2023-yilning 20-dekabr kuni 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez – ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tgan edi. Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar bo‘lishgan edi.
Powered by RedCircle
Boshlovchi: Ulug’bek Mamatxanov
Quyidagi tinglovchilarning muammolari bartaraf etildi va ba‘zilariga muammolar hal bo‘lishi uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi:
- Fuqaro Fayzullayeva Osiyoning mazkur murojaatlari Agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Boshqarma tomonidan O.Fayzullayevaga “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan bir martalik moddiy yordam ajratilishi masalasida tegishli hujjatlar tayyorlanib, Xalq deputatlari Chust tuman Kengashiga 2023-yil 25-dekabr kuni xat kiritildi. Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi tomonidan fuqaro O.Fayzullayevaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 (besh yuz) ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilganligini hamda ajratilgan mablag‘ni “Mahalla” hayriya jamoat fondi Chust tuman bo‘linmasidan olishi mumkinligi to‘g‘risida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga javob xati taqdim etildi. 2) Fuqaro O.Fayzullayevaning farzandi J.Ubaydullayev ruhiy asab kasalliklari dispanserida “D” nazoratda turishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida ruhiy bemorlarni davolanishi uchun qarshi ko‘rsatmalar borligi tushuntirildi hamda farzandini ruhiy asab kasalliklari dispanserida davolatish tavsiyasi berildi. Murojaat muallifiga mazkur murojaatlari yuzasidan 2023-yil 27-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (14/01-14/320-son).
- Fuqaro Xudayberdiyev Javohirning murojaati Agentlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro J.Xudoyberdiyev bilan telefon orqali (90 118 46 47) suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida J.Xudoyberdiyevga Toshkent viloyati 94-son Olmaliq tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan “elektron yuritmali aravacha”ga 103-son tibbiy xulosa rasmiylashtirilganligi, mazkur tibbiy xulosa asosida fuqaro Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “elektron yuritmali aravacha” bilan ta‘minlandi. Fuqaro J.Xudayberdiyev qo‘shimcha taklif va e’tirozlari yo‘qligini bildirgan.
- Fuqaro Abdullayeva Dilfuzaning murojaati Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaroga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan 571-sonli tibbiy xulosa rasmiylashtirilib berildi hamda tibbiy xulosaga asosan elektr yuritmali kreslo-aravachani olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida
VIII-raqam bilan ro‘yxatga qo‘yildi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “elektron yuritmali aravacha” bilan ta’minlandi. Fuqaro qo‘shimcha taklif va e‘tirozlari yo‘qligini bildirgan. - Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Ibrat” mahallasi, Z.Xoshimov ko‘chasi, 48-uyda yashovchi fuqaro O‘rinboyeva Baxtigul Baxtiyorovnaning 2009-yil 24-dekabrda tug‘ilgan farzandi Zamonova Aliya Aziz qiziga quloq eshitish apparati olishi uchun qilgan murojaati Agentlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Fuqaroga farzandi A.Zamonova uchun Toshkent viloyati 102-son Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan 202-son tibbiy xulosa berilganligi, tibbiy xulosa asosida Zangiota tuman “Inson” ijrimoiy xizmatlar markazi tomonidan eshitish moslamasi bilan ta’minlanish uchun 2023-yil 21-dekabr kuni 003370-sonli “sertifikat” rasmiylashtirilganligi, mazkur sertifikat asosida quloq eshitish apparatini olish uchun o‘zi tanlagan tashkilotga murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan. B.O‘rinboyeva murojaati ijobiy hal etilganligi, mas’ul xodimlarga nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirib fikrnoma yozib bergan. Murojaat muallifiga mazkur murojaati yuzasidan 2023-yil 28-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (12/01-07/356-son).
- Raximova Dilbarning mazkur murojaati Toshkent shahar Bektemir tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas‘ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, fuqaro D.Raximova bilan suhbat o‘tkazilgan. Fuqaroni ish bilan ta‘minlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limiga 29-sonli xat chiqarilgan. Bo‘lim tomonidan yuborilgan 26/01-01-08/1206-sonli javob xatiga asosan 2024-yil yanvar oyida zaxiralangan ish o‘rinlarining birida bandligi ta‘minlanishi fuqaroga tushuntirildi. D.Raximova 2023-yilning 1-may kuni oyoq kamari tutori bilan ta’minlanganligi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qaroriga asosan oyoq kamari tutorining foydalanish muddati 12 oy ekanligi, foydalanish muddati tugagandan so‘ng oyoq kamari tutori apparati bilan ta‘minlanishi to‘g‘risida tushuncha berilgan. Shu bilan birga bugungi kun zamon talablariga mos protez-ortopediya moslamalari bilan fuqarolarni ta‘minlash yuzasidan mas‘ul mutaxassislar tomonidan har bir mahsulotning sifati va o‘rtacha narxlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganligi to‘g‘risida tushuntirish berilgan. D.Raximova berilgan tushuntirishlardan qanot hosil qilganligini mutaxassislarga nisbatan e‘tirozi yo‘qligini bildirib fikrnoma yozib bergan. Murojaat muallifiga mazkur murojaati yuzasidan 2023-yil 28-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (15/01-07/970-son).
- Fuqaro Tursunov Ergashning mazkur murojaati Agentlikning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, mas‘ul xodimlar ishtirokida E.Tursunov bilan suhbat o‘tkazilgan. 1) Suhbat davomida fuqaro E.Tursunovga (vacancy.argos.uz) orqali e‘lon qilingan ish o‘rinlari hamda ishga kirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berilgan. 2) Fuqaro E.Tursunov 2022-yilda chap oyog‘i, 2023-yilda o‘ng oyog‘i uchun ortopedik apparat bilan ta‘minlangan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qaroriga asosan ortopedik apparatning foydalanish muddati 24 oy ekanligi, 2024-yilda uning foydalanish muddati tugagandan so‘ng ikkala oyog‘iga bir vaqtning o‘zida ortopedik apparat bilan ta‘minlanishi to‘g‘risida tushuntirish berilgan. Fuqaro E.Tursunov tushuntirishlardan qanoat hosil qilib fikrnoma yozib bergan. Murojaat muallifiga mazkur murojaati yuzasidan 2023-yil 26-dekabr kuni javob xati yuborilishi ta‘minlandi (05/01-03/665-son).
Keyingi ovozli chatlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling. Avvalgi podkastlarimizni tinglash uchun Yandex.Музыка, Google Podcasts va Apple Podcasts platformalarida ham obuna bo‘ling.
