
07 Dek Sharoit cheklanganlik tenglik treningi
Treningni o’tkazishdan maqsad
Ushbu treningning asosiy maqsadi: jamiyat o’zgarishiga hissa qo’shish va nogironligi bo’lgan odamlarning to’liq ishtiroki va tengligi kafolatlangan adolatli, teng huquqli va mos jamiyatni yaratish.
Trening tashkilotchilari
Trening Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan “Nogironligi bor kishilar uchun teng huquqli jamiyat yaratish” treningida qatnashgan nogironligi bo’lgan malakali murabbiylar tomonidan olib boriladi. Bizning trenerlarimiz 2014 yilda Yaponiyada ro’yxatdan o’tgan DET Forum xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining a’zolaridir. Ushbu forum 30dan ortiq mamlakatlarda 270dan ortiq o’qituvchilarni birlashtiradi.
Trening dasturi
Trening dasturi talabgorlar bilan hamkorlikda rejalashtiriladi. Tashkilotingiz manfaatlariga qarab, biz bir nechta turdagi dasturlarni taqdim etishimiz mumkin:
- Ikki kunlik kompleks trening
Ishtirokchilar turli xil interfaol mashqlar orqali nogironlik muammolari va tushunchalariga ega bo’lishadi, o’zlarining atrofidagi to’siqlarni olib tashlash bo’yicha harakatlar rejalarini tuzadilar va nogironligi bor kishilarga nogironlikka aloqador xizmatlarni o’qitish orqali o’zaro munosabat, qo’llab-quvvatlash, muloqot qilish va yordam berishni o’rganadilar.
- Bir kunlik intensiv trening
Bu ishtirokchilarga nogironlik haqida bilib olishlari va mumkin bo’lgan harakatlar rejalarini tuzishlari kerak bo’lgan minimal vaqt.
- Yarim kunlik tanishtirish treningi
Agar vaqt chegaralangan bo’lsa, ushbu trening nogironlik haqida asosiy tushunchalarni beradi.
Treningning taxminiy dasturini bu yerda yuklab olish mumkin.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar 50dan ortiq treninglar o’tkazilib, ularda 500dan ortiq kishi, shu jumladan nogironligi bo’lgan va nogironligi bo’lmagan odamlar ham qatnashgan. Ushbu treninglar O’zbekiston Respublikasining sakkizdan ortiq viloyatlarida, shu jumladan Toshkent, Namangan, Farg’ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarida o’tkazilgan.
Tashkilotingizni inklyuziv qilish uchun biz bilan bog’laning.
Telefon: +998 71 222-9229