2024-yilning 28-sentyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi konferensiya gibrid formatida boʻlib oʻtadi.
Tadbir Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida tashkil etilyapti. “Huquq Plus – maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish” loyihasi donori Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) Jamoatchilik Tashabbusi.
Konferensiyaning maqsadi:
- Turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, nogironlar jamoat birlashmalarining huquqiy savodxonligini oshirish;
- HuquqPlus.uz – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali va uning imkoniyatlari bilan tanishtirish (shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda ishlab chiqilgan huquqiy ma’lumotlar va Telegram bot);
- Aqliy va ruhiy nogironligi bo‘lgan, yetarli darajada savodxonlikka ega bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlar uchun ishlab chiqilgan yangi oson o‘qiladigan formatni “Oson matn” taqdimotini qilish va bu formatni takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarga birlamchi va chuqur bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi yutuqlar va o‘z yechimini topmagan muammolarni muhokama qilish;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirishdagi davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.
Konferensiyada quydagi tashkilotlar vakillari ishtirok etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi va boshqa manfaatdor davlat organlari vakillari;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini himoya qilish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlar jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari;
Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari, shu jumladan BMTning turli tuzilmalari (BMTTD, UNICEF, Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Boshqarmasi va boshqalar);
Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bilan bog‘liq masalalarni yoritmoqchi bo‘lgan blogerlar.
Konferensiyada ishtirok etish uchun:
Forumning asosiy tili o‘zbek tili bo‘lib, O‘zbek imo ishora tiliga sinxron tarjima qilib boriladi. Qo‘shimcha til — rus tili. Toshkent shahrida offlayn ishtirok uchun joylar soni cheklangan bo‘lib, siz onlayn tarzda Zoom ilovasi orqali ishtirok etishingiz mumkin:
Zoomga ulanish uchun havola:
https://us04web.zoom.us/j/79171909166
Meeting ID: 791 7190 9166
Tadbirni jonli efirda YouTube kanalida tomosha qilish imkoniyatingiz bo‘ladi.
Onlayn translyatsiya havolasi: https://www.youtube.com/live/5CBvRJ3P_2Q
Tadbir o‘tkazilishi vaqti: 10:00 dan 13:00 gacha (Toshkent vaqti bilan)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Zafarbek Ergashov, Loiyha koordiantori, Tel: +998 (93) 396-93-98, E-mail: z.ergashov@sharoitplus.uz
