2021-yildan boshlab mazkur loyihani amalga oshirish davrida tashkilotimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning milliy qonunchilikda va O‘zbekiston tomonidan 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida mustahkamlangan huquqlari haqida xabardorligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 2023-yilda ushbu loyihani mantiqiy davom ettirish maqsadida O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziya mavzusidagi Sharoit+ audio podkastlari, video intervyular va ijtimoiy roliklarni tayyorlashda davom etamiz. Shuningdek, loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini targ‘ib etuvchi Ijtimoiy film surʼatga olish rejalashtirilgan.
Loyiha nomi: “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” (loyiha davomi)
Loyiha donori:Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders), Shvetsiya
Loyihaning umumiy byudjeti: $16 013
Loyiha muddati: 2023-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrgacha (loyiha muddati 8 oy)
Loyiha milliy hamkorlari: Yoshlar ishlari agentligi
Loyihaning maqsadi: Loyihaning bevosita maqsadli auditoriyasi va benefitsiarlari Toshkent shahrida va umuman O’zbekistonda yashovchi 18 yoshdan oshgan turli xil nogironligi bo’lgan shaxslardir. Maqsad – turli media loyihalar orqali ularni imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha vazifalari:
- Loyihaning amal qilish muddati davomida barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘lib xizmat qiladigan 16 epizoddan iborat (davomiyligi taxminan 1 soat) audio podkastlar seriyasini yozib olish.
- O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning dolzarb muammolarini yoritish maqsadida 8 ta video intervyu va 8 ta ijtimoiy rolik yaratish.
- 1 ta qisqa ijtimoiy filmini yaratish (davomiyligi taxminan 10 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor va aktrisa sifatida jalb qilish.
- 10 ta qisqa ijtimoiy rolik yaratish (davomiyligi taxminan 1 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor sifatida jalb qilish.
Ijtimoiy filmning ishtirokchilari tanlov asosida tanlab olinadi. Barcha media-mahsulotlar kar va zaif eshituvchi tomoshabinlar uchun subtitrlar, shuningdek, ko‘zi ojizlar uchun tifloizohlar bilan o‘zbek tilida tayyorlanadi. Loyihani amalga oshirish muddati (8 oy) doirasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishni va 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan boshlab O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish oyligiga to‘g‘ri keladigan dekabr oyida suratga olingan videoroliklarni samarali tarqatish va 2023-yil dekabr oyi davomida mahalliy OAVlar orqali qisqa ijtimoiy roliklar va ijtimoiy filmni namoyish etish orqali keng auditoriyaga taʼsir koʻrsatishni rejalashtirganmiz.
Bu bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar nogironlik va inson huquqlari va ijtimoiy muammolarga eʼtibor qaratish nogironlik modeli, tibbiy yoki xayriya emas. Shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning ular haqida tanqidiy xabardorligini oshirish qonuniy huquqlar va ularni amalda amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish.
Loyiha ijrochilari:
Loyiha rahbari – Dilmurod Yusupov, “SHAROIT PLYUS” NNT Kengash aʼzosi (nogironligi bo‘lmagan shaxs).
Loyiha hisobchisi – Iroda Narziyeva (nogironligi bo‘lmagan shaxs), ish vaqti: haftasiga 20 soat (to‘liq bo‘lmagan ish kuni).
Audio podkastlar muharriri – Ulug‘bek Mamatxonov (1-guruh ko‘rish bo‘yicha nogironlik). Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z huquqlaridan xabardorligini oshirish maqsadida mutaxassislarni taklif qilgan holda audio podkastlar yaratish. Ish vaqti: haftasiga 30 soat.
SMM/kontent menejeri – Madina Po‘latova (1-guruh jismoniy nogironlik). Asosiy vazifalari – loyiha doirasida yaratilgan mahsulotlarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda targ‘ib qilish. Ish vaqti 20 soat (to‘liq bo‘lmagan ish kuni).
Videooperator va muharrir – Azizjon Qosimov (2-guruh ko‘rish bo‘yicha nogironlik). Ish vaqti 20 soat (yarim kunlik).
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yuboring
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click yoki Payme onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
