Sherik maslahati

Sherik maslahati

Sherik maslahati – bu nima?

Sherik maslahati – bu imkoniyati cheklangan kishilarning nogironligi bor boshqa kishilarni psixologik tomondan qo’llab-quvvatlashidir. “Sherik maslahati” konsepsiyasi faqatgina imkoniyati cheklangan kishilar nogironligi bor boshqa insonlarning holatini boricha tushunishlari mumkinligini nazarda tutadi.

Sherik maslahatini kim o’tkazadi?

  • Sherik maslahati seansi nogironligi bor ikki nafar kishidan iborat bo’lib, ularning biri tayyorlangan hamda konsultatsiya qoidalari va qo’llaniladigan uslublarni tushuntirib beroladigan trener bo’lishi kerak.
  • Bizning trenerlarimiz bunday konsultatsiyani o’tkazish bo’yicha juda ko’p mashqlar va jarayonlar orqali tayyorlanishgan.

Sherik maslahati sessiyasi qanday tartibda o’tkazilishi kerak?

  • Jarayon mahfiylik saqlanib qoladigan joyda o’tkazilishi kerak. Bu nogironligi bor insonga o’zini xavfsiz va erkin xis qilishga yordam beradi va u o’z kechinmalarini trener bilan bo’lisha oladi.
  • Trener sherigi bilan bir sessiya vaqti davomida muloqot qiladi. Sheriklar sessiya davomida gaplashilgan gaplar sessiyadan so’ng boshqa kishilarga oshkor etilmasligiga va’da berishadi.

Sherik maslahatida kim ishtirok etishi mumkin?

Reabilitatsiya markazlarida reabilitatsiya va davolanish xizmatlarini oladigan nogironligi bor kishilar ushbu konsultatsiyada ishtirok etishlari mumkin, chunki bunday markazlarda professional ijtimoiy ishchilar yetishmasligi sababli zarur psixologik yordam berilmaydi.

Hayoti davomida nogironlikga uchragan kishilar o’zlarining yangi holatlarini qabul qila olishmaydi. Shu sababli, ularga o’zlarini shunday holda qabul qilish juda qiyin bo’lishi mumkin, chunki ularning hayotida ilgari jismoniy va boshqa biron-bir cheklovlar bo’lmagan. “Sherik maslahati” konsultatsiyasi qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan shunday kishilarga zarur psixologik yordamni ko’rsatadi.

Shu bilan birga, bolalikdan nogironligi bo’lgan odamlar ham o’zlarini qabul qilish va “Sherik maslahati” konsultatsiyasida qatnashish orqali jamiyatning boshqa a’zolari bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish uchun o’zilariga bo’lgan ishonchni kuchaytirish uchun bunday yordamga muhtoj.

Agar siz yoki do’stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolsa, biz bilan bog’laning.

Telefon: +998 71 222-9229

Sharoit cheklanganlik tenglik treningi

Sharoit cheklanganlik tenglik treningi

Treningni o’tkazishdan maqsad

Ushbu treningning asosiy maqsadi: jamiyat o’zgarishiga hissa qo’shish va nogironligi bo’lgan odamlarning to’liq ishtiroki va tengligi kafolatlangan adolatli, teng huquqli va mos jamiyatni yaratish.

Trening tashkilotchilari

Trening Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan «Nogironligi bor kishilar uchun teng huquqli jamiyat yaratish» treningida qatnashgan nogironligi bo’lgan malakali murabbiylar tomonidan olib boriladi. Bizning trenerlarimiz 2014 yilda Yaponiyada ro’yxatdan o’tgan DET Forum xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining a’zolaridir. Ushbu forum 30dan ortiq mamlakatlarda 270dan ortiq o’qituvchilarni birlashtiradi.

Trening dasturi

Trening dasturi talabgorlar bilan hamkorlikda rejalashtiriladi. Tashkilotingiz manfaatlariga qarab, biz bir nechta turdagi dasturlarni taqdim etishimiz mumkin:

  • Ikki kunlik kompleks trening

Ishtirokchilar turli xil interfaol mashqlar orqali nogironlik muammolari va tushunchalariga ega bo’lishadi, o’zlarining atrofidagi to’siqlarni olib tashlash bo’yicha harakatlar rejalarini tuzadilar va nogironligi bor kishilarga nogironlikka aloqador xizmatlarni o’qitish orqali o’zaro munosabat, qo’llab-quvvatlash, muloqot qilish va yordam berishni o’rganadilar.

  • Bir kunlik intensiv trening

Bu ishtirokchilarga nogironlik haqida bilib olishlari va mumkin bo’lgan harakatlar rejalarini tuzishlari kerak bo’lgan minimal vaqt.

  • Yarim kunlik tanishtirish treningi

Agar vaqt chegaralangan bo’lsa, ushbu trening nogironlik haqida asosiy tushunchalarni beradi.

Treningning taxminiy dasturini bu yerda yuklab olish mumkin.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar 50dan ortiq treninglar o’tkazilib, ularda 500dan ortiq kishi, shu jumladan nogironligi bo’lgan va nogironligi bo’lmagan odamlar ham qatnashgan. Ushbu treninglar O’zbekiston Respublikasining sakkizdan ortiq viloyatlarida, shu jumladan Toshkent, Namangan, Farg’ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarida o’tkazilgan.

Tashkilotingizni inklyuziv qilish uchun biz bilan bog’laning.

Telefon: +998 71 222-9229