The Stirling Foundation vakillari «Sharoit Pluys» bosh ofisiga tashrif buyurib faoliyatimiz bilan tanishishdi

The Stirling Foundation vakillari «Sharoit Pluys» bosh ofisiga tashrif buyurib faoliyatimiz bilan tanishishdi

2024-yil 4-dekabr The Stirling Foundation loyiha menejerlari Endi va Shiri Larsen Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bosh ofisida tashkilotimizning raisi Muhabbat Rahimova va Kengash a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bosh ofisi AQShning Yuta shtatida joylashgan The Stirling Foundation jamg‘armasi 40 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va 2024-yilda O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) bilan hamkorlikni boshladi. Hozirgi kunda ushbu jamg‘arma O‘zbekistondagi bir nechta tashkilotlar bilan loyihalarni amalga oshiryapti va mahalliy NNTlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Jamg‘arma haqida batafsil ma’lumotni tashkilot rasmiy veb-saytida mumkin: https://thestirlingfoundation.org/

Yig‘ilish «Sharoit Plyus» kovorking markazida bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda «SHAROIT PLYUS» NJB Kengashi raisi Muhabbat Rahimova hamda a’zolari Ulug‘bek Mamatxonov, Sofiya Akramova va yangi saylangan Ma’mur Ahliddinov, «PRAXIS PLUS» ijtimoiy korxonamiz ijrochi direktori Aziz Abdullayev tashkilotimiz faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil gapirib berishdi. The Stirling Foundation vakillari tashkilotimizning ikkita loyihasini amalga oshirishga grant mablag‘larini ajratganligi va boshlangan hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

2024-yil 25-noyabrdan boshlab “Kitob Plus” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta’minlash maqsadida uchinchi Inklyuziv biznes-forumni tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun The Stirling Foundation jamg‘armasidan 34 900 AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari jalb qilindi.

Mehmonlar yangi bosh ofisimiz shart-sharoitlari bilan tanishishdi va umumiy faoliyatimiz haqida batafsil ma’lumot olishdi. Shuningdek, 2025-yilga reja qilingan qo‘shimcha loyihalarni muhokama qilishdi.

«Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti bosh ofisining ochilishi: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi yangi qadam

«Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti bosh ofisining ochilishi: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi yangi qadam

2024-yil 28-noyabr O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini yaratish va ularga sharoit-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha noyob loyiha doirasida «Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti bosh ofisining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Yangi ofisda nogironligi bo‘lgan ayollar uchun maxsus yaratilgan tikuvchilik sexi hamda tashkilot a’zolari uchun kovorking markazi yaratilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi – nogironligi bo‘lgan ayollarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning moliyaviy mustaqilligini targ‘ib qilish, shuningdek o‘zaro hamkorlik, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va tajriba almashish uchun inklyuziv hamjamiyatni yaratishdan iborat. Nogironligi bor ayol ishchilarning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda jihozlangan tikuvchilik sexi ularning ish bilan ta’minlanishi va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, bu esa ularga jamiyatning faol ishtirokchilari bo‘lishga imkon beradi.

«SHAROIT PLYUS» NJB tikuv sexi

Loyiha Yunusobod tuman hokimiyati hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Shavkat Sayfullayev ko‘magida amalga oshirildi. Ularning yordami bilan «Bobodehqon» mahallasi hududida joylashgan eski bino imtiyozli shartlarda ijaraga berildi va kapital ta’mirlashdan so‘ng «Sharoit Plyus» bosh ofisiga aylandi.

Yunusobod tumani «Oila va xotin qizlar bo‘limi» boshlig‘i, hokim yordamchisi Musimova Dilfuza Mirshapovnaga tashakkurnoma topshirildi.

Yangi ofis nogironligi bor ayollar va yoshlarning kasbiy malakasini oshirish va o‘zini kasbiy rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, ijodiy seminarlar va boshqa tashabbuslar markaziga aylanadi. Yaqin kelajakda «Sharoit Plyus» tashkiloti taklif etilayotgan xizmatlar turini kengaytirishni va nogironligi bo’lgan shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

«SHAROIT PLUS» NNT a’zolari tomonidan qo‘lda yasalgan an’anaviy zargarlik buyumlari

Loyihani amalga oshirish uchun «Sharoit Plyus» turli xil homiylik mablag‘larini jalb qildi. 2023 va 2024-yillarda tashkilot Jahon bankining va Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan moliyaviy yordam oldi (ikkala tashkilot ham Jahon banki guruhiga (JBG) kiradi). JBG xodimlarining shaxsiy xayriya mablag‘lari yuqorida aytib o‘tilgan binoni kapital ta’mirlashga yo‘naltirildi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari “SHAROIT PLYUS” NNT a’zolari bilan

Bundan tashqari, xayr-ehsonlar boshqa homiylardan ham keldi. 2023-yilda Yandex O‘zbekistonning «Saxovatli noyabr» xayriya aksiyasi doirasida to‘plangan mablag‘lar binoni ta’mirlash xarajatlarini qisman qoplashga yordam berdi. Shuningdek, Yandex O‘zbekiston xayriya sayohatlari dasturi doirasida jamoat transportida harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelgan «Sharoit Plyus» a’zolari va xodimlariga transport yordami ko‘rsatilyapti. Turli xil xayriya tashabbuslari doirasida loyihaga jismoniy shaxslar va ko‘ngillilar qo‘shimcha yordam ko‘rsatdilar.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova va “SHAROIT PLYUS” NJB raisi Muhabbat Rahimova

Ofisning ochilish marosimida «Sharoit Plyus» nodavlat nodavlat tashkiloti raisi Muhabbat Rahimova, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova, shuningdek, Yunusobod tumani hokimligi, «Bobodehqon» mahallasi fuqarolar yig‘ini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Yandex O‘zbekiston vakillari ishtirok etdilar.

Yandex Go Uzbekistan kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Yuriy Liga tashakkurnoma taqdimoti

«Biz Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan ayollarning ijtimoiy inklyuziya va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yana bir hissa qo‘shishdan mamnunmiz. Hamkorlarimiz – mahalliy hokimiyat organlari, Jahon banki guruhi, ijtimoiy mas’uliyatli fuqarolar va biznes vakillarining qo‘llab-quvvatlashi bilan biz ayollarga nafaqat ish topish va barqaror daromad olish, balki o‘zlarini jamiyatning bir qismi deb his etishlariga imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratishga erishdik», – dedi Sharoit Plyus tashkiloti raisi Muhabbat Rahimova.

“SHAROIT PLYUS” NJB aʼzolari, xodimlari, koʻngillilari va hamkorlari

Tadbir doirasida mehmonlar yangi tikuvchilik sexidagi mehnat sharoitlari bilan tanishib o‘tdilar. Ta’kidlanishicha, uning asosida o‘nga yaqin nogironligi bor qizlar va ayollar, shuningdek, nogironligi bor bolalarning yolg‘iz onalariga ish bilan ta’minlash va tegishli kasbiy ko‘nikmalarni o‘qitish rejalashtirilgan. Kelasi uchrashuv davomida «Sharoit Plyus» tashkilotlarining hamkorlari va homiylari loyihani rivojlantirish istiqbollari va rejalarini muhokama qildilar.

«Sharoit Plyus» nodavlat nodavlat tashkiloti faoliyati to‘g‘risida

Toshkent shahridagi nogironlar jamoat birlashmasi turli shakldagi nogironligi bor shaxslar va ularning oila a’zolariga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatadi. Tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorda talabga ega bo‘lgan zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘qitadi, ularning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashadi, shuningdek, inklyuziya sohasidagi bosha ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi. «Sharoit Plyus» ning maqsadi – nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari jamiyatda to‘laqonli ishtirok etish uchun teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lgan to‘siqsiz va inklyuziv jamiyatni yaratishdan iborat.

“SHAROIT PLYUS” NJBning yangi bosh ofisiga kiraverishda guruh surati

Bizning manzil:

100114, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xiyobon ko‘chasi, 22-uy, (Bobodehkon mahalla fuqarolar yig‘ini yonidagi). Yandex manzili: https://yandex.uz/maps/-/CDsW6Qid Ish vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffus 13:00 dan 14:00 gacha) Dushanba – Juma.

Telefon: +998 (55) 500-50-60

Loyihalarimizni qo‘llab-quvvatlang:

Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form, va Hissa platformasida ushbu havola orqali.

Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun kreativ industriyalarda kasb-hunarga o‘rgatish loyihasi sarhisob uchrashuvi va fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun kreativ industriyalarda kasb-hunarga o‘rgatish loyihasi sarhisob uchrashuvi va fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22-oktyabr Yoshlar ijodi saroyi «Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun kreativ industriya yo‘nalishlarida kasb-hunar kurslarini tashkil etish loyihasi» sarhisob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan nogironligi bo’lgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi. Loyiha doirasida tashkil etilgan fotografiya kursida tahsil olgan o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Aksariyat nodavlat ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun sharoitlar mavjud emasligi va u yerda taklif qilinayotgan zamonaviy kasb-hunar kurslari xarajatlarini qoplashga mablag‘ yetishmayotganligi sababli ko‘plab nogironligi bo‘lgan yoshlar turli xil to‘siqlarga duch kelayotgani barchamizga ma’lum.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti bilan birgalikda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan o‘ziga xos, yangidan yangi loyihalar Nogironligi bo‘lgan yoshlarni mehnat bozorida o‘z o‘rinlariga mustahkam ega bo‘lishlari, nafaqat hunarmandchilik yo‘nalishlarida, balki zamonaviy, kreativ industriya yo‘nalishlaridagi kasb-hunarlarni ham o‘zlashtirishlari uchun xizmat qilib kelmoqda.

«SHAROIT PLYUS» NJB raisi Muhabbat Raximova kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdilar

Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun kreativ industriya sohalarida kasb-hunar kurslarni tashkil etish loyihasi Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirildi. Loyihaning maqsadi — nogironligi bo‘lgan yoshlarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantiradigan zamon bilan hamnafas kasblarga o‘qitish.

Loyiha koordinatori Mohistara Muhammadyunusova

Uch oy davom etadigan ijtimoiy media marketingi (SMM), fotografiya va videomontajni o‘rgatishga qaratilgan kurslarni ishlab chiqish va tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Kurs kuratorlari sifatida kreativ industriya sohalarida professional va mahoratli ustozlar jalb qilindi:

  • SMM kursi kuratori – Inara Asanova digital marketing va menejment sohasida katta tajribaga ega mutaxassis. Inara Asanova 1998-yili Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. U Guliston tumanidagi 14-umumta’lim maktabida tahsil olgan. O‘rta ma’lumotni Guliston tibbiyot kollejida olgan. Keyin Guliston davlat universitetida tahsil olgan. Inara marketing sohasida, jumladan, SMM va targeting yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Hozirda u reklama agentligida loyiha menejeri lavozimida ish olib bormoqda.
  • Fotografiya kursi kuratori Husniddin Ato – hujjatli fotograf, trener; Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi aʼzosi Madaniyat va sanʼat sohasidagi loyiha rahbari, shuningdek “OXUS Culture” madaniyat tashkiloti direktori. Yozuvchi ijodida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning madaniy hayoti, an’analari, marosimlari va etnografiyasiga bag‘ishlangan asarlar alohida o‘rin tutadi.
  • Videomontaj kursi kuratori – Ulug‘bek Urinov hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universitetining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 1991-yildan boshlab “Uzteleleradiokompaniya” rejissyori, Toshkent davlat madaniyat instituti talabasi, “Turon” teatr-studiyasi rejissyori, Toshkent madaniyat kolleji o‘qituvchisi, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti video studiya rahbari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Toshkent davlat yuridik universitetining matbuot kotibi, Toshkent davlat yuridik universitetining media-markaz direktori kabi lavozimlarda katta tajriba va ko‘nikmalarni orttirgan mutaxassis hisoblanadilar.

Tadbir ishtirokchilari

Jamoaviy rivojlanishga yo‘naltirilgan ushbu jihat uch oylik dasturdan tashqari doimiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, doimiy o‘sish uchun kuchli aloqalarni o‘rnatish va resurslarni yaratishga qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg‘armasida inklyuziv bo‘yicha maslahatchi Mirsaid Muxtorov sertifikatlarni topshirdi

SMM kursi bitiruvchisi Nargiza Arziyeva sertifikat bilan taqdirlandi

Ushbu loyiha maqsadi ko‘p qirrali bo‘lib, belgilangan uch oylik muddatda ko‘nikmalarni rivojlantirish, ishga joylashish, raqamli inklyuzivlikni rag‘batlantirish va inklyuziv kreativ jamiyatni shakllantirishni o‘z ichiga oldi. Tashkil etilgan 3 xil yo‘nalishdagi kurslarning har birida 10 kishidan ishtirokchi qatnashdi va hali amaliyot muddati tugamagan bo‘lsa-da, loyiha bitiruvchilari mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishga kirishdilar.

Fotografiya kursi bitiruvchisi Mariya Malinovskaya o‘z minnatdorchiligini bildirdi

Loyihaning amaliy natijalaridan biri, fotografiya kursida Husniddin Ato ustozning eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan o‘quvchisi Mariya Malinovskaya Gazeta.uz o‘zbek tahririyati uchun ajoyib fotoreportaj qilib beribdilar va bu amaliyotdagi birinchi ishlari ekan. Bundan tashqari videomontaj kursi bitiruvchisi Nargiz Qodirova va SMM kursi bitiruvchisi Murod Egamov  UzNews.uz axborot agentligiga amaliyot o‘tashga ishga kirishdi.

Shuningdek, SMM kursini muvaffaqiyatli bitirgan Nargiza Arziyeva, Sevara Mirxo‘jayeva va Zahro Alimqulova «SHAROIT PLYUS» NJB va uning loyihalari kommunikatsiya bo‘limlariga amaliyot o‘tashga ishga kirishdi.

Loyiha haqida batafsil havola orqali.

Suratlar muallifi: Gulnoza Shermatova

Matn: Mohistara Muhammadyunusova

Matn tahriri: Dilmurod Yusupov

Nogironligi bo’lgan farzandi bor ota-onalar bilan NJB «SHAROIT PLYUS» bosh ofisda ochiq muloqot tashkil etildi

Nogironligi bo’lgan farzandi bor ota-onalar bilan NJB «SHAROIT PLYUS» bosh ofisda ochiq muloqot tashkil etildi

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining nogironligi bo’lgan farzandlari bor ota-ona a’zolari uchun ochiq muloqot tashkil etdi.

Joriy yilning 10-oktyabr kuni “Sharoit plyus” jamoat birlashmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun ochiq muloqot o‘tkazildi va u dolzarb masalalarni muhokama qilish va tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi. Qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tgan uchrashuv “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi ishtirokchilarini birlashtirdi.

Ochilish so‘zi va ishtirokchilarni tanishtirish

Yig‘ilishning ochilishi ishtirokchilarni tanishtirish bilan boshlandi. “Sharoit plyus” tashkiloti rahbari Muhabbat Rahimova tabrik so‘zi bilan tashkilot faoliyati va nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalarni va bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Ish Plyus» platformasi taqdimoti

Tadbirning navbatdagi bosqichida Shaxodat Yo‘ldoshevning “Ish plyus” nogironlarni ishga joylashtirish platformasi haqidagi taqdimoti bo‘ldi. Ushbu tashabbus bandlik imkoniyatlarini yaratish va ehtiyojli bor aholining jamiyatga integratsiyalashga qaratilgan. Taqdimot yakunida ishtirokchilarga savol-javoblar sessiyasida qatnashish taklif etildi, bunda ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniqlik kirita olishdi.

Shahodat Yo‘ldosheva “Ish plyus” haqida taqdimot qilyapti

“Huquq Plyus” loyihasi: yuridik yordam va ko‘mak.

Zafarbek Ergashev nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga huquqiy yordam va maslahatlar beruvchi “Huquq plyus” loyihasini taqdim etdi. Taqdimot ochiq muloqot bilan yakunlanib, ota-onalar ham o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kelgusi rejalar va muntazam uchrashuvlar

Uchrashuvning muhim qismlaridan biri bo‘lajak tadbirlarni muhokama qilish bo‘ldi. Ishtirokchilar hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdilar va doimiy muloqot va tajriba almashish uchun har oyda uchrashishga kelishib oldilar.

A’zo bo‘lish haqida savollaringiz bo‘lsa, Murod Egamov bilan bog’laning:

Telefon: +998 (90) 347-06-12
Email: sharoitplus@gmail.com
Manzil: 100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 22-uy, “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yi’gini oldida.

Sharoit Plyusning ochiq muloqoti nogironligi bor bolalarning ota-onalari uchun qo‘llab-quvvatlovchi va tushunish jamiyatlarini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” NJB yosh a‘zolari bilan navbatdagi yeg‘ilishini o‘tkazdi

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” NJB yosh a‘zolari bilan navbatdagi yeg‘ilishini o‘tkazdi

2024-yil 12-sentyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining bosh ofisida tashkilotga yangi a‘zolikka qabul qilinganlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan turli xil nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan bir nechta masala bo‘yicha suhbat olib borildi. Dastlab, “SHAROIT PLYUS” NJB rahbari Raximova Muhabbat Axrorovna tashkilotga yangi a’zolikka qabul qilinganlarni qutlab, tashkilot faoliyati bilan qisqacha tanishtirdilar. So‘ngra a’zolar o‘zaro tanishib, qiziqishlari va faoliyatlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tashkilotimizning amalga oshirib kelayotgan dolzarb loyihalaridan biri ishplus.uz huquqplus.uz kitobplus.uz mediaplus.uz loyihalar bilan tanishtirildi, Huquqplus.uz loyiha koordinatori Zafarbek Ergashov huquqplus.uz loyihasi haqida qisqacha nutq so‘zlab, huquqshunoslar barcha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatishini ta’kidladi.

Tashkilot rahbari Muhabbat Rahimova tashkilotning kelgusidagi rejalari haqida aytib o‘tdi va tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, tashkilotda a’zolarning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi.

Hozirgi kunda tashkilotimizda rasman 60 dan ortiq kishi a’zo bo‘lib, ular ichida turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar, inklyuziv rivojlanishga befarq bo‘lmagan nogironligi yo‘q faollar. Siz ham jamoamizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz tashkilotimizga a’zo bo‘lish onlayn arizani to‘ldiring: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#membership-form Ushbu onlayn arizani to‘ldirish orqali siz Birlashmaga a’zo bo‘lish maqsadingizni tasdiqlaysiz. Siz bergan ariza birlashma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va a’zolikka qabul qilish yoki qilinmaslik haqida sizga xabar beriladi. Siz bergan barcha ma’lumotlarning maxfiyligi saqlanadi.

Tashkilot Ustavining 4.2. bandiga muvofiq Birlashma a’zoligiga 18 yoshga to‘lgan va tashkilot Ustavini tan oladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va chet el fuqarolari qabul qilinishi mumkin. Birlashma a’zoligiga qabul qilish yakka va jamoaviy tarzda amalga oshiriladi.

A’zo bo‘lish haqida savollaringiz bo‘lsa, Murod Egamov bilan bog’laning:

Telefon: +998 (90) 347-06-12
Email: sharoitplus@gmail.com
Manzil: 100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 22-uy, “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yi’gini oldida.

Matn: Madina Po‘latova

HuquqPlus.uz loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

HuquqPlus.uz loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

2024-yilning 28-sentyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi konferensiya gibrid formatida boʻlib oʻtadi.

Tadbir Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida tashkil etilyapti. “Huquq Plus – maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish” loyihasi donori Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) Jamoatchilik Tashabbusi.

Konferensiyaning maqsadi:

  • Turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, nogironlar jamoat birlashmalarining huquqiy savodxonligini oshirish;
  • HuquqPlus.uz – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali va uning imkoniyatlari bilan tanishtirish (shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda ishlab chiqilgan huquqiy ma’lumotlar va Telegram bot);
  • Aqliy va ruhiy nogironligi bo‘lgan, yetarli darajada savodxonlikka ega bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlar uchun ishlab chiqilgan yangi oson o‘qiladigan formatni “Oson matn” taqdimotini qilish va bu formatni takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga birlamchi va chuqur bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi yutuqlar va o‘z yechimini topmagan muammolarni muhokama qilish;
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirishdagi davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.

Konferensiyada quydagi tashkilotlar vakillari ishtirok etadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi va boshqa manfaatdor davlat organlari vakillari;

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini himoya qilish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlar jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari;

  • Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari, shu jumladan BMTning turli tuzilmalari (BMTTD, UNICEF, Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Boshqarmasi va boshqalar);

  • Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bilan bog‘liq masalalarni yoritmoqchi bo‘lgan blogerlar.

Konferensiyada ishtirok etish uchun:

Forumning asosiy tili o‘zbek tili bo‘lib, O‘zbek imo ishora tiliga sinxron tarjima qilib boriladi. Qo‘shimcha til — rus tili. Toshkent shahrida offlayn ishtirok uchun joylar soni cheklangan bo‘lib, siz onlayn tarzda Zoom ilovasi orqali ishtirok etishingiz mumkin:

Zoomga ulanish uchun havola:
https://us04web.zoom.us/j/79171909166 

Meeting ID: 791 7190 9166

Tadbirni jonli efirda YouTube kanalida tomosha qilish imkoniyatingiz bo‘ladi.

Onlayn translyatsiya havolasi: https://www.youtube.com/live/5CBvRJ3P_2Q

Tadbir o‘tkazilishi vaqti: 10:00 dan 13:00 gacha (Toshkent vaqti bilan)

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Zafarbek Ergashov, Loiyha koordiantori, Tel: +998 (93) 396-93-98, E-mail: z.ergashov@sharoitplus.uz