Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Sharoit+ podkast tinglovchilarning muammolari o‘rganilib hal etildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Sharoit+ podkast tinglovchilarning muammolari o‘rganilib hal etildi

2023-yilning 20-dekabr kuni 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez – ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tgan edi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar bo‘lishgan edi.

Powered by RedCircle

Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov

Quyidagi tinglovchilarning muammolari bartaraf etildi va ba‘zilariga muammolar hal bo‘lishi uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi:

  1. Fuqaro Fayzullayeva Osiyoning mazkur murojaatlari Agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Boshqarma tomonidan O.Fayzullayevaga “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan bir martalik moddiy yordam ajratilishi masalasida tegishli hujjatlar tayyorlanib, Xalq deputatlari Chust tuman Kengashiga 2023-yil 25-dekabr kuni xat kiritildi. Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi tomonidan fuqaro O.Fayzullayevaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 (besh yuz) ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilganligini hamda ajratilgan mablag‘ni “Mahalla” hayriya jamoat fondi Chust tuman bo‘linmasidan olishi mumkinligi to‘g‘risida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga javob xati taqdim etildi. 2) Fuqaro O.Fayzullayevaning farzandi J.Ubaydullayev ruhiy asab kasalliklari dispanserida “D” nazoratda turishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida ruhiy bemorlarni davolanishi uchun qarshi ko‘rsatmalar borligi tushuntirildi hamda farzandini ruhiy asab kasalliklari dispanserida davolatish tavsiyasi berildi. Murojaat muallifiga mazkur murojaatlari yuzasidan 2023-yil 27-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (14/01-14/320-son).
  2. Fuqaro Xudayberdiyev Javohirning murojaati Agentlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro J.Xudoyberdiyev bilan telefon orqali (90 118 46 47) suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida J.Xudoyberdiyevga Toshkent viloyati 94-son Olmaliq tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan “elektron yuritmali aravacha”ga 103-son tibbiy xulosa rasmiylashtirilganligi, mazkur tibbiy xulosa asosida fuqaro Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “elektron yuritmali aravacha” bilan ta‘minlandi. Fuqaro J.Xudayberdiyev qo‘shimcha taklif va e’tirozlari yo‘qligini bildirgan.
  3. Fuqaro Abdullayeva Dilfuzaning murojaati Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaroga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan 571-sonli tibbiy xulosa rasmiylashtirilib berildi hamda tibbiy xulosaga asosan elektr yuritmali kreslo-aravachani olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida
    VIII-raqam bilan ro‘yxatga qo‘yildi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “elektron yuritmali aravacha” bilan ta’minlandi. Fuqaro qo‘shimcha taklif va e‘tirozlari yo‘qligini bildirgan.
  4. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Ibrat” mahallasi, Z.Xoshimov ko‘chasi, 48-uyda yashovchi fuqaro O‘rinboyeva Baxtigul Baxtiyorovnaning 2009-yil 24-dekabrda tug‘ilgan farzandi Zamonova Aliya Aziz qiziga quloq eshitish apparati olishi uchun qilgan murojaati Agentlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Fuqaroga farzandi A.Zamonova uchun Toshkent viloyati 102-son Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan 202-son tibbiy xulosa berilganligi, tibbiy xulosa asosida Zangiota tuman “Inson” ijrimoiy xizmatlar markazi tomonidan eshitish moslamasi bilan ta’minlanish uchun 2023-yil 21-dekabr kuni 003370-sonli “sertifikat” rasmiylashtirilganligi, mazkur sertifikat asosida quloq eshitish apparatini olish uchun o‘zi tanlagan tashkilotga murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan. B.O‘rinboyeva murojaati ijobiy hal etilganligi, mas’ul xodimlarga nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirib fikrnoma yozib bergan. Murojaat muallifiga mazkur murojaati yuzasidan 2023-yil 28-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (12/01-07/356-son).
  5. Raximova Dilbarning mazkur murojaati Toshkent shahar Bektemir tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas‘ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, fuqaro D.Raximova bilan suhbat o‘tkazilgan. Fuqaroni ish bilan ta‘minlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limiga 29-sonli xat chiqarilgan. Bo‘lim tomonidan yuborilgan 26/01-01-08/1206-sonli javob xatiga asosan 2024-yil yanvar oyida zaxiralangan ish o‘rinlarining birida bandligi ta‘minlanishi fuqaroga tushuntirildi. D.Raximova 2023-yilning 1-may kuni oyoq kamari tutori bilan ta’minlanganligi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qaroriga asosan oyoq kamari tutorining foydalanish muddati 12 oy ekanligi, foydalanish muddati tugagandan so‘ng oyoq kamari tutori apparati bilan ta‘minlanishi to‘g‘risida tushuncha berilgan. Shu bilan birga bugungi kun zamon talablariga mos protez-ortopediya moslamalari bilan fuqarolarni ta‘minlash yuzasidan mas‘ul mutaxassislar tomonidan  har bir mahsulotning sifati va o‘rtacha narxlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganligi to‘g‘risida tushuntirish berilgan. D.Raximova berilgan tushuntirishlardan qanot hosil qilganligini mutaxassislarga nisbatan e‘tirozi yo‘qligini bildirib fikrnoma yozib bergan. Murojaat muallifiga mazkur murojaati yuzasidan 2023-yil 28-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (15/01-07/970-son).
  6. Fuqaro Tursunov Ergashning mazkur murojaati Agentlikning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, mas‘ul xodimlar ishtirokida E.Tursunov bilan suhbat o‘tkazilgan. 1) Suhbat davomida fuqaro E.Tursunovga (vacancy.argos.uz) orqali e‘lon qilingan ish o‘rinlari hamda ishga kirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berilgan. 2) Fuqaro E.Tursunov 2022-yilda chap oyog‘i, 2023-yilda o‘ng oyog‘i uchun ortopedik apparat bilan ta‘minlangan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qaroriga asosan ortopedik apparatning foydalanish muddati 24 oy ekanligi, 2024-yilda uning foydalanish muddati tugagandan so‘ng ikkala oyog‘iga bir vaqtning o‘zida ortopedik apparat bilan ta‘minlanishi to‘g‘risida tushuntirish berilgan. Fuqaro E.Tursunov tushuntirishlardan qanoat hosil qilib fikrnoma yozib bergan. Murojaat muallifiga mazkur murojaati yuzasidan 2023-yil 26-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (05/01-03/665-son).

 

Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.

«Ko‘rmaslik emas, ko‘rolmaslik yomon!» ijtimoiy rolikimiz «Inklyuziv jamiyat sari» tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi

«Ko‘rmaslik emas, ko‘rolmaslik yomon!» ijtimoiy rolikimiz «Inklyuziv jamiyat sari» tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi

Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi video operatori va montaj ustasi «Azizjon Media» kanali muallifi Azizjon Qosimov tomonidan tayyorlangan «Ko‘rmaslik emas, ko‘rolmaslik yomon!» mavzusidagi ijtimoiy rolik «Inklyuziv jamiyat sari» tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi.

«Inklyuziv jamiyat sari» ijtimoiy video roliklar tanlovi g‘oliblari 2023-yil 2-dekabr kuni e’lon qilingan edi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament jamoat fondi moliyaviy ko‘magi asosida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi hamkorligida o‘tkazilgan edi.

Tanlovga topshirilgan videoroliklar asosan nogironligi bo‘lgan shaxslar turmush sifatini oshirishga va mamlakatimizda inklyuziv jamiyatni barpo etishga bag‘ishlangan bo‘lishi va nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan to‘siqlar va ularni bartaraf etishiga qaratilgan bo‘lishi lozim edi.

Tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov va rais o‘rinbosari Abdullo Abduxalilov Azizjon Qosimov bilan birga.

Azizjon Qosimov Samsung Galaxy Tab A8 qimmatbaho sovg’asi bilan taqdirlangan edilar.

Siz ham ijtimoiy rolikni tomosha qiling va o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan bo‘lishing.

 

“KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 23-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkilot a‘zolari bilan hamkorlikda suratga olingan “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lib ularning inson qadri, huquqlari va manfaatlarini ta‘minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan deb ta‘kidlagan edilar. 2017-yildan boshlab milliy qonunchiligimizda va hukumatimiz tomonidan 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari mustahkamlandi.

Afsuski, nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalarning sifatli ta‘lim olishi, munosib ish joylari bilan ta‘minlanishi, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli ishtirok etish huquqlari haqida jamoatchilik xabardorligi pastligicha qolmoqda. Ushbu muammoni yechishga o‘z hissamizni qo‘shish va jamiyatimizning turli sohalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan to‘siqlar va kamsitilishlar holatlari haqida keng aholining xabardorligini oshirish maqsadida “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy filmi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ijtimoiy roliklar suratga olindi.

Tadbir boshida tashkilotimiz rahbari Muhabbat Raximova so‘zga chiqib, tashrif buyurgan tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirib, “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film sur‘atga olinishidagi mashaqqatlar haqida aytib o‘tdilar.

Tashkilotimiz kengash a‘zosi Ulug‘bek Mamatxanov – Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders) tomonidan moliyalashtirilgan va milliy hamkorimiz Yoshlar ishlari agentligi bilan amalga oshirilgan “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi haqida so‘z yuritdilar.

“KO‘ZGU” film premyerasidan so‘ng filmda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar birin-ketin tanishtirilib, o‘tilgandan so‘ng tamoshabinlar o‘rtasida savol-javob va takliflar bildirildi.

“KO‘ZGU” filmi menga juda ham yoqti va juda ta‘sirli hamda ibratli. Mana shunday filmlar ustida ko‘proq ishlashingiz va maktablarda ham ko‘rsatilishini iltimos qilaman chunki, odamlar nogironlik tushunchasi va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotidagi muammolarni bilishimiz kerak va zarur deb hisoblayman», deydi Yashnobod tumani umumiy o‘rta ta‘lim maktabi sardori.

«Film ajoyib, menga juda yoqdi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishsizligi bu o‘zlari nogironliklari uchun ishlashmaydi deb o‘ylab yurardim. Filmni ko’rganimdan so‘ng juda ham ijobiy fikrlay boshladim. Bu film meni yeg‘lata olgan, ta‘sirlantira olgan filmlar qatoriga qo‘shildi», deydi Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Filmdan olingan taassurotlardan so‘ng loyiha doirasida sur‘atga olingan ijtimoiy roliklar premyerasi namoyish qilinib tomoshabinlarni fikr mulohazalariga limmo-lim bo‘ldi.

«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning farzandi ham nogiron bo‘lib tug‘iladimi? mavzusidagi rolik haqiqattan ham eng zo‘r mavzuni tanlagansizlar. Meni qarindoshim ham nogironligi bo‘lgan inson bilan oila qurganlar, ularga ham shifokorlar ko‘p marotaba farzandingiz nogiron bo‘lib tug‘iladi deb aytishgan. Ularni hozirda 3 yoshli farzandlari bor lekin, farzandlari nogiron emas, sog‘lom», deydi tomoshabinlardan biri.

Taqimot so‘nggida tomoshabinlar tashkilotimizga taklif bilan murojaat qilishdi mana shunday ijtimoiy film va ijtimoiy roliklar chiqarishdan to‘xtamanglar bunda insonlarni dunyo qarashi ham o‘zgaradi. Biz ham sur‘atga olish jarayonlarida hamkorlik sifatida sizlar bilan ishlaymiz deya takliflarini aytib o‘tishdi.

Taqdimot o‘tkazilishida tashkilotimizga yaqindan yordam bergan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati va “OLTIN QANOAT” volontyorlar assosiatsiyasi rahbariyatiga Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati va jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildirib kelgusi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

“KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi

“KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi

2023-yilning 23-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkilot a’zolari bilan hamkorlikda suratga olingan “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy film premyerasi va ijtimoiy roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lib ularning inson qadri, huquqlari va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan deb ta’kidlagan edilar. 2017-yildan boshlab milliy qonunchiligimizda va hukumatimiz tomonidan 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari mustahkamlandi.

Afsuski, nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalarning sifatli ta’lim olishi, munosib ish joylari bilan ta’minlanishi, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli ishtirok etish huquqlari haqida jamoatchilik xabardorligi pastligicha qolmoqda. Ushbu muammoni yechishga o‘z hissamizni qo‘shish va jamiyatimizning turli sohalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan to‘siqlar va kamsitilishlar holatlari  haqida keng aholining xabardorligini oshirish maqsadida “KO‘ZGU” qisqa metrajli ijtimoiy filmi va dolzarb mavzularga bag’ishlangan ijtimoiy roliklar suratga olindi.

Taqdimot 2023-yil 23-dekabr soat 14:00 dan 16:00 gacha Yoshlar ishlari agentligining press-klub zalida (Manzil: Toshkent sh., Alisher Navoiy koʻchasi, 11A) boʻlib oʻtadi. Tadbirning asosiy tillari: oʻzbek tili. Loyiha taqdimotida ishtirok etish uchun quyidagilar taklif etiladi:

  • mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, blogerlar;
  • nogironligi boʻlgan shaxslar, ularning oila aʼzolari va ularning huquq va manfaatlarini ifodalovchi jamoat tashkilotlari va nogironlar jamoat birlashmalari;
  • nogironligi boʻlgan shaxslarning ta’lim, mehnat, ijtimoiy himoya qilish va boshqa sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari vakillari;

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi telefon orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishingiz kerak: +998 (93) 564-54-36 yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing.

Filmni 23-dekabr soat 14:30 da YouTube kanalimizda ham tomosha qilishingiz mumkin.

Loyiha haqida

«Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders) tomonidan moliyalashtirilgan va milliy hamkorimiz Yoshlar ishlari agentligi bilan amalga oshirilgan «Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” davomiy loyihasi doirasida 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziya mavzusidagi Sharoit+ audio podkastlari, video intervyular, ijtimoiy film va roliklarni tayyorladik.

 

“SHAROIT PLYUS” Jahon banki vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi

“SHAROIT PLYUS” Jahon banki vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi

2023-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Raximova O‘zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi vakillari bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni va ularga yechim topish yo‘llarini muhokama qilishdi.

Yig‘ilish boshida Muxabbat Rahimova tashkilotimizdagi loyihalar haqida so‘z yuritib, loyihalarning maqsad va vazifalarini aytib o‘tdilar va 2016-yildan bugungi kungacha 15 dan ortiq amalga oshirgan loyihalarimiz va 30 dan ortiq biz bilan faoliyat olib borgan hamkor va donorlar haqida so‘z yuritdilar. Jahon banki vakillari tashkilotimiz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga yanada qiziqish bildirishdi va savollar berishdi.

Ushbu yeg‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz va inklyuziv muhit yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta‘minlash, mustaqil yashashga yo‘naltirish, ta‘lim olishlari va jamoat hayotida ishtirok etishlarini ta‘minlash masalalarida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va NJB «SHAROIT PLYUS» rahbari Muhabbat Raximova

Hamkorimiz Jahon bankining tashkilotimizga xayriya yordami “Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun tikuv sexi va tashkilot a‘zolari uchun kovorking xonasini tashkil qilish” loyihasiga yo‘naltirilgan edi va shu qurilish ishlarida binoning tashqi ko‘rinishi, tashqari devori, hovlisi, ofisxona, tikuv sexi, kovorking xonasi, oshxona va hojatxonalar ta‘mirlandi. Tashkilotimiz raisi mana shu qilingan ishlar ustidan hisobot taqdim etib, 2024-yildagi rejalar bilan o‘rtoqlashishdi.

O‘zbekistonda barcha nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz inklyuziv jamiyat yaratishga qaratilgan hamkorlik uchun Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati nomidan Jahon banki ma‘muriyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Kitob Plus loyihasi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga katta imkoniyat eshigini ochdi

Kitob Plus loyihasi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga katta imkoniyat eshigini ochdi

2023-yilning 30-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi press-klubi zalida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ochiq va bepul audiokitoblarning birinchi onlayn kutubxonasi “Kitob Plus” loyihasining gibrid formatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini ishlab chiqish bo‘yicha “Kitob Plus” loyihasiga bag‘ishlandi. Tadbir YouTube orqali jonli efirda uzatildi va quyidagi yozib olingan video orqali tomoshqa qilishingiz mumkin.

Taqdimotning ochilish qismida O‘zekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati mutaxassisi pedagogika bo‘yicha falsafa fanlari doktori Nilufar Matkarimova nutq so‘zlab, loyihaga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab nutqlariga yakun yasadilar. Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova ham nutq so‘zlab loyiha taqdimotini ochiq deb e’lon qildilar.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova

Ochilish marosimidan so‘ng loyiha rahbari Mirali G‘iyosov audiokitoblar tarixi, bugungi kundagi audiokitob eshitish platformalari, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarga yechimi sifatida “Kitob Plus” loyihasi haqida nutq so‘zladi. “LOGOS” onlayn kutubxonasining bosh direktori va dasturchi Mixail Korneyev loyihaning texnik jihatlari, qaysi platformalar uchun mo‘ljallanganligi, bugungi kunda mavjud bo‘lgan maxsus platformalar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

Kitob Plus loyihasi koordinatori Abdulaziz Salimov nutq so‘zlayapti

Tadbirda loyiha koordinatori Abdulaziz Salimov Android va iOS platformalari uchun ishlab chiqilgan Kitob Plus mobil ilovalari va yaratilgan vebsayt www.kitobplus.uz imkoniyatlarini taqdim qildi. Kitob Plus ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun raqamli sharoitlarni yaratib ularga audiokitoblarni qulay tarzda eshitish imkoniyatini berishi ta‘kidlab o‘tildi.

Taqdimot qatnashchilari tomonidan savol-javoblar o‘tkazildi shu vaqtning o‘zidayoq ishtirokchilar “Kitob Plus” vebsaytidan va mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishni ham boshlab yuborishdi. Ushbu taqdimotning 2-qismida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev nutq so‘zladilar va barcha ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazib, takliflarni o‘rgandilar va kelgusi ishlarimizda hamkorlikni davom ettirishimizni aytib o‘tdilar.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev

“Kitob Plus” loyihasining rahbari Mirali G‘iyosov loyihaning hozirgi kundagi ahamiyati, kelgusidagi rejalar, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. Taqdimoti yakuni sifatida loyiha bo‘yicha taklif va murojaatlar ko‘rib chiqildi.