NJB «SHAROIT PLYUS» loyiha koordinatori va Anisa Shamsutdinova mahalliy biznes hamda nogironlar jamoat birlashmalari vakillari uchun «Inklyuziv mehnat – biznes uchun imkoniyatlar» mavzusidagi amaliy seminarni o‘tkazdi.

11 mart soat 10:00 dan 11:30gacha “YUKSALISH” umummilliy harakati konferens zalida «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv mehnati – biznes uchun imkoniyatlar» mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMTnin O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyani kuchaytirish dasturi ajratgan kichik granti asosida amalga oshirilayotgan «Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash» loyihasi doirasida tashkillashtirildi.

Seminar jarayonida

Loyihaning maqsadi – Toshkent shahridagi ochiq mehnat bozorida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. Hozirda tashkilotimiz www.ishplus.uz veb-portalini ishlab chiqmoqdamiz va ish beruvchilar orasida inklyuziv ish bilan ta’minlash imkoniyatlari to‘g’risida xabardorlikni oshirish maqsadida mahalliy biznes vakillari uchun amaliy seminar o’tkazdik.

Seminarda interaktiv mashg’ulotlar ham bo’ldi

Seminar 2016 yildan buyon biznes-trener va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchi sifatida tajribaga ega bo‘lgan xalqaro darajadagi inklyuziv amaliyotlar bo‘yicha mutaxassis va NJB «SHAROIT PLYUS» loyihasi koordinatori Anisa Shamsutdinova tomonidan rus tilida offlayn va onlayn (Zoom orqali) tarzda olib borildi. Natijada biznes soha vakillari nogironligi bo‘lgan insonlarni ish bilan ta’minlashning foyadalari, qonunchilikda ko‘rsatilgan imtiyozlar va boshqa masalalar haqida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Suna Park Hashar Week loyihasi asoschisi muhokama jarayonida

Agar siz ish beruvchi bo‘lsangiz va inklyuziv mehnatga befarq bo‘lmasangiz, bizning loyihamizga hamkor bo‘ling va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bo‘sh ish o’rinlari, amaliyot yoki kasbiy tayyorgarlik kurslarini taklif etsangiz xursand bo‘lamiz. Hozircha loyihaning https://t.me/ishplus_uz Telegram-kanalida joylashtiramiz. Shuningdek, biz tashkilotingiz xodimlari uchun o‘xshash treningni tashkil qilishimiz mumkin. Savol va takliflaringizni bizning elektron pochta manzilimizga yuboring: sharoitplus@gmail.com.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ish bilan ta’minlash bo‘yicha bizning loyihamizga Click yoki Payme to‘lov tizimlari orqali onlayn homiylik qilishingiz mumkin. Barcha ko‘rsatmalar shu yerda: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/