Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” NJB xodimlari uchun “Gender tengligi, gender zo‘ravonlikka nisbatan inklyuziv xizmatlar” turkum treninglarning o‘tkazildi. Treninglarni Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi treneri Venera Ermetova olib bordilar.

2024-yil 21-dekabr va 2025-yil 18-yanvar kunlari tashkilotimiz bosh ofisida “Gender tengligi va gender zo‘ravonlikka nisbatan inklyuziv xizmatlar” turkum treninglar tashkil etildi. Ushbu treninglar davomida «SHAROIT PLYUS»ning turli xil ijtimoiy loyihalari xodimlari, a‘zolari hamda ko‘ngillilari gender tengligi, gender zo‘ravonlik va uning sabablari, ijtimoiy-madaniy me’yorlar, gender stereotiplar va nogironlik haqida qizg‘in muhokamalar orqali bilimlarini kuchaytirishdi.

Trening ishtirokchilari

Treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad: nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan gender zo‘ravonlik holatlariga javoban ijtimoiy-psxologik va huquqiy xizmatlar taqdim etish asoslari bo‘yicha mutaxassislarning salohiyatini oshirish bo‘ldi.

Trening vazifalari:

  • Xotin-qizlarga nisbatan gender zo‘ravonlik sabablarini taxlil qilish.
  • Hukmronlik va kuchlar nisbati haqida ma’lumot berish.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar (erkaklar va xotin-qizlar)ga nisbatan shafqatsiz munosabat sabablarini muhokama qilish.
  • Interseksionallik yondashuvi bilan tanishtirish.

Trening jarayonida

Trening interaktiv metodlar bilan olib borilib, baxs-munozaralarga, qarama-qarshi fikrlarga hamda amaliy keyslarga boy bo‘ldi. Mavzular yuzasidan ishtirokchilar o‘z nogironlik holatlaridan kelib chiqib, duch kelgan muammolari va ularning yechimlari bilan bo‘lishdilar. Malakali trener Venera Ermetova nafaqat ishtirokchilarga bilim berganligi balki, ulardan ko‘plab hayotiy keyslar o‘rganganliklarini aytib, kelgusida ishtirokchilar orasidan yaxshi trenerlar chiqishiga ishonch bildirdi.

Trening so‘nggida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” NJB raisi Muhabbat Axrarovna treningda ishtirok etgan barchaga samimiy minnatdorchilik bildirib, tashkilotimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotini yanada qulaylashtirishda hamda ularga yetarlicha sharoitlar yaratilishida yaqindan yordam berishini va jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosib bog‘lam bo‘lishini ta‘kidladi.

Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi malakali treneri Venera Ermetovaga o‘z vaqtlarini ajratib turkum treninglarni bosh ofisimizga kelib beg‘araz o‘tib berganlari uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matn: Madina Po‘latova

Tahrir: Dilmurod Yusupov