Dek 2, 2023 | Yangiliklar
Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlovchi jamoat tashkilotlar vakillarini jamlagan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining nogironlarga ta‘siri” mavzusida 30 nafardan ortiq ishtirokchilar to‘rt kunlik treningda ishtirok etishdi. Treningda Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a’zosi Ulug’bek Mamatxanov hamda tashkilot a’zolari Mirsaid Muxtorov va Muzaffar Po’latov ishtirok etishdi.
Ushbu trening AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan va Yevroosiyo jamg’armasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Markaziy Osiyoda nogironligi bo‘lgan shaxslarga iqlim o‘zgarishining ta’sirini yumshatish» (ADCA) dasturi doirasida tashkillashtirildi. Treningda ishtirokchilari global va mintaqaviy miqyosda iqlim o‘zgarishining sabablari va oqibatlarini tushunishdi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro amaliyot bilan bo‘lishdilar.
“Trening davomida bizda Markaziy Osiyodagi iqlim oʻzgarishining asosiy koʻrinishlari bilan tanishdik, iqlimni muhofaza qilish tadbirlarida nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishda biz foydalanishimiz mumkin bo’lgan turli xil advokatsiya vositalari ishlatish boʻyicha bilim-koʻnikmalarimizni oshirdik. Bizni tashkilotimiz ham 2024-yil Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga iqlim oʻzgarishini salbiy ta’sirini yumshatish va bu haqida jamiyatimizni xabardor etish maqsadida loyihalar ustida ishlashni reja qilgan”, – deydi trening ishtirokchi, «SHAROIT PLYUS» NJB Kengashi a’zosi Ulug‘bek Mamatxanov.

Ulug’bek Mamatxanov trening jarayonida
“Iqlim o‘zgarishining nogironlarga ta‘siri” treningning ikkinchi kuni nogironlar huquqlarini himoya qiluvchi amaldagi qonunchilikni mustahkamlash, axborotdan foydalanishni yahshilash, shahar va boshqa muhitni o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni targ‘ibot qilish bo‘yicha ishtirokchilar va trenerlarning bir qator fikrlar tahlil qilindi.

“Millenium” nogironlar uchun ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiya markazi rahbari Guljahon Mahmadqulova
Trening ekologiya va inklyuziya bo‘yicha taklif etilgan ekspertlarning interaktiv taqdimotlariga bag‘ishlandi. Eko-aktivist Yevgeniy Muxamedjanov, ishtirokchilar bilan nogironlarning yashil kun tartibiga qanday ta‘sir qilishi mumkinligini muhokama qildi.

E’zoza Ahmedova sertifikat bilan taqdirlash marosimida
“Fuqarolarni iqlim ofatlari haqida xabardor qilishda, afsuski, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari har doim ham inobatga olinmaydi. Masalan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bildirishnomalari imo ishora tili tarjimasi bilan birga bo‘lishi kerak”, – deydi imo ishora tili tarjimoni, ishtirokchi E‘zoza Ahmedova.
Ekologiya bo‘yicha ekspert Damir Karimovning iqlim o‘zgarishi va energiyani tejashga bag‘ishlangan nutqi tinglovchilarni tabiiy resurslarni tejash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qanchalik samarali ekani haqida o‘ylantirdi. Ishtirokchilar uchun foydali va maanfatli treninglardan biri bo‘ldi va ishtirokchilar aynan mana shunday treninglar ko‘proq tashkil etilishini taklif qilishdi.

Trening ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi
Noy 27, 2023 | Yangiliklar
2023-yilning 30-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligining press-klubida Oʻzbekistonda birinchi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va bepul audiokitoblarning birinchi onlayn kutubxonasi “Kitob Plus” loyihasining gibrid formatdagi taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 70 mingdan ortiq koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar boʻlib, ular har kuni axborotdan foydalanish va maxsus texnologiyalarning yetishmasligi bilan bog’liq muammolarga duch kelmoqda. “Gapiruvchi” kitoblar koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi insonlar hayotida alohida ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda audiokitoblar bozori bosqichma-bosqich rivojlana boshlaganiga va audiokitoblarni tinglash uchun turli mobil ilovalar ishlab chiqilayotganiga qaramay, mavjud audiokitob platformalari qimmatligi va koʻzi ojizlar ehtiyojlariga moslashtirilmaganligi sababli koʻrish boʻyicha nogironligi bor koʻplab odamlar uchun ulardan foydalanishga turli xil toʻsiqlar bor. Shu paytgacha koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun audiokitoblarni ochiq va qulay formatlarda birlashtirgan yagona onlayn platforma mavjud emas edi.
Ushbu muammolarning innovatsion va inklyuziv yechimi sifatida Toshkent Shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining moliyaviy koʻmagida koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini ishlab chiqish boʻyicha “Kitob Plus” loyihasini tashkil etdi. Loyihadan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekistondagi koʻrish boʻyicha nogironligi bor shaxslar uchun barcha audiokitoblar, radio spektakllar va boshqa audio materiallarni bir joyda jamlaydigan, qulay va bepul veb-sayt va uning Kitob Plus mobil ilovasini yaratishdan iborat. Loyihaning dastlabki bosqichlarida bugungi kunda koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kamida 500 ta audio kitob va 300 ta radio spektakl taqdim etiladi.
Taqdimot 2023-yil 30-noyabr soat 14:00 dan 16:00 gacha Yoshlar ishlari agentligining press-klub zalida (Manzil: Toshkent sh., Alisher Navoiy koʻchasi, 11A) gibrid formatda (YouTubeʼda jonli efirda) boʻlib oʻtadi). Tadbirning asosiy tillari: oʻzbek va rus. Loyiha taqdimotida ishtirok etish uchun quyidagilar taklif etiladi:
- mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, blogerlar;
- koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar, ularning oila aʼzolari va ularning huquq va manfaatlarini ifodalovchi jamoat tashkilotlari;
- taʼlim, axborot texnologiyalari va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari vakillari;
- hamkorlar va “Kitob Plus” loyihasini qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor biznes vakillari.
Oflayn rejimda qatnashish uchun quyidagi telefonlar orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish kerak: +998 (97) 708-73-31, +998 (99) 831-69-83.
Loyiha va taqdimot haqida
Shuningdek, loyiha Oʻzbekiston tomonidan 2022-yil 13-yanvarda imzolangan Marrakesh shartnomasi doirasida koʻzi ojiz yoki boshqa nogironligi boʻlgan shaxslar uchun audiokitoblardan foydalanish imkoniyatini oshirishni rejalashtirmoqda. Mazkur xalqaro shartnoma qoidalari audiokitoblarni muallifning roziligisiz va unga hech qanday haq toʻlamasdan “Kitob Plus”ga joylashtirish hamda ularni koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi foydalanuvchilarga taqdim etish imkonini beradi.
Tadbir davomida loyiha rahbari Mirali Gʻiyosov va loyiha koordinatori Abdulaziz Salimov “Kitob Plus” platformasining dastlabki kontenti – ushbu loyiha uchun maxsus yozib olingan oʻzbek tilidagi 105 ta ilmiy, badiiy, hujjatli, ommabop va boshqa audiokitoblarni namoyish etadi. Loyihani amalga oshirishga 1997-yildan buyon koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish sohasida IT-tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shugʻullanib kelayotgan “LOGOS” birinchi xalqaro onlayn kutubxonasining texnik mutaxassislari jalb etildi. Loyiha taqdimotida LOGOS bosh direktori Mixail Korneyev Kitob Plus yangi kompleks kutubxona ekotizimining texnik imkoniyatlarini namoyish etadi.
Tadbirda Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi kabi loyihaning dastlabki hamkorlari, Oʻzbekistonda rivojlanayotgan audiokitoblar bozori tadbirkorlari va tegishli davlat organlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Noy 20, 2023 | Yangiliklar
2023-yil 11-noyabr kuni «GroundZero» Kitob Olami kovorking markazida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish” loyihasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Media Plus – Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “SHAROIT PLYUS” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi donorligida tashkil etilgan. Loyihaning maqsadi mamlakatning axborot maydonida nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan muammolar, stigma va stereotiplarni yoritish samaradorligi oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat. 2 oy davomida 17 nafar yoshlar kursni muvaffaqiyatli yakunlab media sohasi va uning turlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
Kurs mobaynida ishtirokchilar ommaviy axborot vositalari xabarlarini tahlil qilish, noto‘g‘ri va fake xabarlarni aniqlashda o‘z tanqidiy fikrlash qobiliyatlari bilan ish olib borishdi va media va uning turlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish va ularning manbaalarini tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantirib barcha darslardan so‘ng olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida uyga vazifalar ham bajarib borishdi hamda ommaviy axborot vositalarining yangi tendensiyalari va blogerlik haqida o‘rganish bilan birga o‘z kontentini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Kurs tugagan bo‘lishiga qaramasdan ishtirokchilar bir-birlari bilan o‘z kontent rejalari bilan muzokaralar olib borishni davom ettirishyapti.
Yopilish marosimini ochib berish uchun so‘zni Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Raximova kurs ishtirokchilarini qutlab, olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq etishlari uchun xormay-tolmay izlanishlarini takidlab o‘tdilar.

Muhabbat Raximova
«Men bunday katta-katta mutaxassislardan bilim olishimni tasavvur ham qilmagan edim. Ular oliy toifali jurnalistlar o‘z ishini ustalari bizga bepulga bilim-ko‘nikmalar berishgani uchun Media Plus jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Media Plus da 2 oy ichida olgan bilimlarimni jurnalistika fakultetdagi yillar davomida berilayotgan bilimlarga alamashmayman,» deydi kurs ishtirokchisi Xasan Alimov.

«Biz kursda ishtirok etganimizdan xursandmiz. Ma‘lumotlar olishga va xohlagan kursimizda o‘qish istagi bo‘lsa ham o‘qiy olmasdik bizga kuchli va taniqli jurnalistlardan bilim olish imkoniyati va shu bilan birga imo-ishora tarjimonlari bilan bizni bilim olishimizga imkoniyat berganingiz uchun kattadan-katta rahmat aytamiz,» deydi – rusiyzabon guruh ishtirokchilari Masha va Guloyim.

«Men doim aytaman faqatgina farzandim uchun bilim olaman chunki, hayotdagi maqsadim ham farzandimga o‘rnak bo‘lish va bugungi kunda media savodxonlikni oshirish barcha yoshlarga va kattalarga muhim sanaladi deb o‘ylayman. Mana shunday kursdoshlarim bilan bir jamoada bilim olganim va Media Plus jamoasi bizga bergan motivatsiyasi, yordamlari uchun kattadan-katta rahmat aytaman,» deydi – Feruza Qurbonova.

«Faktcheking va keyslarni tahlil qilish mavzularida bilim berganimda juda ham ajoyib bo‘ldi bunchalik ishtirokchilar faol va keyslarni tezda o‘zlashtirib, o‘zlarini shaxsiy fikrlarini erkin aytib baxs-munozaralarga boy dars bo‘ladi deb o‘ylamagan edim ochig‘i. Mana shunday faol ishtirokchilarga bilim berishdan hech ham charchamayman deydi,» Media Plus kursining o‘zbek zabon guruhi spikeri bo‘lgan Nodirbek Norto‘rayev.

Media Plus kursi tugar ekan bir nechta ommaviy axborot vositalari qiziqish bildirib, kurs ishtirokchilaridan intervyu olib lavha tayyorlab, olingan lavhalarni barchasi efir yuzini ko‘rdi. Fotojurnalistika darsi bo‘lib o‘tgach, spiker tomonidan barcha ishtirokchilarga “Derazam ortida” va “Oltin kuz” mavzularida vazifa sifatida topshiq berilgan edi. Kursning yopilishi ya‘ni taqdirlash marosimida esa vazifani a‘lo darajada bajargan ishtirokchilar olgan sur‘atlari foto ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va “Media Plus” loyihasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, «GroundZero» Kitob Olami kovorking marakzi rahabriyatiga va kurs davomida bizga yaqindan yordam bergan barchaga chuqur minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click, Payme yoki Payze onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
Noy 15, 2023 | Yangiliklar
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi uchun jon kuydirib kelayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston–Liberal demokratik partiyasi Yunusobod tuman deputatlar Kengashi raisi Sayfullaev Shavkat Raximberdiyevich.
Tashkilotimiz tashkil topgandan bugungi kungacha Shavkat Raximberdiyevich bizga ko‘plab amaliy yordam berib kelmoqdalar. «Bobodehqon» mahallasi fuqarolar yig’ini Xiyobon ko‘chasi 22-uydagi nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarni bandligini ta‘minlash uchun Shavkat Sayfullayev ko‘maklari va beg‘araz yordamlari bilan kovorking va tikuv sexi qurilish qilishdagi ishlarimizda amaliy yordam berib kelmoqdalar.

2022-yil 3-dekabr Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini himoya qilish kunida nogironligi bo‘lgan shaxslar hayotiga befarq emasliklari ularni tashkilotimizga ko‘rsatgan manaviy va moddiy beg‘araz yordamlari tadbir boshidan so‘ngigacha jamoamiz bilan yelkama-yelka kurashib, xursandchilik vaqtimizda bizni qo‘llab-quvvatlaganlari kuchli motivatsiya bo‘lgan.

Shavkat Sayfullayev hozirgi kundagi Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmamizning bosh officedagi elektr-energiya masalalarini hujjatlashtirishda “Davlat xizmatlar markazi” dan ruxsat olishda va ofisimizni ta‘mirlanishida tashkilotimizga katta hissa qo‘shganlar.

Shavkat Sayfullayevga mana shunday g‘amxo‘rlik va mas‘uliyat bilan ko‘maklashganliklari uchun Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati tomonidan chuqur minnatdorchilik bildirib, keyingi ishlarida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Noy 13, 2023 | Yangiliklar
2023-yilning 7-noyabr Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi ekspertlari Bandlik va Kambag’allikni qisqartirish vazirligining Aholi banligiga ko‘maklashish markazlarining ish izlovchilar bilan ishlaydigan xodimlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi vakillariga nogironlik inklyuziyasi bo‘yicha trening o‘tishdi.
«Nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modellari, hamda nogironligi bo’lgan shaxslar ochiq mehnat mehnat bozorida duch kelayotgan qiyinchiliklar va muammolar” mavzusidagi treningimiz Toshkent shahar “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib o‘tdi. Asosiy trener sifatida «SHAROIT PLYUS» NJB raisi Muhabbat Raximova va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat masalalari bo‘yicha Aziz Abdullayev yordamchi trening sifatida o‘tkazishdi. Treningda umumiy 23 ishtirokchi qatnashib ulardan 13 kishi Toshkent shahridan, qolgan 10 kishi viloyatlardan kelib ishtirok etishdi. Ushbu trening Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) ko‘magi doirasida tashkil qilindi.
Trening o‘tkazilishidan asosiy maqsad – nogironlik va inklyuziya masalalari hamda nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modeli haqida ishtirokchilarning bilim-ko‘nikmalarini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida duch kelayotgan qiyinchiliklar va muammolar haqida xabardorlikni oshirish.

Trening so‘nggida ishtirokchilar bilan tanishib olingach, nogironlik tushunchasi va ijtimoiy model haqida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Trening interaktiv tarzda bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar juda faollik bilan mashqlarda qatnashdilar va o‘z fikrlarni bilan mustaqil va erkin tarzda bilan bo‘lishdilar. Ishtirokchilar o‘z tajribalaridagi bilimlarini ishga solgan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar ish topishda va ish joyida duch kelayotgan muammolar haqidagi keyslar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolarga yechim topishga harakat qilishdi. Trenerlarimiz tomonidan, tashkilotimiz amalga oshirib kelayotgan ishplus.uz loyihasi haqida ham batafsil tushunchalar va ijtimoiy hamkorlik qilish takliflari berildi.

Trening so‘ngida trening ishtirokchilaridan fikr-mulohazalar so‘ralganida mana shunday treninglar ko‘proq va davomli o‘tkazilsa albatta foydali va manfaatli bo‘ladi deya o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, «PRAXIS PLUS» MChJ ijtimoiy korxonamizning info@praxis.uz elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsatishni unutmang. Bizning ekspertlarimiz ehtiyojlaringizdan kelib chiqib inklyuziv rivojlanishingiz uchun maxsus trening dasturini ishlab chiqishadi va bu sohada xodimlaringiz bilim-ko‘nikmalarini oshirishadi.
Okt 31, 2023 | Yangiliklar
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad: Nogironlar jamoat birlashmalar faoliyatini va jamoat birlashmalar nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqini himoya qilish uchun qanchalik e’tibor qaratishi, qanday loyihalar amalga oshirayotganligini o‘rganish. Uchrashuv boshidan tashkilotimiz haqida ma‘lumotlar berib va tashkilot haqida batafsil tanishtirilib, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. Har bir amalga oshirayotgan loyihalarimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga bog‘liqligi uchrashuv mehmonlarini tashkilotimiz loyihalari e‘tiborini yanada jalb qildi.

Tashkilotimizda nechchi nafar a‘zolar borligi va tashkilotimiz qanday insonlargava qanday uslublarda ko‘maklashishi, jamiyatimizdagi nogironligi bo’lgan shaxslar qanday muammolarga duch kelishadi va jamiyatimiz muammolarga qay darajada yechim topa olyabdi va boshqa ma‘lumotlar ularning eng qiziqtirgan savollaridan biri ekan. AQSh Davlat Departamentining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, muammoli vaziyatlarga yechim topishdan iborat. Uchrashuv so‘nggida mehmonlar tashkilotimizdan mamnun ekanliklarini aytib kelgusidagi faoliyatimizga omad va muavaffaqiyatlar tilab qolishdi.