Davlat amaliy san’at muzeyi xodimlari uchun seminar trening o’tkazildi

“SHAROIT PLYUS” NJB O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi bilan hamkorlikda Davlat amaliy san’at muzeyi xodimlari uchun seminar trening o’tkazdi.

4 dekabr Sharoit+ tashkiloti rahbari Muxabbat Raximova Davlat amaliy san’at muzeyi xodimlari uchun Sharot cheklanganlik tenglik treningini o’tkazdilar. Seminar-treningda muzeyning asosiy xodimlari va rahbari qatnashishdi. Tadbrida nafaqat Davlat amaliy san’at muzeyi xodimlari balki Zoom orqali boshqa madaniyat sohasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Davlat amaliy sa’nat muzeyidagi seminar-trening jarayonida

 

Ushbu trening oraqli O’zbekiston muzeylari va madaniyat muassasalarini inklyuziv qilish va bunday joylarda  jismoniy imkoniyati cheklangan insonalrga qanday munosabat qilish va ularga qanday oqilona qulayliklar yaratish kerakligini interaktiv mashqlar orqali tushuntirish vazifasi qo’yilgan. Treningdan so’ng muzey vakillari bilan ochiq davra suhbati ham bo’lib o’tdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi “SHAROIT PLYUS” NJB bilan ijtimoiy hamkorlikda kelajakda bunday trening-seminarlarni kengaytirish orqali boshqa madaniyat muassasalarida ham o’tkazishni kelishib olishdi.

“Bizlar bu trening orqali bunday fikrlash doiramiz va tushunchamiz kengayadi deb o’ylamagan edik. Faqat imkoniyati cheklangan insonlar haqida ma’lumot olamiz deb o’ylagan edik. Lekin kutkanimizdan ortiq natija oldik. Demak biz yanada ham o’rganishimiz va dunyo qarashimizni kengaytirishimiz kerak ekan…” degan fikrlarni trening ishtirokchilari bildirishdi.

Seminar-trening qo’llanmalari

 

Eslatib o’tamiz o’tgan yili Sharoit+ Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi sakkizta madaniyat muassasasida sinov tariqasida sharoitlar monitoringini o‘tkazishdi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar madaniy hayotda ishtirok etishda teng huquqlimi? Madaniyat muassasalarida ular uchun qanday sharoitlar yaratish kerak? Shu savollarga javob topish uchun sharoitlar monitoringi orqali izlanishlar olib borildi. Batafsil Gazeta.uzda chop etilgan “Sharoiti yo‘q madaniyat” maqolasida o’qing va monitoring jarayonida olingan video lavhalarni ham tomosha qiling:

Agar siz ham tashkilotingizni inklyuziv qilmoqchi bo’lsangiz biz bilan bog’laning. Sharoit cheklganglik tenglik treningi haqida batafsil ma’lumot: https://sharoitplus.uz/det-uz/

Telefon: +998 99 8172464