So‘nggi yillarda O‘zbekistonda internet OAV va blogerlar faolligi oshgani kuzatilmoqda. Shunga qaramay, nogironligi bo‘lgan shaxslarning kundalik hayotida duch keladigan muammolar haqida aholini xabardor qilish uchun axborot mahsulotlarining keskin уetishmasligi mavjud. Axborotning mavjud emasligi muammolari tufayli ko‘pchilik nogironligi bo‘lgan shaxslarning bilim darajasi, huquqiy savodxonligi va tanqidiy ongi past. Mazkur loyiha doirasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, axborotni qulay til va formatda taqdim etish boʻyicha media-loyihalarni (audio va video formatda) amalga oshirish rejalashtirilgan. Natijada jamiyat va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy inklyuzivligi borasidagi xabardorligini oshirish kutilmoqda.
Loyiha nomi: “Innovatsion media-loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” (loyiha davomi)
Loyiha donori: Fuqarolik huquqlari himoyachilari (Civil Rights Defenders), Shvetsiya
Loyihaning umumiy byudjeti: $10 776
Loyiha muddati: 2022-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrgacha (loyiha muddati 8 oy).
Loyiha hamkorlari: (ma’lumotlar yangilanadi)
Loyihaning maqsadi: Loyihaning bevosita maqsadli auditoriyasi va benefitsiarlari Toshkent shahrida yashovchi 18 yoshdan oshgan turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslardir. Maqsad – turli media loyihalar orqali ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha maqsadlari:
- Loyihaning amal qilish muddati davomida barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘lib xizmat qiladigan 16 epizoddan iborat (davomiyligi taxminan 1 soat) audio podkastlar seriyasini yozib olish.
- 10 ta qisqa ijtimoiy rolik yaratish (davomiyligi taxminan 1 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor sifatida jalb qilish.
- 1 ta “Oуna” qisqa filmini yaratish (davomiyligi taxminan 10 daqiqa), nogironlik asosida kamsitishning real holatlari haqida aholining xabardorligini oshirish, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘zlarini aktyor sifatida jalb qilish.
- O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning dolzarb muammolarini yoritish maqsadida 8 ta video intervyu va 8 ta ijtimoiy rolik yaratish.
Barcha media-mahsulotlar kar va zaif eshituvchi tomoshabinlar uchun subtitrlar, shuningdek, ko‘zi ojizlar uchun tifloizohlar bilan o‘zbek tilida tayyorlanadi. Loyihani amalga oshirish muddati (8 oy) doirasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishni va 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan boshlab O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish oyligiga to‘g‘ri keladigan dekabr oyida suratga olingan videoroliklarni samarali tarqatishni rejalashtirganmiz. 2022-yil dekabr oyi davomida mahalliy OAVlar orqali qisqa ijtimoiy roliklar va “Oyna” filmini namoyish etish orqali keng auditoriyaga taʼsir koʻrsatishni rejalashtirganmiz.
Loyiha ijrochilari:
Loyihaga ma’sul – Dilmurod Yusupov, “SHAROIT PLUS” NNT Kengash a’zosi
Loyiha hisobchisi “SHAROIT PLUS” NNT raisi Muhabbat Rahimova (1-guruh jismoniy nogironligi bo‘lgan shaxs). Ish vaqti: haftasiga 20 soat (to’liq bo’lmagan ish kuni).
SMM/kontent menejeri – Madina Sholangarova (nogironligi yo‘q). Loyiha doirasida yaratilgan mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda targ‘ib qilish asosiy vazifalardan iborat. Ish vaqti: haftasiga 20 soat (to’liq bo’lmagan ish kuni).
Audio podkast koordinatori – Lochinbek Xudoyorov (nogironligi yo‘q). Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z huquqlaridan xabardorligini oshirish maqsadida mutaxassislarni taklif qilgan holda audio podkastlar yaratish. Ish vaqti: haftasiga 10 soat
Loyiha rahbari – Ibratjon Ibragimov (nogironligi yo‘q). Asosiy vazifalar videotasvirga olish jarayonini samarali tashkil etish orqali videomahsulotlarni yaratishdir. Ish vaqti: haftasiga 40 soat (to’liq ish kuni).
Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yuboring
Agar siz ushbu loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz Click yoki Payme onlayn to‘lov tizimlari yoki ko‘ngilli (volontyor) bo‘lish orqali bizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/
