga yelkama-yelka mehnat qilganganlarimiz samarasi bilan shu yerga to‘planganimizdan xursandligini aytar ekan, tadbirga tashrif buyurgan va unda faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Barcha uchun to’siqlardan holi va inklyuziv jamiyat!

Manba: O’zbekiston Karlar Jamiyati blogi muallifi: Mamur Axliddinov

Imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi

Imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi

Toshkent shahar «Sharoit Plyus» Nogironlar jamoat birlashmasi 2019 yil oktyabr oyidan boshlab Yevroosiyoning Markaziy Osiyo Fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri aholining zaif qatlamidagi jamiyatga qo‘shila olmay, uyda o‘tirib qolgan imkoniyati cheklangan insonlarni salohiyatlarini oshirish orqali ularni kundalik xayotlari davomida duch keladigan muammolarini ijtimoyi tarmoqlar orqali jamoatchilikka yoritib berish. Loyiha 5 oyga mo‘ljallangan bo‘lib 2 ta asosiy yo‘nalishdan iborat:

  • 1- yo‘nalish imkoniyati cheklangan insonlarni muammolarini o‘zlarini ishtirokida ijtimoiy roliklar tayyorlab jamoatchilikka yetkazib berish.
  • 2-yo‘nalish imkoniyati cheklangan insonlarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari va saloxiyatini oshirib, jamiyatga qo‘shilishlariga ko‘maklashish.

Loyiha boshlanishida ushbu insonlarni uylariga borib ota-onalari va oilaviy sharoitlari bilan tanishish, so‘ngra ular bilan psixologik suxbatlar o‘tkazish va oxirgi bosqichda jamoaviy videolar olish.

Barcha uchun to‘siqlardan holi va inklyuziv jamiyat!

Hayriya qilish: https://sharoitplus.uz/uz/hayriya-qilish/

“Sharoit Plyus” “Yuksalish” umummilliy harakati a’zosiga aylandi

“Sharoit Plyus” “Yuksalish” umummilliy harakati a’zosiga aylandi

“Sharoit Plyus” Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “Yuksalish” umummilliy harakati a’zosiga aylandi.

Joriy yilning 14 iyun kuni NNT «Sharoit Plyus» raisi Muhabbat Raximova «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov bilan uchrashib, O’zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlarni qo’llab-quvvatlash sohasida birgalikga harakat qilish hamda hamkorlik o’rtnatish haqida kelishib olishdi.

Uchrashuvda Akmal Burxonov “Yuksalish” umummilliy harakatida NNTlar uchun bepul coworking markazi tashkil etilgani hamda “Sharoit Plyus” rahbariyati ham markazda turli xil trening va seminarlar o’tkazishi mumkinligini aytib o’tdi.